Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
65.9K subscribers
27.6K photos
2.6K videos
91 files
8.9K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Seminar_trening
#2_kun

🔴 “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusidagi Respublika o‘quv-seminari davom etmoqda.

📍 Bugun tadbir avvalida ishtirokchilar o’rtasida bo’lib o’tgan “Zakovat” o’yinining g’oliblari taqdirlandi.

✔️Shundan so’ng, boshqaruv xodimlarida ijobiy va samarali boshqaruv usullarini shakllantirish, faoliyat doirasida nizoli vaziyatlardan chiqish, strategiyalarni tanlash va xodimlar bilan do’stona munosabatlarni o’rnatish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish yuzasidan amaliy trening boshlandi.

Shuningdek, o’quv seminari davomida spikerlar tomonidan quyidagi yo’nalishlarda ma’ruzalar bo’lib o’tdi:

✔️ Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida belgilangan kompetensiyalar to‘g‘risida
✔️ Umumta’lim maktablarida diniy-ma’rifat va dunyoviy axloq asoslarini o‘qitish masalalari
✔️ “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni elektron platformaga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish.

❗️ Ishtirokchilar umumta’lim maktablarining yangi tahrirdagi “Odob-axloq qoidalari” muhokama qilib, o’z takliflarini bildirishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozlar_forumi
#2_kun

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Ikkinchi ustozlar milliy forumi" davom etmoqda.

✔️ Bugun ishtirokchilar maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi yo'nalishida jami 14 ta shoʻbada tashkil etilgan taqdimot hamda o‘quv treninglarida o'z mahoratlarini oshirishmoqda.

#Fotoreportaj #Al_Khwarizmi #Tashkent #9_August

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024 #2_kun
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Surxondaryo viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari davom etmoqda

▪️Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev imtihon bo‘lib o‘tayotgan manzillarga tashrif buyurdi. Boshqarma boshlig‘i jarayonlarning ochiq va shaffof holda o‘tayotganligi, tashkiliy ishlar, ota-onalar va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

Ma'lumot uchun, bugun ixtisoslashtirilgan maktablarning 7-sinfiga 1 ming 277 nafar, 6-8-9-10-sinflarning bo‘sh o‘rinlariga
2 ming 418 nafar, jami 3 ming 695 nafar o‘quvchilar imtihon topshirmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Forum
#2_kun

▶️ Uchinchi “Ustozlar milliy forumi” ning ikkinchi kuni doirasida mahorat darslari bo’lib o’tmoqda.

✔️Kunning birinchi qismida tasviriy san’at va chizmachilik fani ustozlari uchun oromgoh hovlisida amaliy mashg’ulotlar tashkil etildi.

🔽Shuningdek, fanlar kesimida darslar sho’balarga bo’lingan holda davom etmoqda.

🖥Jarayonlarda surxondaryolik pedagoglarimiz faol qatnashishmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Asosiy_olimpiada
#2_kun

📖Surxondaryoda asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichi davom etmoqda

O‘quvchilar bugun fizika, kimyo, matematika, biologiya (11-sinf) hamda informatika fanidan (10-sinf) test sinovlarida ishtirok etishyapti.

✏️Ma'lumot uchun, 25-noyabrdan 4-dekabrga qadar davom etishi belgilangan mazkur olimpiadada tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 2 ming 731 nafar o‘quvchilar ishtirok etishadi.

🔔O‘quvchilarning ishlari mahoratli pedagoglardan tarkib topgan hakamlar hay'ati tomonidan baholab borilmoqda.

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram 📺You tube
🕊Twitter        Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM