Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.9K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ishtirokchilar_fikri

Firudin Gurbanov: “Ta’lim davlatning kelajagini belgilab beradi”


- Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ta’limning alohida xususiyati mavjud boʻlib, u har bir davlatning kelajagini belgilab beradi.

Ta’lim bilan biz yoshlarimizni shakllantiramiz, aynan shu orqali inson kapitali yaratiladi.

Mamlakatlarimizning tarixi, tili, madaniyati, an’analari mushtarak, bizning asosiy maqsadimiz, bu oʻxshashlikni asrash va yanada kuchaytirishdan iborat.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
👍1👎1
#Kun_hikmati

Zaif odamlar butun hayoti davomida boshqalardan kam bo‘lmaslikka harakat qilishadi. Kuchlilar esa har qanday holatda ham eng yaxshisi bo‘lishga.

Boris Akunin

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍4
#live

❗️Ayni vaqtda Xiva shahrida o‘tkazilayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasining dastlabki, yozma ish bosqichini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Sinov jarayonlari birozdan so‘ng boshlanadi.

📍Olimpiada jarayonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri biz bilan kuzating.

👉 Jonli efir


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
14-июнь - Халқаро блогерлар куни билан барча фаол, жонкуяр блогерларимизни табриклаймиз!

Телеграм
👍5👎1🔥1
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Sho'rchi tumanidagi 71-sonli umumta'lim maktabi ta'mirtalab ahvolda ekani va mas'ullar ushbu masalaga e'tibor qaratishi yuzasidan tarqalgan xabar bo'yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Shoʼrchi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining bergan ma'lumotlariga ko'ra, tumanning “Elbayon” shaharchasida joylashgan 71-sonli umumtaʼlim maktabiga 2020-yilda alohida maktab maqomi berilgan boʼlib, bu vaqtgacha 5-sonli umumtaʼlim maktabining filiali sifatida faoliyat yuritib kelgan. 5-sonli umumtaʼlim maktabining boshlangʼich sinf oʼquvchilari 1948-yilda qurilgan xom gʼishtli oʼquv binolarida tahsil olishgan.

2019-yilda “Obod qishloq” dasturi asosida xom gʼishtli binolarning bittasi buzilib, oʼrnida 180 oʼrinli yangi oʼquv binosi qurilgan.

71-sonli umumtaʼlim maktabi bilan 5-sonli umutaʼlim maktablarining oraliq masofasi 2(ikki) kilometr atrofida. 71-sonli umumtaʼlim maktabining quvvati 180 oʼrinli boʼlsada, 500 nafardan ortiq oʼquvchilar tahsil olayotganligi sababli 1948-yilda xom gʼishtdan qurilgan eski oʼquv binosida 10 ta sinfxonada 200 nafardan ortiq boshlangʼich sinf oʼquvchilariga dars jarayonlari olib borilmoqda.

2023-yilgi “Tashabbusli budjet” loyihasining 1-bosqichida 71-sonli umumta’lim maktabi g’olib bo’lgan va maktabga ajratiladigan 1 milliard 200 million so’m mablag’ evaziga qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.

Qolaversa, 2024-yilgi investitsiya dasturiga ham 71-sonli umumta’lim maktabi uchun qo’shimcha yangi bino qurilishi taklifi berilgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1
#Jonli_efir

🔴 Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ga a’zo mamlakatlar ta’lim vazirlari VII yig’ilishi boshlandi.

👉
Tadbirni jonli efirda kuzating: https://m.youtube.com/watch?v=ths5_XpUnp0

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#fotoreportaj

❗️Xiva shahrida o‘tkazilayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasining dastlabki, yozma ish bosqichi davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Maʼlumki, yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish, ularning aqliy salohiyatlarini rivojlantirish orqali kreativ fikrlaydigan farzandlar etib tarbiyalash maqsadida, Oʼrta maxsus va professional taʼlim muassasalari hamda korxona, tashkilot va muassasalarda “Zakovat” intellektual oʼyini oʼtkazilib kelinmoqda. Аngor tumanida alohida taʼlim ehtiyojlari boʼlgan koʼzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan internat maktabi oʼquvchilari oʼrtasida tashkil etilgan tadbir ularning nechogʼlik bilimga ega ekanligini amalda namyon etdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1
🔴 Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar ta’lim vazirlari VII yig’ilishi bo’lib o’tmoqda

Tadbirni kirish so’zi bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ochib berdi:

- Turkiy davlat tashkilotiga a'zo mamlakatlar o‘rtasidagi bunday uchrashuvlar 2012-yildan buyon doimiy tarzda o‘tkazib kelinmoqda va katta ahamiyatga ega.

Zero, oldimizda turgan masalaga yechimlarni topish, mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish va turkiy olamning ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarish faqatgina hamkorlik orqali amalga oshadi.

⚡️ Shubhasiz, Turkiy svilizatsiyaning yuksalishidagi asosiy yo‘nalish ham ilm-fandir. Bugungi yig‘ilish turkiy davlatlarning ta’lim sohasidagi hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonaman.

Shundan so‘ng, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev so’zga chiqib, O‘zbekistonda ta'limga katta e'tibor qaratilayotganini e'tirof etdi:

- Oxirgi marta TDT Ta'lim vazirlari uchrashuvi Istanbulda bo'lib o'tgandi. Endi esa go'zal Samarqandda uchrashib turibmiz. Biz kecha va bugun uchrashuvlar doirasida Turkiy davlatlar orasida maktabgacha, maktab va oliy ta'lim sohalarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildik.

Kecha Samarqandda joylashgan ta'lim muassasalarida ham bo'ldik. Ularning har biri bizda ulkan taassurot qoldirdi. Birgina Prezident maktablari g'oyasini alohida ta'kidlab o'tish joiz. O'tgan 4 yil davomida bu maktablar ko'rsatayotgan natijalar O'zbekiston ta'lim tizimining naqadar yuqori ko'rsatkichlar qayd etayotganligini ko'rsatib turibdi
.
_____
❗️ Yig‘ilish doirasida ko'p tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga oid loyiha hamda tashabbuslar muhokama qilindi. Unda O'zbekiston tomoni:

✔️Maktabgacha ta'lim sohasida UNESCOning Toshkent deklaratsiyasi ijrosini hamjihatlikda amalga oshirish,

✔️ qardosh maktablar hamkorlik dasturini yanada rivojlantirish,

✔️ Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida Xalqaro Al-Xorazmiy yosh matematiklar olimpiadasini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish bo'yicha takliflar kiritdi.
👍2