Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
57.6K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Ustozlar_forumi
#1_kun

🔴 Ayni vaqtda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda forum ishtirokchilari uchun 14 ta shoʻbada taqdimot hamda o'quv treninglari o'tkazilmoqda.

⚡️Xususan, maktabgacha ta’lim yo‘nalishida:

- “Jahon banki ishtirokidagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi davomida muqobil modellar faoliyatini tashkil etish (Ilk rivojlantirish markazlari) tajribasi”;
- “Maktabgacha ta’lim sifatini baholash tizimini ta’minlash va MELKO xalqaro o‘lchov vositasini joriy etish”;
- “Maktabgacha ta’lim tashkilotida sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirish”;

⚡️ Maktab ta’limi yo‘nalishida:

- “O‘quvchilarda 21 asr ko‘nikmalarini rivojlantirish;
- “Loyiha ishlari orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish –amaliyotdan nazariyaga”;
- “Yangi o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan o‘quv reja, taqaim-mavzu reja hamda tavsiyalar”;
- Tajriba-sinov maktablarida yangi baholash tizimini samarali joriy etish”
- “Tajriba-sinov maktablarida tanlov fanlarini samarali joriy etish – metodik ta’minot”
- “Umumta’lim maktablarini darsliklar bilan ta’minlash tizimini raqamlashtirish: muammolar, yechimlar, vazifalar” kabi mavzularda mahorat darslari tashkil etilgan.
______________
❗️Treninglar avvalida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatiga bag'ishlangan ko'rgazma ham bo'lib o'tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Ustozlar_forumi
#2_kun

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Ikkinchi ustozlar milliy forumi" davom etmoqda.

✔️ Bugun ishtirokchilar maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi yo'nalishida jami 14 ta shoʻbada tashkil etilgan taqdimot hamda o‘quv treninglarida o'z mahoratlarini oshirishmoqda.

#Fotoreportaj #Al_Khwarizmi #Tashkent #9_August

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Ustozlar_forumi

Ayni vaqtda Termiz shahridagi 26-maktabda "Ikkinchi ustozlar milliy forumi" bo‘lib o‘tmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Ustozlar_forumi
#Ochilish_marosimi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi metodik xizmat ko‘rsatish bo'limi metodistlari bilan hamkorlikda bugun Termiz shahridagi 26-maktabda "Sifatli ta'lim - kuchli jamiyat" shiori ostida “Ikkinchi ustozlar milliy forumio'tkazildi.

Forumning ochilish marosimida dastlab boshqarma boshlig'i X.Mamadiyev so'zga chiqib, bugungi kunda ta'lim-tarbiya tizimida olib borilayotgan islohotlar, pedagoglar nufuzini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida so'z yuritdi.

Shundan so'ng sohada samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh o'qituvchilar, shuningdek, Ispaniyada yosh musiqachilar o‘rtasida o'tkazilgan xalqaro tanlovda oltin medal sohibasi bo‘lgan Termiz shahridagi 15-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Charos Absoatova boshqarma boshlig'i tomonidan munosib taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Ustozlar_forumi
#Treninglar

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi metodik xizmat ko‘rsatish bo'limi metodistlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Ikkinchi ustozlar milliy forumi" o'quv treninglari bilan davom etdi.

Bunda o'qituvchilar o'z yo'nalishlari bo'yicha sho'balarga bo'lingan holda malakali mutaxassislar tomonidan o'tilgan treninglar davomida o'zaro tajriba almashish barobarida yangi bilimlarni ham egallashdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Live
#Ustozlar_forumi

Ayni vaqtda Termiz shahridagi san'at saroyida "Ikkinchi ustozlar milliy forumi" bo‘lib o‘tmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Ustozlar_forumi
#Taqdirlash_marosimi

Muxtasham san'at saroyida "Sifatli ta'lim - kuchli jamiyat" shiori ostida tashkil etilgan "Ikkinchi ustozlar milliy forumi"da viloyat hokimi U.Qosimov tomonidan ustoz va murabbiylarning sohadagi xizmatlari e'tirof etilib, ularga faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Ustozlar_forumi

Forum davomida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev so‘zga chiqib, ta'limdagi islohotlar, o‘qituvchilarning fidokorona mehnatlari borasida fikr bildirdi.

Shundan so‘ng "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi tomonidan tayyorlangan badiiy qism yig‘ilganlar e'tiboriga havola etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM