Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
50.4K subscribers
28.4K photos
2.7K videos
91 files
9.19K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
January 8, 2023
#Taqdirlash_marosimi
#Barkamol_avlod

“BOLALARGA BERING DUNYONI” HAMDA “VAZIR SOVRINI” RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVLARINING TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Bolalarga bering dunyoni” hamda “Vazir sovrini” Respublika ko‘rik-tanlovlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, Bosh prorukor o‘rinbosari Svetlana Ortiqova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o'rinbosari Odil Tojiyev va butun Respublikadan kelgan "Barkamol avlod" to‘garaklari ishtirokchilari qatnashdi.

❗️ “Bolalarga bering dunyoni” Respublika ko‘rik-tanlovida ishtirokchilar “Bola huquqlari” va “Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida” yo‘nalishlaridagi rasmlar tanlovida bellashishdi. Unda 21 512 nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olindi.

✔️ “Xalq ta'limi vazirligi sovrini” ko‘rik-tanlovi:

🔹 Yog‘och o‘ymakorligi;
🔹 Liboslar dizayni;
🔹Yosh arxitektor yo‘nalishlarida tashkil etildi.
Ushbu tanlov 20 998 nafarga yaqin o‘quvchi-yoshlarni qamrab oldi.

📍Tadbir kuy-qo'shiqlar va iqtidorli yoshlar tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlarga boy holda o‘tdi. G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 20, 2023
July 22, 2023
August 30, 2023
#Taqdirlash_marosimi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida tashkil etilgan o‘quv-seminarining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Unda vazir o’rinbosari Farhod Boqiyev ishtirokchilarni o’quv seminaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan tabrikladi hamda sertifikatlarni topshirdi.
____
Bugun shuningdek, kunning birinchi qismida:

“Umumta’lim maktablaridagi tarbiyaviy ishlarda zamonaviy yutuq va metodlardan samarali foydalanish”,
“Zamonamizning yangi usul maktablari” kabi mavzularda mahorat darslari bo’lib o’tdi.

Mashg’ulotlar qizg’in bahs-munozaralarga boy holda o’tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 28, 2024
#Taqdirlash_marosimi

Aniq va tabiiy fanlar ustozlarga sertifikatlar topshirildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Singapurning Marshall Cavendish Education tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan treninglarning yopilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir o‘rinbosari Sardor Rajabov ishtirok etib, 5 kunlik treninglarning natijalari, kelgusidagi rejalar hamda loyihalar haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng, treninglarda qatnashgan ustozlarga sertifikat topshirildi.

Ma'lumot o‘rnida: treninglarda Respublikamiz bo‘ylab 260 nafar ustozlar ishtirok etishdi.

Mahorat darslarida o‘quvchilarga mavzularni oson va qiziqarli yo‘l bilan yetkazish, ularda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlash va PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish kabi mavzularda so‘z bordi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 13, 2024