Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62.5K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.9K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
🔰 MAKTABLARDA IJTIMOIY-MA'NAVIY MUHITNI YAXSHILASH BO'YICHA O'QUV-SEMINARI O'TKAZILDI

Bugun Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Mamadiyev tomonidan Angor tumanidagi barcha umumta'lim maktablarining Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari, ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchilar hamda maktablar psixologlari uchun umumta'lim maktablarida ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada yaxshilash bo'yicha o'quv-seminari o'tkazildi.

❗️ Seminarda tumandagi umumta'lim maktablarida ijtimoiy-ma'naviy muhitni hamda maktab jamoasi o'rtasida o'zaro munosabatlarni yaxshilash, o'quvchilarning davomati va odob-axloq qoidalariga rioya etishlarini nazoratga olish, o'quvchilar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik profilaktikasi hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, shuningdek, o'quvchilarni oliy ta'lim muassasalariga kirish ko'rsatkichlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mas'ullarga aniq ko'rsatmalar berildi hamda taklif-mulohazalar tinglandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boringi 👉
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Xalqaro Biologiya olimpiadasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoa a’zolari aniq bo’ldi

Xalqaro Biologiya olimpiadasi (IBO-2023)da O‘zbekiston terma jamoasida ishtirok etuvchi o‘quvchilar aniqlandi.

1️⃣Bexruz Tursunov
-Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 274-maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
2️⃣G‘olibjon Sharifov - Buxoro viloyati, Kogon tumani, 3-maktab, 10-sinf o‘quvchisi;
3️⃣Muhammadibrohim Egamberdiyev - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi, 2-kurs o‘quvchisi;
4️⃣Mehrangiz Ahtamova - Navoiy shahridagi Prezident maktabi, 10-sinf o‘quvchisi;

Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO-2023) joriy yilning 3-11-iyul kunlari Birlashgan Arab Amirligi davlatida bo‘lib o‘tadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
#xalqaro_hamkorlik🇺🇿🇰🇷

🤝Maktabgacha ta'lim agentligida Koreya-O'zbekiston Biznes Assotsiatsiyasi rahbariyati va Koreyaning "EdulinkGlobal" kompaniyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2461
_____________________________

#международное_сотрудничество🇺🇿🇰🇷

🤝В Агентстве дошкольного образования прошла встреча с руководством Корейско-Узбекской Бизнес Ассоциации и корейской компанией "EdulinkGlobal"

📌Подробнее: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2461

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Kun_hikmati

🌅 Bolalar uch jihati bilan kattalarga saboq berishga qodir: u har doim quvnoq, u hamisha nima bilandir mashg‘ul va u o‘zi istagan narsaga erishishning albatta yo‘lini topadi!

Mark Tven

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boringi
👉
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Maktabda taʼlim berayotgan erkak pedagoglar soni so‘nggi 5 yilda qariyb 28 ming nafarga oshgan

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilida respublika bo‘yicha umumtaʼlim muassasalarida taʼlim berayotgan pedagoglar soni (o‘rindoshlarsiz) 521,6 ming nafarni tashkil etgan.

Shundan 159,9 ming nafari yoki jamiga nisbatan 30,7 fozini erkak pedagoglar tashkil etgan.

2022/2023 o‘quv yilida 2018/2019 o‘quv yiliga nisbatan erkak pedagoglar soni 27,8 ming nafarga yoki 21,0 foizga ko‘paygan.

👉 https://t.iss.one/+g_uVfal6mXIxNTVi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Farzand tarbiyasida ota-onaning, ayniqsa, otalarning o‘rni kattadir. Shu sabab davlatimiz rahbari joriy yilning mart oyida viloyatimizga qilgan tashriflarida haftaning shanba va yakshanba kunlari Surxondaryo tajribasi sifatida “Otalar qabul kuni” bo‘lishini, unda har bir xonadon egasi o‘z farzandlariga alohida eʼtibor ko‘rsatishi kerakligi masʼullarga topshiriq sifatida berilgan edi. Ushbu jarayonga nuroniy bobo va buvilar ham masʼul ekanligi alohida taʼkidlandi. Topshiriq ijrosi yuzasidan vohamizdagi barcha maktablarda haftaning har shanba, yakshanba kunlari “Otalar qabul kuni” o‘tkazib kelinmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boringi
👉
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
BOLALARNING ISTE`DODI OCHIQ MASHG`ULOTDA NAMOYON BO`LDI

O`zaro tajriba almashish, yangidan-yangi metodlarni ta`lim jarayonlariga tadbiq etish maqsadida hududlardagi maktabgacha ta`lim tashkilotlarida muntazam ochiq mashg`ulotlar o`tkazib kelinmoqda. Ana shunday mashg`ulotlarning navbatdagisi 1-may kuni Sariosiyo tumanidagi 1-sonli davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida o`tkazildi. Mashg`ulotda tumandagi maktabgacha ta`lim tashkilotlari direktorlari, tarbiyachilar va ota-onalar qatnashishdi.

Ochiq va samimiy ruhda kechgan mashg`ulot davomida tarbiyalanuvchilarning intellektual salohiyatini oshirish, iste`dodlarini ro`yobga chiqarish maqsadida turli metodlar qo`llandi va bolajonlar o`z faolliklarini namoyon etishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boringi
👉
Telegram | Facebook | Instagram | You tube