Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Taʼlim_fidoyilari
O‘QUVCHILARIGA O‘Z UYIDAN JOY BERGAN USTOZ
Yurtimizda kasbidan baxt va huzur topgan, shogirdlarining ertangi istiqboli va kamoli uchun o‘z halovatidan kechgan ustoz o‘qituvchilar talaygina. Va ularning fidoyiligi va mehnatkashligi qiyin vaziyatlarda ham o‘quvchilarning mustahkam taʼlim olishida katta yordam berib kelgan.
Farg‘onalik 77 yoshli Latofatxon hoji aya Ergasheva ana shunday hayotini o‘qituvchilik kasbiga bag‘ishlagan va unga sadoqat ko‘rsatgan faxriy pedagoglardan biri.
Latofatxon aya taʼlim sohasida 40 yildan ortiq faoliyat yuritib, hozirda farzandlari, nabiralari va chevaralari davrasida keksalik gashtini surmoqda.
Ustoz pedagog 1996-yilda mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi 1-sonli gimnaziya-internatini tashkil qilish va hududdagi iqtidorli o‘qituvchilarning bu taʼlim maskaniga jalb qilishda jonbozlik ko‘rsatgan.
Mazkur yangi tipdagi taʼlim muassasasini bugungi kunga qadar tugatib chiqayotgan o‘quvchilar tuman, viloyat, respublika va hatto xalqaro miqyosda o‘tkazilgan fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Ularning aksariyati hozirda yurtimizdagi nufuzli tashkilotlar va muhim sohalarda faoliyat yuritib keladi.
Taʼlim maskani bitiruvchilarining taʼkidicha, maktab ochilgan dastlabki yillari o‘quvchilarga yotoqxonalar yetishmay qolganda, Latofatxon aya o‘nlab bolalarni o‘z uyiga olib kelgan, ularni joy va yeguliklar bilan siylagan.
Bugun onaxon ustozning uyi farzandlariyu nabiralari qatorida yuzlab shogirdlari bilan gavjum. Sobiq o‘quvchilar qadrdon ustozini tez-tez yo‘qlab turishadi, unga o‘zlarining cheksiz mehri va hurmatini ko‘rsatishadi. Ustoz va shogirdlar diydori uzoq duolarga ulanib ketadi.