Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62.9K subscribers
27.8K photos
2.62K videos
91 files
8.98K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Sariosiyo_tumani

Sariosiyoda 91 nafar o'quvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomladi

Bugun Sariosiyo tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi hamda sektor rahbarlari ishtirokida "Hokim va bitiruvchi yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Sariosiyo tumanidagi 91 ta umumta‘lim maktabini 2403 nafar 11-sinf bitiruvchilaridan 83 nafari oltin va 8 nafari kumush medal bilan tugalladi. Bugungi tadbir esa katta hayot ostonasida turgan, hayot yo‘lining mustaqil va shu bilan birga, mas’uliyatli damlariga qadam qo‘yayotgan bitiruvchi yoshlari uchun quvonchli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 2022-2023-o‘quv yilini a’lo baholarga tamomlagan bitiruvchilarga sektor rahbarlari tomonidan oltin va kumush medallar tantanali tarzda topshirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sherobod_tumani

Quvnoq yoz - o'tmoqda soz!

Vohalik maktab o'quvchilari yozgi ta'tilni oromgohlarda maroqli va mazmunli o'tkazishmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Ўзбекистонда Қурбон ҳайитининг биринчи куни 28 июнга тўғри келади

Бугун, 19 июнь куни Зулҳижжа ойининг биринчи кунидир, дея маълум қилди Ўзбекистон Мусулмонлар идораси. Шунга кўра, бу ойнинг 10-санасидан бошланадиган Қурбон ҳайити байрами милодий 28 июнь, чоршанба кунига тўғри келмоқда.

Зулҳижжа ойи (“Ҳаж эгаси” деган маънони англатади) – Ҳаж ибодати адо этиладиган, қурбонлик қилинадиган, Арафа ва Қурбон ҳайити нишонланадиган ой.

Эслатиб ўтамиз, 2023 йилдаги қўшимча дам олиш кунлари бўйича президент фармонида 30 июнь (жума) барча учун, 1 июль (шанба) эса олти кунлик иш ҳафтасида ишлайдиганлар учун қўшимча дам олиш куни деб белгиланган. Бунда, Қурбон ҳайити 29 июнга тўғри келиши тахмин қилинган.

Lex.uz сайтидаги маълумотга кўра, айни пайтда фармонга ўзгартириш киритилмоқда.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
RADDIYA

Ijtimoiy tarmoqlarda "Oltinsoy tumanida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida kelgan IIB xodimlari maktab o'quvchilarini kaltaklagani aytilmoqda" sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Oltinsoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limining bergan ma’lumotlariga ko’ra, 2023-yilning may oyida 16-30 yosh toifasidagi uyushmagan yoshlar o’rtasida o’tkazilgan sportning mini futbol hamda futbol turlari bo’yicha DXX kubogi uchun musobaqalarda ishtirok etayotgan “Ipoq” va “Gulchechak” mahallalari jamoalari o’rtasida joriy yilning 27-may kuni tumandagi 8-sonli ayrim fanlar chuqur o’rgatiladigan umumiy o’rta ta’lim maktabida o’yin bo’lib o’tgan.

Soat taxminan 17:00 larda 2 ta mahalla yigitlari o’rtasida o’zaro kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. IIB xodimlari manzilda jamoat tartibini saqlash maqsadida holatni bartaraf etishga kirishishgan.

Musobaqada faqat mahallalarning uyushmagan yoshlari ishtirok etgan, janjal vaqtida ham yigitlar orasida maktab o’quvchilari bo’lmagan. IIB xodimlari esa o’z xizmat vazifalari yuzasidan holatni bartaraf etishga harakat qilishgan. Fuqarolarga nisbatan ortiqcha xatti-harakatlarga yo’l qo’yilmagan.

❗️ESLATMA: O'z tasdig'ini topmagan, asossiz va yolg'on xabarlarni tarqatish O'zR MJTK 202-moddasi 2-bandi va jinoyat kodeksining 244-moddasi 6-bandiga asosan tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo'ladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Yozgi oromgohlarda bolalar maroqli dam olishmoqda!

2023-yilning yoz mavsumida 200 ta statsionar oromgohlarda jami 157 775 nafar bolalar dam olishi rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yilning 19-iyun holatiga ko’ra 183 ta stasionar oromgohlarda 42 909 nafar bolalar dam olishmoqda.

✔️ 200 ta statsionar oromgohlarda faoliyat yuritadigan jami 4 225 nafar pedagog va o‘qituvchilar oylik ish haqlari belgilangan holda oromgohlarga jalb etildi.

Respublikada faoliyat olib borayotgan 3 ta Mehribonlik uylarining 279 nafar tarbiyalanuvchilari vazirlik tizimidagi 6 ta statsionar oromgohlarda 2- va 3- navbatlarda dam oldirilishi rejalashtirilgan.

❗️ Bundan tashqari, bolalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada shakllantirish maqsadida oromgohlarga 108 ming dona bolalar adabiyotlari yetkazib berildi.

📍 Joriy yilning 19-iyun holatiga 1- va 2-navbatda 16 240 nafar dam oluvchilar uchun “Quvnoq startlar”, “Kim epchilu - kim chaqqon”, “Futbolimiz kelajagi Seni qo‘lingda”, “Suzish bo‘yicha oromgoh birinchiligi” kabi sport musobaqalari o‘tkazildi.

⚡️ Shuningdek, statsionar oromgohlarga jalb etilmagan bolalar uchun ta’lim muassasalarida tashkil etilgan 954 ta sog‘lomlashtirish maydonchalarida 152 410 nafar bolalarning bepul dam oldirilishi rejalashtirilgan.

👉 Batafsil:
https://uzedu.uz/y3/news/1113

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Boysun_tumani

Boysunda 108 nafar o'quvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomladi

Bugun Boysun tumani hokimligida tashkil etilgan tadbirda 2022-2023-o‘quv yilini a’lo baholarga tamomlagan 11-sinf bitiruvchilariga tuman hokimi hamda mutasaddi rahbarlar tomonidan oltin va kumush medallar tantanali tarzda topshirildi.

Bu yil tumanda 1970 nafar o‘quvchi-yoshlar umumta’lim maktablarini bitirmoqda. Ulardan 82 nafari oltin va 26 nafari kumush medallar bilan maktabni tamomladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Surxondaryolik aziz o’quvchilar!

Yozgi ta’tildan unumli foydalanib, hunar o’rganishga kirishdingizmi? O’rgangan bilimlaringiz asosida ijodiy ishlar tayyorlashni ham boshladingizmi?

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sizni bu borada qo’llab-quvvatlaydi.

Boshqarma tomonidan tashkil etilgan “Ta’tilda men o’rgangan hunar” mavzusidagi onlayn tanlovda ishtirok eting!

Qanday deysizmi?

Hunar o’rganishingiz, uning ahamiyati va mustaqil tayyorlagan hunarmandchilik namunalaringiz aks etgan videolavhalarni bizga yo’llasangiz kifoya.

Yo’llangan videolavhalar hakamlar tomonidan baholanib, munosiblar boshqarma boshlig’ining maxsus sovg’alari bilan taqdirlanadi.

Shoshiling, siz uchun ajoyib imkoniyat. Videolavhalar joriy yilning 25-iyunidan 25-iyul sanasiga qadar quyidagi telegram raqami: @sur_mmtb_matbuot orqali qabul qilinadi.

❗️Eslatma: yo’llangan videolar izohida manzil, o’quvchi va maktab haqida aniq ma’lumotlar keltirilishi shart!

Qo’shimcha ma’lumot uchun quyidagi telefon raqami bilan bog’lanishingiz mumkin: 90-644-26-46

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda “Agar yana shu maktabda o‘qiydigan bo‘lsak bormaymiz, demoqdaSho‘rchi" sarlavhasi ostida tarqalgan videoxabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Sho‘rchi tumanida ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

2022-2023-o‘quv yilida ushbu ixtisoslashtirilgan maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotganligi sababli o‘quv jarayonlari Sho‘rchi tumanidagi Kasb-hunarga o‘qitish markazida amalga oshirilgan.

Videoxabarda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilariga fan to‘garaklari o‘tilayotganligi aks etgan. Kasb-hunarga o‘qitish markazi binosida sinfxonalarning yetishmasligi sabab mazkur holat kelib chiqqan.

10,9 milliard so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilayotgan Sho‘rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi binosida ayni vaqtda ishlarning 60 foizdan ortig‘i yakunlangan bo‘lib, maktab zarur barcha jihozlar bilan ta‘minlangan. Yangi o‘quv yilidan o‘quvchilar yangi va zamonaviy binoda o‘qishni boshlashlari ko‘zda tutilgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
2023-2024-O‘QUV YILI UCHUN 1-SINFGA QABUL 20-IYUNDAN BOSHLANADI

O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi.

1-BOSQICH: mikro-hudud doirasida
(20-iyun – 31-iyul)
2-BOSQICH: mikro-hududdan tashqarida
(1 - 15-avgust)

43 ta tuman (shahar)da 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda, ota-onalar 20-iyun soat 10-00dan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.

Qolgan tumanlarda an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktab tomonidan qabul qilinib, 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi va nazorat etib boriladi.

Ma’lumot uchun: 2023-2024-o‘quv yilida respublikamiz bo‘yicha 730 mingdan ortiq bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Muhim eslatma!
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning (9-moddasi)ga asosan bolalar, ular 7️ yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Ya’ni bu yil 1-sinflarga 2016-yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Elektron qabul jarayonlari yuzasidan Vazirlik Call-markazining 71-203-07-04 raqami yoki telegramdagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram