📈Surxondaryo viloyati hokimi
Ulug‘bek Qosimov ta'lim tizimida faoliyat yuritib kelayotgan
tadbirkorlar bilan uchrashdi. Ishbilarmonlarning sohada uchrayotgan muammolariga quloq tutildi. Shuningdek, taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.
🔔Nodavlat maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari sonining ortishi bolalarning ta'lim muassasalariga qamrov darajasini oshirishda muhim ekanligi ta'kidlanib, mas'ullarga bu borada tadbirkorlarga zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.✔️Ma'lumot uchun, bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 4 ta nodavlat maktab hamda 2 mingdan ortiq oilaviy, xususiy va davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.#uchrashuv #tadbirkorlar #talimTelegram |
Facebook |
Instagram |
You tube |
Twitter |
Veb-sayt