Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
58.9K subscribers
28.1K photos
2.66K videos
91 files
9.09K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Muzrabot_tumani

Muzrabotda 100 oʼrinli zamonaviy bogʼcha foydalanishga topshirildi

Muzrabot tumani “Guliston” mahallasida tadbirkor tomonidan eski maktab binosi qayta taʼmirlash orqali 100 oʼrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti oʼz faoliyatini boshladi.

Kuni kecha mazkur bogʼchaning tantanali ochilish marosimi boʼlib oʼtdi. Unda tuman mutasaddilari, nuroniylar, faollar va yoshlar hamda soha masʼullari ishtirok etishdi. Maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalarning taʼlim-tarbiya olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Maʼlumot uchun, hozirgi kunda tumanda 23 ta davlat, 1 ta nodavlat, 8 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat va 112 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Mazkur bogʼchalarda tumandagi 3-7 yoshdagi 13,7 ming nafar bolalarning 59,3 foizi maktabgacha taʼlimga qamrab olingan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Muzrabot_tumani

Mehr ulashib

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida mamlakatimiz bo‘ylab 30-iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan Muzrabot tumandagi “Obi hayot”, “Yakkatol” va “Shaffof” mahallalarida istiqomat qiluvchi nogironligi bor hamda “Yoshlar daftari” ro‘yxatida turuvchi yoshlarga "Mehr-muruvvat va saxovat" tadbiri doirasida o‘quv qurollari va esdalik sovg‘alar ulashildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Muzrabot_tumani

Muzrabotda 58 nafar o'quvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomladi

Bugungi kunda Muzrabot tumanida 57 ta umumiy oʼrta taʼlim maktabi va 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat koʼrsatmoqda. Tumandagi umumtaʼlim maktablarini 2022-2023-oʼquv yilida jami 2229 nafar 9-11-sinf o'quvchilari tamomlashmoqda.

Bugun tuman hokimligida koʼtarinki ruhda oʼtkazilgan tadbirda Muzrabot tumani hokimi maktab bitiruvchilarini erishgan yutuqlari bilan tabriklab, 54 nafar bitiruvchilarga oltin, 4 nafariga kumush medallarni tantanali ravishda topshirdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Muzrabot_tumani

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish ishlari olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligining 2023-yil 30-maydagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish davrini tashkil etish to‘g‘risida"gi 43-sonli buyrug‘ining ijrosini ta'minlash maqsadida Muzrabot tumani Maktabgacha va maktab bo‘limi tasarrufidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Maktabgacha talim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish davrini tashkil etish" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Muzrabot tumani hokimi ham ishtirok etib, jajji bolalarning dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Muzrabot_tumani

Xayr bog'cha - salom maktab

Muzrabot tumanidagi 9-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Xayr bog'cha - salom maktab" tadbiri o'tkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Muzrabot_tumani

Ta'limga e’tibor - kelajakka e’tibor

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularni istiqlol g‘oyalari hamda ona vatanga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalasiga katta e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Muzrabot tumani hokimi tomonidan kuni kecha bolajonlarning yilning to‘rt faslida ham bir xil haroratda ta’lim-tarbiya olishlarini ta’minlash maqsadida tumanning "Tong yulduzi" mahallasida joylashgan 22-sonli DMTT uchun 3 ta hamda 23-sonli DMTTga 2 ta zamonaviy konditsioner topshirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Muzrabot_tumani

Umumta’lim maktablari zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta'minlanmoqda

Surxondaryodagi 110 ta maktabga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Xitoy granti asosida berilgan zamonaviy kompyuter jamlanmalari hamda laboratoriya jihozlaridan 96 ta kompyuterlar Muzrabot tumanidagi 6 ta umumta’lim maktablariga tuman hokimi hamda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i boshchiligida tantanali ravishda topshirildi.

Muhtaram Prezidentimiz viloyatimizga tashriflari chog‘ida maktablarning moddiy-texnik bazasini yangilash yuzasidan bergan topshiriqlarining amaliy ijrosi bugungi kunda o‘z isbotini topayotgani ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlarni yanada quvontirmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Muzrabot_tumani

Fotoreportaj: Muzrabot maktablarida yangi o‘quv yiliga qizg‘in tayyorgarlik olib borilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Muzrabot_tumani

"Sifatli ta'lim-kuchli jamiyat" shiori ostida "Ikkinchi ustozlar milliy forumi" o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 14-iyuldagi "Ikkinchi ustozlar milliy forumi"ga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida"gi 206-sonli buyrug‘i asosisa Muzrabot tuman 29-son Yangiobod madaniyat markazida "Sifatli ta'lim-kuchli jamiyat" shiori ostida "Ikkinchi ustozlar milliy forumi" o‘tkazildi.

Unda tuman hokimi ishtirok etib, sohada faollik ko'rsatib kelayotgan bir guruh pedagoglarni munosib rag'batlantirdi.

Shundan so'ng o'qituvchilar uchun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan seminar-treninglar o'zaro tajriba almashish barobarida yangi bilimlarni egallashda ham ayni muddao bo'ldi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi 
#besh_tashabbus 

"BESH TASHABBUS OLIMPIADASI"NING MAKTAB BOSQICHI DAVOM ETMOQDA

⚡️Bugun Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning shaxmat va shashka turlari bo'yicha musobaqaning maktab bosqichi bo'lib o'tdi.  

🟢 Ushbu musobaqalarda 5-11-sinf o'quvchilaridan, o'g'il bolalar va qiz bolalar toifasida jami bo'lib 42 nafar ishtirokchilar o'zaro bellashishdi.  

🏆 Musobaqa yakunlariga ko'ra:

Shaxmat bo'yicha - o'g'il bolalar o'rtasida 7-sinf o'quvchisi Murodov Abdulloh, qiz bolalar o'rtasida 8-sinf o'quvchisi Ahmedova Nozima;
Shashka bo'yicha - o'g'il bolalar o'rtasida 6-sinf o'quvchisi Abdimo'minov Davlatbek, qiz bolalar o'rtasida 9-sinf o'quvchisi Tog'ayeva Sabrina 1-o'rinni egallab, maktab g'olibi deb topildi. 

🌐 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:👇 

Telegram | Instagram | Facebook
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#ertalabki_saflanish


Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilar uchun "Ertalabki saflanish" tadbiri o'tkazildi.

📖 Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi oʻquvchilar jo'rligida ijro etildi.

🌐📡▶️ Shuningdek,  o'quvchilarga o'tgan hafta davomida yurtimizda va dunyo miqyosida sodir boʻlgan muhim yangiliklar haqida axborot berildi.

📖 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#amaliy_tashrif

🔰 MUZRABOTDA O'QUVCHILARNI KASBGA YO'NALTIRISH MAQSADIDA ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIGA SAYOHAT TASHKIL QILINDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o'quvchilari "Muzrabot Indenim klaster" MCHJ ga qarashli paxta zavodiga  tashrif buyurishdi.

📌 Tashrif mobaynida ularga  tajribali xodimlar tomonidan  zavod faoliyati haqida tushunchalar berildi hamda oʻquvchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

🤝 Shuningdek, Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va "Muzrabot Indenim klaster" MCHJ bilan hamkorlik MEMORANDUMI imzolandi.

📖 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook
#Muzrabot_tumani

Navbatdagi otalar yig‘ilishi o‘tkazildi

Bugun Muzrabot tumanidagi 7-umumta'lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining otalari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli yot g‘oyalardan asrash va boshqa qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#ochiq_eshiklar_kuni

⚔️🛡️ XALQ VA ARMIYA - BIR TAN-U BIR JON !

🔰 Harbiy qismda tashkil etilgan "Ochiq eshiklar kuni" doirasida Qurolli kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar hamda o'quvchilar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi.

🔷 Uchrashuv davomida faxriylar yurtimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish har bir yosh avlodning Vatan oldidagi oliy burchi ekanligi haqida aytib o'tdilar.

🌍 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook
#Muzrabot_tumani

"3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Muzrabot tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi vakillari tomonidan imkoniyati cheklangan, yakka tartibda ta'lim oladigan bolalarning holidan xabar olinib, ularga bayram sovg‘alari ulashildi.

Shuningdek, bolalar uchun dasturxon yozilib, ularning ko‘ngillari ko'tarildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Muzrabot_tumani
#Onlayn_olimpiada

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4306-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan Onlayn fan olimpiadalarida ishtirok etish o'quvchilarga qishki ta'tilni mazmunli o'tkazish uchun ayni muddao bo'lmoqda.

Ayni kunlarda Muzrabot tumanidagi umumta'lim maktablarida ham onlayn olimpiadalar taqvimiga asosan o'quvchilar belgilangan fanlardan onlayn olimpiada jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
⚡️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov Muzrabot tumanidagi o‘rganishlari davomida
1-, 2-, 5-, 9-, 14-umumta'lim maktablari hamda 31-sonli IDUM faoliyati bilan tanishdi.

🔽Ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, binoning jihozlanishi va moddiy-texnik baza holati, qolaversa obodonlashtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

✔️Mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#Muzrabot #yangioquvyili #organish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM