Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
54.7K subscribers
31.7K photos
3.11K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
"ALABUGA" ERKIN IQTISODIY ZONASI VAKILI BILAN UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Denov tuman 1- va 2-, Sho'rchi tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktablari hamda Denov tumanidagi 74-umumta'lim maktabining 9-11-sinf o'quvchilari bilan Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari hamda "Alabuga" erkin iqtisodiy zonasi vakili ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda mas'ullar tomonidan "Alabuga" erkin iqtisodiy zonasi xususida to'liq ma'lumot berildi. Shuningdek, o‘quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mas'ullardan javob olishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NAMUNALI MAKTAB

Denov tumanining "Buyuk kelajak" mahallasida joylashgan
82-umumta'lim maktabi 1 ming 536 o'quvchi o'rniga mo'ljallangan. 2022-yilda obyektda 12 mlrd 600 mln soʻm hisobiga mavjud oʻquv binosi mukammal ta'mirlanib, 360 oʻrinli qoʻshimcha bino qurilgan.

Hozirda maktabda jami oʻquvchilar soni 1 ming 82 nafar, boshlangʻich sinflar 17 ta, yuqori sinflar 20 ta. Maktab 1 ta 2 qavatli bino hamda 5 ta boʻlinmadan iborat, ichki qismida 1 ta faollar zali, 1 ta sport zal va 1 ta oshxona mavjud. Sinfxonalar soni 54 ta. Shuningdek, 1 ming 378 nusxa kitob fondiga ega boʻlgan kutubxona, sport zal, sport maydonchasi, faollar zali mavjud. Maktabda 34 ta fan va sport toʻgaraklari tashkil etilgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OCHIQ DARSDA O'QUVCHILARNING IQTIDORI NAMOYON BO'LDI

Bugun Termiz shahridagi 26-maktabning 2-"H" sinfida sinf rahbari S.Olimjonova boshchiligida navbatdagi ochiq dars o'tkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🔥1👏1
JAMOATCHILIK NAZORATI UCHUN HAMKORLIKKA CHAQIRAMIZ

Joriy yilning 28-30-noyabr kunlari ona tili va adabiyot, o‘zbek tili, rus tili va adabiyoti, qozoq tili, tojik tili hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti, tarix, geografiya fanlaridan respublikamizning barcha hududlarida asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi o‘tkaziladi.

Olimpiadaning Surxondaryo viloyat bosqichi Termiz shahridagi
16-maktabda 28-noyabr soat 08:30 da boshlanadi.

Keng jamoatchilik vakillari, jurnalist va blogerlarni mazkur tadbirda faol ishtirok etib, jarayonlarning ochiq, shaffof o'tishini kuzatish va keng ommaga yetkazishda hamkorlikka chorlab qolamiz!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'QUV-SEMINARI BO'LIB O'TADI

Joriy yilning 29-noyabr kuni soat 12:00 da Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi binosida navbatdagi o'quv-seminarlari o'tkaziladi.

Mavzular:

🟢 "e-maktab.uz" tizimida ishlarni to'g'ri tashkil etish;
🟢 "Coursera" platformasining maxsus o'quv kurslarida ta'lim olish;
🟢 Maktabgacha ta'limni boshqarish,
bbit.uz axborot tizimi bilan ishlash.

Trenerlar:

🎙 A.Abdufayzov - Surxondaryo viloyati IT-park menedjeri;
🎙 Sh.Xudoyberdiyev - Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish sho'basi mutaxassisi;
🎙 A.Jumayev - Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish sho'basi mutaxassisi.


✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👏1
YASHIL MAKONGA AYLANGAN MAKTAB

Sariosiyo tumanidagi 82-umumta'lim maktabida "Yashil makon" dasturi doirasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, bugungi kunga qadar maktab hovlisiga 150 tup olma, 80 tup archa kabi mevali va manzarali daraxt ko'chatlari hamda 80 tup atirgul va 200 tup turli boshqa gul ko'chatlari ekildi.

Go'zal gul-u, yosh nihollar bilan fayz olib, so'lim maskanga aylangan maktab bugun butun jamoa, mahalla ahli, ta'lim maskaniga kelib-ketuvchilarning bahri dilini ochadi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍5🥰2
Navbatdagi apparat yig'ilishi o'tkazildi

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi binosida boshqarma boshlig'i X.Mamadiyev rahbarligida boshqarma xodimlari uchun navbatdagi apparat yig'ilishi o'tkazildi.

Yig'ilishda dastlab boshqarma boshlig'i tizimda uchrayotgan xato va kamchiliklarni tanqid ostiga olib, ularni bartaraf etish va ta'lim-tarbiya tizimidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mas'ullarga o'zining tavsiya va topshiriqlarini berib o'tdi.

Shuningdek, yig'ilishda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Qaror, Farmon va Farmoyishlarining o‘z vaqtida va sifatli qilib ijrosini taʼminlash hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ijobiy hal etilishi holati va boshqa masalalar atroflicha muhokama qilindi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍5🥰2