Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
57.6K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Live

🔹Seminar: “Umumtaʼlim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar”

🔘Ayni shu mavzudagi seminarlar bugun Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida o‘tkazilmoqda. Unda umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va boshqa mas'ullar ishtirok etishmoqda.

☑️Seminarlarda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, o‘quvchilar tarbiyasida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish hamda sohaga oid boshqa muhim masalalar muhokama qilinmoqda. Ma'lumot uchun, mazkur seminarlar
10-11-may kunlari davom etadi.


🏞Jarayonlar Denov tumani misolida.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
#Live

#Attestatsiya_2024

Davlat va huquq asoslari, tarbiya hamda tarix fani o‘qituvchilari malaka test sinovlarida ishtirok etmoqda

Xabaringiz bor, mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tayotgan attestatsiya jarayonlari qizg‘in olib borilmoqda.

Bugun, davlat va huquq asoslari, tarbiya hamda tarix fanlari o‘qituvchilari malaka test sinovlarida ishtirok etmoqda.

Jumladan, Termiz shahridagi 26-maktabda surxondaryolik tarix-huquq fani o‘qituvchilari faol qatnashib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Attestatsiya ishtirokchilari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

⚡️Taniqli tadbirkor surxondaryolik maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi

🔘Ayni vaqtda Termiz shahridagi yoshlar markazida yurtimizning taniqli tadbirkorlaridan biri, Millat Umidi universiteti va boshqa ko‘plab loyihalar asoschisi Umidjon Ishmuhammedov ishtirokida vohamizdagi umumta'lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda.

🔹Uchrashuvda taniqli tadbirkor va innovatsion loyihalar asoschisi surxondaryolik yoshlarga "To'g'ri maqsad qo'yish" mavzusida maslahat va tavsiyalarini berib o‘tmoqda.

☑️Yigit-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Live

Birozdan so'ng 2023-2024-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun navbatdagi qurʼa tashlash tadbiri boʻlib oʻtadi.

❗️Bunda ona tili va adabiyot fanidan 9-sinflar uchun qurʼa tashlash jarayonlari oʻtkaziladi.

✔️Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan oldindan qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.

👉 Jonli efir: https://www.youtube.com/live/NzyyEy4JY_c?si=EololwEOBCvUGAnx

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

⚡️Surxondaryo viloyatidagi maktab oʼquvchilari oʼrtasida "Men davlat xizmatchisi boʼlaman" mavzusidagi insholar tanlovining viloyat bosqichi boʼlib oʼtmoqda

🔘Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali hamkorligida viloyatdagi umumtaʼlim maktablarining 9-,10- va 11-sinf oʼquvchilari oʼrtasida yoshlarning davlat fuqarolik xizmatiga qiziqishlarini oshirish maqsadida "Men davlat xizmatchisi boʼlaman" mavzusidagi insholar tanlovining viloyat bosqichi ayni damda Termiz shahridagi 16-umumta'lim maktabida oʼtkazilmoqda.

▪️Unda tanlovning tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar qatnashmoqda.

Insho yozish uchun o‘quvchilarga 2 soat vaqt ajratilgan bo‘lib, ularga zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Jarayon avvalida mavzuga oid videoroliklar ishtirokchilar e'tiboriga havola etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Live

⚽️Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Viloyat hokimi kubogi uchun” sportning futbol turi bo‘yicha musobaqaning viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda


🔘Ayni damda Termiz shahridagi "Alpomish" o‘yingohida umumta'lim maktablarining 8-11-sinf o‘quvchilaridan tarkib topgan o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasida futbol, qiz bolalar o‘rtasida esa mini futbol sport turidan “Viloyat hokimi kubogi uchun” musobaqaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

▪️Unda tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoalari qatnashmoqda.

☑️Musobaqa jarayonlarida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov ishtirok etib, o‘quvchilarga omad tiladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Live

Surxondaryoda “BOLALAR FOLKLORI” respublika tanlovi boshlandi


🔰 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi
tomonidan ilk marotaba SURXONDARYO VILOYATIDA “Bolalar folklori” tanlovining respublika bosqichi Termiz shahridagi 26-maktabda o‘tkazilmoqda.

Tadbir doirasida “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak a’zolarining ijodiy ishlari koʻrgazmasi tashkil etildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida
“Barkamol avlod” bolalar maktabining to‘garak a'zolari tomonidan:

etnografik folklor yo‘nalishidagi ashula va raqslar,
maqom va baxshichilik,
xalq laparlari
ijro etiladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Live

⚡️Surxondaryoda "Bolalar folklori" respublika tanlovi davom etmoqda

🔘Ayni damda Termiz shahridagi 26-maktabda tanlov jarayonlari davom etmoqda.

☑️Jamoalarning etnografik folklor yo‘nalishdagi ashula va raqslari yig‘ilganlarni xushnud etmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Live

▪️Surxondaryoda "Barkamol avlod bolalari" festivali boshlanish arafasida

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan muntazam o‘tkazib kelinayotgan "Barkamol avlod bolalari" festivalining navbatdagi manzili - Surxondaryo viloyati.

Festival bugun Termiz shahridagi qo‘g‘irchoq teatrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, erta tongdan manzilda o‘quvchi yoshlar gavjum.

Bizni kuzatishda davom eting. Festival jarayonlaridan xabar qilib boramiz.

#festival #barkamolavlodbolalari

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Live

📖Surxondaryoda malaka toifa sinovlari boshlandi

🚪Bugun Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabida maktabgacha, umumtaʻlim va maktabdan tashqari taʻlim muassasalari pedagoglari uchun malaka toifa sinovlari boshlandi.

➡️Attestatsiyaning ilk kunida informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari ishtirok etishyapti. Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev malaka sinovlari bo‘lib o‘tayotgan manzilga tashrif buyurib, jarayonlarni kuzatib bordi.

🗒Eʼtiborli jihati, mazkur toifa sinovlarida 136 ming pedagog navbatdan tashqari qatnashish istagini bildirgan. Shundan ham bilish mumkinki, toifa sinovlarini oʼtkazishning shaffof tizimi yaratilgani o‘qituvchilarimizda ishonch va katta qiziqish uyg‘otgan.

🔔Sinovlar joriy yilning 16-noyabr kuniga qadar davom etishi belgilangan bo‘lib, bunda jami 12 ming 553 nafar surxondaryolik pedagoglar qatnashadi.

Telegram   Facebook
Instagram You tube
Twitter       Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM