Forwarded from Surxondaryo viloyati hokimligi
Улуғбек Қосимов: “Президентимиз таъбири билан айтганда одамлар узоқ келажакда эмас, эртага эмас, бугундан яхши яшаши керак. Бунга шароит яратиш бизнинг вазифамиз”
Бугун Сурхондарё вилояти ҳокими Улуғбек Қосимов ҳудудларда аҳоли турмуш шароитларини яхшилаш, маҳаллалар инфратузилмасини ривожлантириш ҳамда белгилаб берилган топшириқлар ижросини ўрганиш мақсадида Денов ва Олтинсой туманларида бўлди.
Дастлаб, Денов тумани “Янги Ҳазарбоғ” маҳалласида бўлиниб, маҳалла “еттилиги” ва мутасаддилар томонидан белгилаб берилган вазифа ва топшириқлар ижроси юзасидан ҳисобот берилди. Аввалги ташрифларда берилган топшириққа асосан Штаб ташкил этилиб, “Ҳазарбоғ” ва “Мустақиллик” ҳудудларидаги маҳаллалар инфратузилмасини яхшилаш, йўлларни таъмирлаш, ичимлик суви тармоғини тортиш каби ишлар амалга оширилмоқда.
Шундан сўнг ушбу маҳалла ҳудудида ижтимоий ҳимояга муҳтож фуқароларга берилган кўп қаватли турар жойларда бўлиниб, аҳоли билан учрашув ўтказилди. Мурожаатга асосан мазкур турар жойларда оқова сув (канализация) тармоғи тортилган ва ободонлаштириш ишлари амалга оширилган. Шунингдек, маҳалладаги қабристон ободлиги ҳамда мактабда яратилган шароитлар ҳам кўздан кечирилди. Мутасаддиларга маҳалла инфратузилмасини яхшилаб, аҳоли турмуш фаровонлигини ошириш, одамларнинг яхши яшаши учун зарур шароитларни яратиш вазифалари топширилди.
Вилоят раҳбари ҳудудларга ташрифини Олтинсой туманида давом эттириб, “Хожа Муҳаммад Мавлонои Зоҳид” қабрини зиёрат қилди. Зиёратгоҳ ҳудудида ташриф буюрувчилар учун яратилган шароитлар билан танишди. Ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишларини давом эттириш юзасидан вазифалар белгилаб берилди.
Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати
Каналга уланиш: t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Сурхондарёлик Афруза Ҳамдамова жаҳон чемпиони!
Италиянинг Монтесилвано шаҳрида ўтган шахмат бўйича ёшлар ўртасида жаҳон чемпионатида ўзбекистонлик шахматчи, 14 ёшли Афруза Ҳамдамова ғолиб бўлиб, жаҳон чемпиони бўлди. У аёл шахматчиларимиз орасида ўсмирлар ўртасида биринчи жаҳон чемпиони сифатида Ўзбекистон шахмати тарихига кирди.
Сурхондарё вилояти Сариосиё туманида туғилган, фахримизга айланган чемпион Афруза Ҳамдамова бугун тантанали кутиб олинди. Шунингдек, давлатимиз раҳбарининг тегишли қарори билан чемпионимизнинг ўзи 100 млн, мураббийи 50 млн сўм пул мукофотлари билан тақдирланишди.
Спортчимиз ва яқинларини ҳамда бутун ўзбекистонимиз аҳлини эришилган натижа билан муборакбод этамиз.

RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda "O‘qituvchilarga kam avans berildi➖Denov" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar bo'yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz:
Denov tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimiga qarashli
107 ta umumtaʼlim maktablari mavjud boʼlib, ushbu maktablarda faoliyat yuritayotgan pedagog va ishchi xodimlarning bir oylik oʼrtacha ish haqi jami 26 mlrdni tashkil etadi.
Xarajatlar smetasidagi mavjud mablagʼlar doirasida noyabr oyi avans toʼlovlarining bir qismi joriy yilning 20-noyabr kuni xodimlarning plastik kartochkalari orqali toʼlab berilgan.
Qolgan mablag'lar ham tez kunda to'lab berilishi ko'zda tutilgan.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Telegram | Facebook | Instagram | You tube

#Sariosiyo_tumani
Kitob yarmarkasi tashkil etildi
O'quvchi yoshlarni kitobxonlikka keng jalb qilish maqsadida Sariosiyo tumanidagi 82-umumta'lim maktabida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Unda turli qiziqarli va sermazmun adabiyotlarni o'quvchi yoshlar arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
Ma'lumki, kitob - insonning eng yaqin do'sti. Bu kabi tadbirlar og'il-qizlar qalbida kitobxonlikka bo'lgan mehrni uyg'otishda muhim ahamiyatga ega.

Ijtimoiy tarmoqlarda Sherobod tumanidagi 16-maktabda majburiy ravishda obuna uchun pul yig‘ilayotganligi bo'yicha tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:
Yuqoridagi holat bo'yicha tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i A.Pirmatov manzilda bo'lib, maktab jamoasi bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda o'qituvchilar maktabda obuna uchun pul yig'ish holatlari kuzatilmaganligini ma'lum qilishdi.
Xabarda keltirilgan fotosuratda aks etgan 16-maktab o`qituvchilari tomonidan imzolangan qaydnoma maktab jamoasi tomonidan o`z ixtiyorlariga ko`ra ish haqlarini naqd pul shaklida olish uchun maktab direktoriga tayyorlanganligi aniqlandi.
ESLATMA! O'z tasdig'ini topmagan, asossiz va yolg'on xabarlarni tarqatish O'zR MJTK 202-moddasi 2-bandi va jinoyat kodeksining 244-moddasi 6-bandiga asosan tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo'ladi.

#Sherobod_tumani
“Konstitutsiya - erkinligimiz kafolati” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi oʻtkazildi
Sherobod tuman hokimligi, tuman maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi tomonidan 56-umumta'lim maktabida “8-dekabr - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan umumiy oʻrta ta'lim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Konstitusiya - erkinligimiz kafolati” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi oʻtkazildi.
Unda o'quvchi yoshlar faol ishtirok etib, bosh qomusimizni o'zlari yaratgan ijodiy ishlarida gavdalantirishdi. Ijodiy ishlar tanlovining yakunida tashkilotchilar tomonidan tanlovda faxrli oʻrinlarni egallagan oʻquvchilarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.

OCHIQ DARSDA O'QUVCHILARNING IQTIDORI NAMOYON BO'LDI
Bugun Termiz shahridagi 26-maktabning 2-"H" sinfida sinf rahbari S.Olimjonova boshchiligida navbatdagi ochiq dars o'tkazildi. Rus tilida ta'lim oladigan o'quvchilar uchun ushbu ochiq dars "Oltin kuz" deb nomlandi. O'qituvchi darsni zamonaviy metodlardan foydalangan holda olib bordi.
Berilgan topshiriqlarni tez va zukkolik bilan bajarayotgan o'quvchilarning porloq ko'zlaridan rus tiliga, bilim olishga bo'lgan ishtiyoqlarini anglash mumkin. Mazkur dars davomida o'quvchilar olayotgan bilimlarini sahna ko'rinishlari, she'r va qo'shiqlar orqali ifodalab berishdi.