Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
65.9K subscribers
27.6K photos
2.6K videos
91 files
8.9K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Kuzgi_taʻtil
#Sherobod_tumani

Kuzgi ta'tilni maroqli o'tkazish maqsadida bugun Sherobod tumanidagi qator maktablarning o'quvchilari uchun tumandagi Imom Abu Iso Muhammad at-Termiziy ziyoratgohiga sayohat uyushtirildi.

Xususan, tumandagi 2-umumta'lim maktabi o'quvchilari ham ustozlari A.Qulmamatova hamda X.Salomovalar boshchiligida majmuani ziyorat qilib, qadim tariximiz haqida ko'plab bilimlarga ega bo'lishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Kuzgi_taʻtil
#Sherobod_tumani

Kuzgi ta'tilni maroqli o'tkazish maqsadida bugun Sherobod tumanidagi 2-umumta'lim maktabi o'quvchilari ustozlari A.Qulmamatova hamda X.Salomovalar boshchiligida tumandagi
8-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida bo'lishdi.

Manzilda o'g'il-qizlar san'atga oid bilimlarini oshirishdi, musiqa maktabidagi dars jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sherobod_tumani

Bayrog‘imiz - faxrimiz

Bugun Sherobod tumanidagi 2-umumta'lim maktabida o‘qituvchilar X.Salomova hamda A.Qulmamatovalar boshchiligida o‘quvchilar tomonidan "Bayrog‘im - iftixorim, g‘ururim" deb nomlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda o‘quvchilar ijrosida turli badiiy chiqishlar namoyish etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sherobod_tumani

“Konstitutsiya - erkinligimiz kafolati” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi oʻtkazildi

Sherobod tuman hokimligi, tuman maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi tomonidan 56-umumta'lim maktabida “8-dekabr - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan umumiy oʻrta ta'lim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Konstitusiya - erkinligimiz kafolati” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi oʻtkazildi.

Unda o'quvchi yoshlar faol ishtirok etib, bosh qomusimizni o'zlari yaratgan ijodiy ishlarida gavdalantirishdi. Ijodiy ishlar tanlovining yakunida tashkilotchilar tomonidan tanlovda faxrli oʻrinlarni egallagan oʻquvchilarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sherobod_tumani

Sherobod tumanidagi 66-umumta'lim maktabining 4-sinf o‘quvchilari ishtirokida "Xayr, oltin kuz!" mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Unda o‘quvchilar tomonidan oltin kuzning tarovati aks etgan she‘r, qo‘shiq va raqslar namoyish etildi. Yakunda faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sherobod_tumani

"Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiyoti festivalining Sherobod tuman bosqichi o'tkazildi. Unda san'atsevar o'quvchilar ishtirok etib, o'z iqtidorlarini namoyish etishdi.

Xususan, tumandagi 2-umumta'lim maktabi o'quvchilari ham mazkur tanlovda ishtirok etib, faxrli o'rinlarni qo'lga kiritishdi va tanlovning viloyat bosqichiga yo'llanmaga ega bo'lishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sherobod_tumani

Mavsumni betalofat o'tkazish bo'yicha seminar o'tkazildi

Bugun Sherobod tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig'i A.Pirmatov rahbarligida tumandagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, isitish tizimining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida o‘tgan mavsumda tabiiy gaz bilan isitilgan va bugungi kunda ko‘mir bilan isitish tizimiga o‘tkazilgan umumta’lim maktablari direktorlari uchun tumandagi 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida seminar tashkil etildi.

Bunda 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, isitish qozonlarining holati hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishilib, maktab direktorlariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sherobod_tumani

“Maʼnaviyat sektori” faoliyat boshladi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 16-17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifida respublikada birinchi “Maʼnaviyat sektori”ni tashkil etish boʼyicha “Surxondaryo tajribasi”ni yaratish vazifasi belgilab berilgan edi. Sherobod tumani hokimi rahbarligida umumtaʼlim maktablarining direktorlari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosarlari ishtirokida “Taʼlim muassasalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash” mavzusida yigʼilish boʼlib oʼtdi.

Yig'ilishda viloyat tajribasi sifatida 5-sektor - “Maʼnaviyat sektori”ni tashkil etish boʼyicha amalga oshiriladigan ishlar, taʼlim muassasalarida “Maʼnaviyat xonalari”, oʼqituvchilar va oʼquvchilarning odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati, oʼquvchilarning badiiy adabiyotlarga boʼlgan munosabati, voyaga yetmagan oʼquvchilar oʼrtasida jinoyatchilik masalalari muhokama etildi. 

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sherobod_tumani

Bugun Sherobod tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i A.Pirmatov boshchiligida tumandagi maktablarda yakka tartibda ta'lim oladigan imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning holidan xabar olindi.

Bolalarga "3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan bayram sovg‘alari topshirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tub
#Sherobod_tumani

Mehr-saxovat - inson bezagi

"3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Sherobod tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi vakillari tumandagi 27-umumta'lim maktabida yakka tartibda ta'lim oladigan o‘quvchilarning xonadonida bo‘lib, ularning holidan xabar olishdi.

O‘quvchilarga bayram sovg‘alari va mehr ulashildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

Sherobod tumanidagi 40-umumta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan tadbir uyushtirildi. Unda maktab o'quvchilaridan iborat "Yosh huquqshunos" hamda "Adolat" jamoalari o'zaro huquqiy bilimlarini sinovdan o'tkazishdi.

Qizg'in va munozaralarga boy tarzda o'tgan musobaqa natijasiga ko'ra, "Adolat" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi va jamoa a'zolari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sherobod_tumani

Maktablarga yoʼl harakati qoidalarini targʼib qilish uchun elektron darslik va qoʼllanmalar, televizorlar va kompyuter jamlanmalari sovgʼa qilindi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
26-apreldagi
“Taʼlim muassasalarida yoʼl harakati targʼibotini kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 212-sonli qarori ijrosini taʼminlash, oʼquvchilarning Yoʼl harakati qoidalariga yoshlikdan amal qilishi, yoʼllarda harakatlanish madaniyatini yanada shakllantirish, yoʼl belgilarini oʼrganishi maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Sherobod tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi tasarrufidagi 10 dan ortiq umumtaʼlim maktablariga Yoʼl harakati qoidalarini targʼib qilish uchun elektron darslik va qoʼllanmalar, televizorlar va kompyuter jamlanmalari sovgʼa qilindi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube