Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
52.4K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
"Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Xabar berganimizdek, bugun Termiz shahridagi 26-maktabda Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ochiq va shaffof tarzda o‘tgan tanlov yakunlariga ko‘ra natijalar quyidagicha:

1-o‘rin-Termiz shahri
2-o‘rin-Denov tumani
3-o‘rin-Oltinsoy tumani

Tanlov nizomiga ko‘ra viloyat bosqichi g‘oliblariga egallagan o‘rinlari ketma-ketligida 250, 200 va 150 million so‘m pul mukofotlari ajratiladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Kun_hikmati

Kim astoydil istasa — imkoniyat topadi, kim istamasa — sabab axtaradi.

Suqrot, Yunon faylasufi.

☀️ Kuningiz xayrli va fayzli bo‘lsin, azizlar!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Seminar_trening

⚡️ Joriy yilning 17-may kuni Termiz shahridagi prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas'ul xodimi tomonidan Surxondaryo viloyatidagi Ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlariga "Zamonaviy maktab liderining instrumenti" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

" Ushbu seminarni tashkil qilishdan asosiy maqsad, direktorlarga maktablar va jamoani boshqarishda liderlik faoliyatini olib borishni yo‘lga qo‘yish hamda jamoaning fikrini qo‘llagan holda rejalarni amalga oshirish kerakligini tushuntirishdan iborat.

Shu bilan birga, seminarda maktab direktorlari uch chorak davomida birinchi marta qo'llanilgan BSB va ChSB sinovlarining tahlilini ham birgalikda o'rgandilar va yangi o'quv yilida yangi strategik rejalarni amalga oshirishni asosiy vazifa qilib belgilab oldilar.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🔹 DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARI UCHUN NAVBATDAGI "SIYOSIY-MA'RIFAT SOATI" BO'LIB O'TDI

◾️ Mazkur oʼquvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda Youtubedagi sahifasida ushbu havola https://youtu.be/u34695WY5k0 orqali tomosha qilishingiz mumkin.

⚡️ Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli oʼtsin!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube