Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
59.4K subscribers
28.1K photos
2.66K videos
91 files
9.08K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
🗳 Сурхондарё вилояти ҳокими Улуғбек Қосимов Олий Мажлис Сенати аъзолигига сайланди

Бугун Олий Мажлис Сенатида Сурхондарё вилоятидан бўшаб қолган ўрин учун сайлов бўлиб ўтди.

▪️ Сурхондарё вилоят, Термиз шаҳридаги Ёшлар маркази биносида халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашларининг қўшма йиғилиши бўлиб ўтди. Унда Марказий сайлов комиссияси Раиси З.Низамходжаев иштирок этди.

▪️ Сайлов яширин овоз бериш йўли билан амалга оширилди. Сайлов натижаларига кўра Сурхондарё вилояти ҳокими Улуғбек Қосимов Олий Мажлис Сенати аъзолигига сайланди.

🌐 https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo
Finlandiya tajribasi Surxondaryo ta'lim tizimiga tatbiq etilmoqda

Xabaringiz bor, viloyatimiz delegatsiyasi a’zolari Finlandiya ta’lim dargohlarida dars mashg‘ulotlari va kasb-hunar o‘rgatish jarayonlarining tashkil etilishi hamda turli formatdagi materiallardan ham keng foydalanish tajribalarini o‘rganib qaytishdi.

O’rganilgan bilimlarni endilikda viloyatdagi ta’lim muassasalariga tatbiq etish maqsadida belgilangan rejaga asosan, bugun viloyatning Angor, Bandixon hamda Qiziriq tumanlarida “Finlandiya tajribasi asosida o’quvchilarga pedagoglar tomonidan ta’lim-tarbiya berishning afzalliklari va o’ziga xos xususiyatlari” mavzusida o’quv seminarlari tashkil etildi.

Seminarlarda tumanlardagi umumta’lim maktablarining o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari hamda 2 nafardan o’qituvchilari ishtirok etib, mas’ullar tomonidan berilgan ma’lumotlarni tinglashdi va o’zaro fikr almashishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Angor_tumani

“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida tadbirlar bo‘lib o‘tdi

Bugun Angor tumanida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Dastlab, 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan tumanning Madaniyat mahallasida joylashgan "Ishga marhamat" monomarkazida “Ma’rifat soati” loyihasi tashkil etildi. Tadbirda "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati a'zolari falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova, O‘zbekiston filarmoniyasi xonandasi Xurshid Sobirov ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, kasb-hunar o‘rganayotgan yoshlar bilan suhbatlashib, ularning kelgusi faoliyatlari bilan qiziqdilar. San’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#TDT

Hilola Umarova Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashdi

Samarqandda bo’lib o’tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar Ta’lim vazirlari yig’ilishi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashdi.

❗️ Tadbir avvalida Kubanichbek Omuraliyev O’zbekistonda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarni alohida e’tirof etdi.


Uchrashuv davomida:

– Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o’rtasida hamkorlik aloqalarini kuchaytirish,
– maktab o‘quvchilari o‘rtasida xalqaro tanlov va olimpiadalarni kengaytirish, qardosh maktablar hamkorlik dasturini amalga oshirish,
– maktabgacha ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Forwarded from Infocom.uz
“Moliyaviy erkinlik sari: Frilansing va elektron tijorat bo‘yicha ayollar forumi” o‘tkaziladi

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi hamda Toshkent shahridagi Amity universiteti hamkorligida “Moliyaviy erkinlik sari: Frilansing va elektron tijorat bo‘yicha ayollar forumi” tashkil etilmoqda.

Ushbu forumdan asosiy maqsad – xotin qizlarning jamiyatdagi va raqamlashtirish jarayonidagi o‘rnini oshirish, moliyaviy mustaqillikka erishishda yordam berish, elektron tijorat orqali yangi marralar va tadbirkorlik imkoniyatlarini kashf qilish, frilansing orqali pul ishlashning qo‘shimcha usullarini o‘rgatishdir.

Forum 15-iyun Payshanba kuni, Toshkent shahridagi Amity universitetida soat 10:30 da boshlanadi.

💁‍♀ Barcha xotin-qizlar ushbu forumda mutlaqo bepul qatnashishlari mumkin.

🔗 Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/bh2phL9VJd24nTfh7

#digital
#ritm
#forum

📌 Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Website
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
“Бу болаларнинг матонати, шижоати, ҳаётга муҳаббати мени ҳайратга солади” — Саида Мирзиёева

Ангор туманидаги кўзи ожиз болалар учун ихтисослаштирилган «Нурли маскан» мактаб-интернатида Ангор ва Шўрчи туманларидаги кўзи ожиз болалар учун ихтисослаштирилган мактабларнинг 8-11 синф ўқувчилари ўртасида “Заковат” интеллектуал ўйинлари ўтказилди.

Қизғин мунозаралар, кўтаринки руҳ, самимий ҳис-ҳаяжон тўла жамоалар беллашувларини Президент Администрацияси Ижро этувчи аппаратининг Коммуникациялар ва ахборот сиёсати бўйича шўъба мудири Саида Мирзиёева ҳам кузатиб борди.

“Брейн-ринг иштирокчилари орасида «Кўнгил кўзи» хайрия лойиҳаси доирасида кўзига жарроҳлик амалиёти ўтказилган ва натижада кўриш қобилияти яхшиланган болалар ҳам бор экан. Уларнинг учрашувдан, ўйин завқидан порлаётган кўзларини кўриб, бирга қувондим”, деб ёзади Саида Мирзиёева.

🌐 https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo