Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.9K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Summativ baholash tizimi bosqichma-bosqich barcha maktablarda amalga oshiriladi

To‘g‘ri tanlangan va adolatli baholash tizimi ta’lim sohasini isloh qilishning eng muhim omillardan biri hisoblanadi. O‘quvchining bilimini obyektiv baholash uni to‘g‘ri yo‘naltirishga zamin yaratadi.

❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar yangi mezonlarga asoslangan ushbu baholash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazilganidan xabaringiz bor.

Ushbu baholash tizimining amaldagi tizimdan farqi — baholash jarayonlarida inson omilining minimallashtirilganida.

⚡️ Summativ baholash tizimini ishlab chiqishda Agentlik tizimidagi mutaxassislar tomonidan Yevropa va Markaziy Osiyoning 30 dan ortiq davlatlari tajribasi o‘rganildi.

✔️ 2023-2024-o'quv yilidan boshlab respublikaning har bir tumanidan tanlab olingan maktablarda tajriba-sinov tariqasida yangi baholash tizimi joriy etiladi. Bunda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablar tayanch maktab sifatida belgilangan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
👍2🔥1
#Kun_hikmati

Oʼzining qatʼiy fikri boʼlmagan eng jasur kishi ham qoʼrqoqqa aylanadi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3
Surxondaryo tumanlarida 11-sinf bitiruvchilariga oltin va kumush medallar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Jarayonlar Sariosiyo hamda Boysun tumanlari misolida.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1
"YIL_TO'GARAK_RAHBARI" TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI O'TKAZILDI

🔰Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Yangi imkoniyatlar oyligi" doirasida "Yil to‘garak rahbari" tanlov e'lon qilingan edi.

Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Hunarmandchilik va qo'l mehnati" yo'nalishida faoliyat yuritayotgan hamda ilg'or ish tajribalariga ega bo'lgan to'garak rahbarlarini aniqlash maqsadida "Yil to'garak rahbari" tanlovining viloyat bosqichi hamkorlikda tashkil etildi.

⚡️ Ushbu tanlov ishtirokchilari mohir hunarmand ustalar tomonidan nizomga muvofiq baholanib, mutlaq g'oliblar aniqlandi.
🥇1-o'rin: Axmadova Dilnoza (Boysun tumani)
🥈2-o'rin: Tursunova Nafosat (Sherobod tumani)
🥉3-o'rin: Qodirova Mavluda (Sho'rchi tumani)

👏Mutlaq gʻolib "Yil to'garak rahbari" tanlovining respublika bosqichiga yo'llanmani qoʻlga kiritdi.

© Surxondaryo "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Telegram| Facebook| Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
2023-2024-O‘QUV YILI UCHUN 1-SINFGA QABUL 20-IYUNDAN BOSHLANADI

O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, 1-sinfga qabul jarayonlari
2 bosqichda amalga oshiriladi.

1-BOSQICH: mikro-hudud doirasida
(20-iyun – 31-iyul)
2-BOSQICH: mikro-hududdan tashqarida
(1 - 15-avgust)

Termiz shahrida 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda, ota-onalar 20-iyun soat 10-00dan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.

Qolgan tumanlarda an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktab tomonidan qabul qilinib, 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi va nazorat etib boriladi.

Ma’lumot uchun: 2023-2024-o‘quv yilida viloyatimiz bo‘yicha 62956 mingdan ortiq bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Muhim eslatma!
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning (9-moddasi)ga asosan bolalar, ular 7️ yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Ya’ni bu yil 1-sinflarga 2016-yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Elektron qabul jarayonlari yuzasidan Vazirlik Call-markazining 71-203-07-04 raqami yoki telegramdagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.
👍1
Бугундан абитуриентларни онлайн рўйхатга олиш бошланди

🔝 My.gov.uz орқали абитуриентларни (2023/2024 ўқув йили учун) олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига шахсий ташрифсиз, қоғоз ҳужжатлар ва навбатларсиз онлайн рўйхатга олиш бошланди.

🖊 Ушбу жараёнда талабгор телефон рақамини авторизациядан ўтказиб, паспорт маълумотлари, доимий яшаш манзили ва тугатган таълим муассасаси бўйича маълумотларини киритса, шунингдек, имтиёзи мавжудлар уларни текшириб, чет тилидан миллий ёки халқаро сертификати борлар бу ҳақдаги маълумотларни юкласа кифоя.

⚠️ Таълим йўналишини янги ўқув йили учун қабул параметрларининг таълим тиллари бўйича тақсимоти тасдиқланганидан сўнггина танлаш мумкин бўлади.

💵 Тест синовларида иштирок этиш учун абитуриентлардан базавий ҳисоблаш миқдорининг 50 фоизи (165 000 сўм) миқдорида тўлов ундирилади.

Қуйидаги тоифага кирувчи абитуриентлар тўловдан озод этилади:
🔵 тест синовлари ташкил этилаётган ўқув йилида таълим муассасаларини битирганлар;

🔵 I, II ва III гуруҳ ногиронлиги бўлган шахслар;

🔵 «Ижтимоий ҳимоя ягона реестри» ахборот тизимида рўйхатга олинган шахслар ва уларнинг фарзандлари;

🔵 «Ёшлар дафтари»га киритилган ёшлар;

🔵 тўлиқ давлат таъминотидаги шахслар.

Рўйхатга олиш 20 июлга қадар (20 июль куни ҳам) давом этишини ҳисобга олиб, абитуриентлар охирги кунгача ўз маълумотларини ўзгартириши, чет тилидан миллий ёки халқаро сертификат олганлар улар ҳақидаги маълумотларини келтириши мумкин бўлади.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#20_iyun_10_iyul

📢 DIQQAT, E'LON!

❗️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga;
Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga;
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga hujjatlar qabuli boshlandi.

Ushbu Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 20-iyundan – 10-iyulga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Xushxabar

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi "Yoshlar raqs festivali"ning respublika bosqichida 16-21 yosh toifasida Surxondaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Milliy raqs" to'garagi rahbari Dilnoza Normamatova faol ishtirok etib, "Milliy raqs" yo'nalishida faxrli 1-o'rinni egalladi.

Ushbu yutuq bilan Dilnozaxonni Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Mamadiyev hamda boshqarma jamoasi nomidan muborakbod etamiz!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
VOHALIK O'QITUVCHILAR MALAKA OSHIRISH KURSIDA ROSSIYALIK O'QITUVCHIDAN BILIM OLISHMOQDA

“Zo‘r” (“Klass”) loyihasi doirasida rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish maqsadida Moskva Davlat universiteti o’qituvchisi Zaytseva Irina Mixaylovna tomonidan Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida 19-iyun kunidan 24-iyungacha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan rus tili fani o‘qituvchilarini jalb etgan holda 36 soatlik malaka oshirish kurslarini tashkil etish ko‘zda tutilgan bo’lib, ayni kunlarda mazkur kursga voha maktablarining rus tili fani o’qituvchilari qamrab olingan.

Bunda o’qituvchilar bilimlarini yanada oshirish barobarida, yangicha metodlarni o’zlashtirishmoqda. Qolaversa, o’zaro tajriba va fikr almashish ham pedagoglarda ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Kurs yakunida o'qituvchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍6