Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
52.4K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Сиань шаҳридаги “Шэньси” қароргоҳида Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпин билан музокара ўтказди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел переговоры с Председателем Китайской Народной Республики Си Цзиньпином в резиденции "Шэньси" в городе Сиане.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #muzokaralar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O‘zbekistonda xalqaro standartlar asosida 15 ta maktab qurish bo‘yicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan o‘zaro kelishuvga erishildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga asosan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 2022 — 2024-yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarning sohalar kesimidagi “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.

❗️ Mazkur “Yo‘l xaritasi”ning tegishli bandlariga asosan, mas’ul vazirlik va idoralar oldiga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ko‘magida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida umumta’lim maktablarini xalqaro standartlar asosida rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarini tashkil etish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab berilgan.

Bugun Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishida mazkur loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda YETTB o‘rtasida mazkur loyihalar ijrosiga doir uch tomonlama Texnik yordam berish shartnomasi imzolandi.

Qayd etish lozimki, bu boradagi o‘zaro hamkorlik ishlari 2021-yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida boshlangan edi. Hamkorlik doirasida respublika hududlarida bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklik asosida yangi davlat umumta’lim maktablari faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi, ularga xususiy sheriklar tomonidan xizmat ko‘rsatilishi va ta’mirlanishi hamda bugungi kunda faoliyat yuritayotgan davlat umumta’lim maktablarini rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha binolar qurish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

✔️ Jarayonning dastlabki bosqichi sifatida Yevropa rivojlanish va taraqqiyot banki mutaxassislari tomonidan grant olish va maslahatchilarni yollash bo‘yicha ichki tahlillar o‘tkazildi hamda mamlakatimizning Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi 15 ta maktab loyihaga qamrab olindi. Loyihaning kapital qiymati 55-75 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Олий даражадаги музокаралар якунлангач, икки томонлама ҳужжатларни имзолаш маросими бўлиб ўтди.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпин Қўшма баёнотни имзоладилар ва 2023-2027 йилларга мўлжалланган Ўзбекистон Республикаси билан Хитой Халқ Республикаси ўртасида янги даврдаги ҳар томонлама стратегик шерикликни ривожлантириш дастурини қабул қилдилар.

По завершении переговоров на высшем уровне состоялась церемония подписания двусторонних документов.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Председатель Китайской Народной Республики Си Цзиньпин подписали Совместное заявление и приняли Программу развития всестороннего стратегического партнерства в новую эпоху между Республикой Узбекистан и Китайской Народной Республикой на 2023-2027 годы.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Bandixon_tumani

ZAMONAVIY MAKTAB LIDERNING INSTRUMENTI

  Bugun Bandixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi direktori O'.Abdurahmonov tomonidan maktabning barcha pedagog-xodimlari ishtirokida "Zamonaviy maktab liderining instrumenti" mavzusida seminar-trening mashg'uloti o'tkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube