Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
61.5K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
O`QUVCHILAR HARBIY QISM BILAN YAQINDAN TANISHTIRILDI

Kuni kecha Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh o`quvchilari ishtirokida tuman hududida joylashgan harbiy qismlarning birida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o`tkazildi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda chaqiriqqa tayyorlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbir davomida o`quvchi yoshlar harbiy xizmatchilar uchun manzilda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Qurolli kuchlarimizning qudrati va salohiyatini o`zida yaqqol namoyon qilgan mazkur harbiy qismdagi qurol-aslahalar, kutubxona, mo`jazgina muzey hamda madaniyat markazi ham yoshlarning e`tiboridan chetda qolmadi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boringi
👉
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Termiz shahrida “Yosh chegarachilar” sport bellashuvining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boringi
👉
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🔰 Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuchga kirdi.

"O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni tarixda ilk bor 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi.

▶️ Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Германия Федерал Президенти Франк-Вальтер Штайнмайернинг таклифига биноан ташриф билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Федерального Президента Германии Франка-Вальтера Штайнмайера отбыл в эту страну с визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Germaniya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O`QUVCHILAR KASB-HUNAR MAKTABI BILAN TANISHISHDI

Bugun Sho`rchi tumanidagi 3-son kasb-hunar maktabida “Kasblar festivali” doirasida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi.

Umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunarga jalb qilish, mavjud yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda 3-son kasb-hunar maktabining Avtomobil dvigatellarini tashxislash, raqamli axborotlarni qayta ishlash, tikuvchilik guruhlari o‘quvchilari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Maʼlumot o‘rnida, 3-son kasb hunar maktabida Avtomobil dvigatellarini tashxislash va taʼmirlash, Avtomobil elektr va elektron jihozlariga xizmat ko‘rsatish, raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi, tikuvchilik kabi jami 5 ta yo‘nalish mavjud

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boringi
👉
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Bugun Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi

Pedagog xodim maqomini belgilash, ularning obro‘sini yana-da yuqori ko‘tarish, shaʼni va qadr qimmatini himoya qilish maqsadida Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur qonun loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar, taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan pedagog xodimlarning taklif va istaklari, shuningdek jamoatchilik muhokamasi doirasida kelib tushgan takliflar asosida qayta ishlanib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Loyiha Vazirlar Mahkamasi Rayosati qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim qilingan bo‘lib, joriy yilning 2-may kuni Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qonun loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tishi hamda birinchi o‘qishda qabul qilinishi kutilmoqda.

Mazkur qonun loyihasida pedagog hodimlarning huquq va majburiyatlari, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda ularning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishi to‘g‘risidagi normalar belgilanmoqda.

Oliy majlis qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2023-yil 2-may kuni soat 15:00da Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, youtubedagi kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
⚡️RASMIY MUNOSABAT

Facebook ijtimoiy tarmog‘iga Sardor Jalilov nomli sahifa egasi tomonidan joylangan "Сурхондарё вилояти Ангор тумани Кузи Ожизлар мактабидаги тунги энага Шойира Ганиевадан мурожаат" sarlavhasi ostidagi murojaat yuzasidan shuni ma'lum qilamizki:

Hozirda ushbu holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o'rganish olib borilmoqda.

O'rganish natijalari bo'yicha batafsil ma'lumot beriladi.

🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boringi
👉
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
TerDUda kimyo, biologiya va fizika fanlaridan olimpiadaning unversitet bosqichi bo’lib o’tdi

🏛Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakultetida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlaridan olimpiadaning universitet bosqichi o'tkazilib, unda 79 nafar o‘quvchilar g‘oliblik uchun bellashishdi.

❇️Yozma ish va laboratoriya ishi bosqichlarida o‘tkazilgan ushbu olimpiadada fizika, kimyo va biologiya fanlaridan g‘oliblar saralab olindi hamda diplom va esdalik sovg‘alari bian taqdirlanishdi. 

Ushbu olimpiadani o‘tkazishdan maqsad, aniq  va tabiiy fanlarga qiziquvchi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni oliy ta’limga saralab olishdan iboratdir.

👀 Bizni kuzatishda davom eting!
—————————————————
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt