Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
33.8K subscribers
30.9K photos
2.96K videos
96 files
9.97K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
#Diqqat #Tarqating

❗️ Ota-onalar diqqatiga: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida har qanday tadbirlar uchun pul yig‘ish qat’iyan man etiladi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’mirlash, turli tadbirlar (xayr bog‘cha) va bayramlar uchun pul yig‘ish qat’iyan man etiladi!

☝️Agar Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mablag‘ yig‘ish bilan bog‘liq holatlardan xabardor bo‘lsangiz, (71)-207-04-07 ishonch telefoniga murojaat qiling.
____________________________________

#Внимание #Распространите

❗️ Вниманию родителей: В дошкольных образовательных организациях категорически запрещено собирать деньги на любые мероприятия

В дошкольных образовательных организациях категорически запрещается собирать деньги на ремонт, различные мероприятия (прощай, детский сад) и праздники!

☝️Если вам известны случаи, связанные со сбором средств в дошкольных образовательных организациях, позвоните на горячую линию (71)-207-04-07

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Diqqat_Tanlov

📚📚📚Surxondaryoda joriy yilning sentabr oyida "Kitobxonlik festivali"o'tkazilishi  munosabati bilan kitobxonlik tanlovlari o'tkazilmoqda,

📖📖📖Jumladan📖📖📖
"Eng kitobxon maktab",
"Eng faol kitobxon o'quvchi", "Eng kitobxon oila", "Ijodkor bolalar", "Eng faol kutubxonachi",
tanlovlari o'tkazilmoqda,

📝📝📝Hurmatli kitobxon yoshlar qadrli vohamiz ahli barchangizni tanlovlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

💻💻🖥
Tanlovlarda ishtirok etib qimmatbaho sovg'alarga ega bo'ling!

Tanlovlarda ishtirok etish uchun ta'lim olayotgan maktabingiz kutubxonasiga tashrif buyuring!!!

Ma'lumot olish uchun👇👇👇
@Sheyh_zoda

#Surxondaryo viloyat  bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

📱Telegram🎞You tube📱Facebook📹Instagram 🌐Web site
#Diqqat

1-kurs talabalari diqqatiga: yotoqxonaga joylashish uchun DXM yoki my.gov.uz orqali murojaat qilish mumkin

Hukumat qarori bilan Davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan.

Shunga koʻra, yangi joriy qilingan davlat xizmati bu yil davlat OTMga o‘qishga kirgan talabalarga Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali bepul elektron tarzda ariza yuborgan holda yotoqxonaga joylashish imkonini beradi. Arizalar 23 avgustdan qabul qilinadi.

Talabalar yotoqxonasiga joylashish uchun taqdim etilgan yo‘llanma 10 kunga amal qiladi. Shuningdek, ayrim toifadagi talabalar yotoqxonaga ustuvorlik asosida qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish an’anaviy tarzda amalga oshiriladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#diqqat_eʻlon
#ishga_taklif
#shartnoma_asosida

❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida “Сambridge University Press & Assessment” tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv-metodik adabiyotlarni mahalliylashtirish jarayoni davom etmoqda

⚡️AGENTLIK TARJIMONLAR VA KIMYO, BIOLOGIYA, FIZIKA FANLARI BO‘YICHA MUTAXASSISLAR TANLOVINI EʼLON QILADI

📝NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
oliy ma’lumot, yuqori malaka hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.

NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
Yangiliklarni qabul qilishda ochiqlik, kreativ fikrlash.

🗂 TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR:
shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka).

📭 Hujjatlarni [email protected] elektron pochtasiga yuborishingiz lozim.

📆 HUJJATLAR 2023-YIL 29-SENTABRGA QADAR QABUL QILINADI.

☎️ Murojaat uchun: (71) 207 20 17 (ichki raqam 271)

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_yoʻlovchi
#Angor_tumani

"
Diqqat, bolalar!" targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

🏫 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2023-yil 27-oktabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi PQ-316-sonli qarori ijrosi yuzasidan "Diqqat, yo‘lovchi!, Diqqat, bolalar!" nomli profilaktik tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risida"gi rejasiga asosan Angor tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

🚦Targ‘ibot tadbirlarida o‘quvchi-yoshlarga yo‘l belgilar va boshqa yo‘l jihozlari haqida, aynan piyodalarga oid qoidalar hamda yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha zaruriy tushunchalar berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

10-noyabr kuni respublika bo‘ylab “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida Ma’naviyat marafoni o‘tkaziladi.

Marafon doirasida “Baxtli bolalik”, “Kitob - bilim bulog‘i”, “Mahorat darsi”, “Kasb-hunar olimpiadasi”, “Kasbim - faxrim”, “Yashil kelajak”, futbol bo‘yicha “Ma’naviyat va ma’rifat markazi kubogi”, “Inson qadri”, “Yetakchi ekspress”, “Sport - tinchlik elchisi” kabi mavzularda 11 ta aksiya, ko‘rgazmali tanlovlar, kitob yarmarkalari, badiiy- adabiy kechalar, sport musobaqalari hamda konsert dasturlari o‘tkaziladi.

Loyihaninig asosiy maqsadi bugungi globallashuv davrida yoshlarning ta’lim-tarbiyasini tizimli yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan madaniy hordiq dasturlarini joriy etish orqali bolalar va yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi g'oyaviy tahdidlarga qarshi immunitet shakllantirish hamda ilm-fan va ma’rifatga qiziqtirishdan iborat.

Farzandlar tarbiyasi, jamiyat istiqboli hamda yurt taqdiriga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizni marafonda kutib qolamiz!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

Firibgarlardan ogoh bo‘ling!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube I Twitter
#diqqat
#befarq_boʻlmang

‼️Agarda telegramda oʻzingizni tanishlaringizdan ham shunday xabar va fayl kelsa ochmang.

Bunday fayllar virus xabar boʻlib akkauntingizni buzib kirishgacha boʻlgan ishlarni amalga oshirishlari mumkin.

"exe" nomli fayllar oʻrnatiluvchi fayl boʻlib, uni ochsangiz moslamangizga oʻrnashib olib, sizning oʻrningizga barcha amalni bajarishi mumkin. Pul yechish, akkauntni buzib kirish va hk.

Ehtiyot boʻling va barcha tanishlaringizni ogohlantiring!!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat
#Zakovat

🗣Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi barcha umumta'lim maktablarining 9-11- sinf o‘quvchilari o‘rtasida Surxondaryo viloyati prokurori kubogi uchun "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tadi

☑️Musobaqa 3 bosqichda:

maktab(22-24-yanvar);

sektor va final(25-30-yanvar) bosqichlari asosida o‘tkaziladi.

🎁Final bosqichida g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin - jamoaning har bir a‘zosiga televizor;

🥈2-o‘rin - jamoaning har bir a'zosiga pech;

🥉3-o‘rin - jamoaning har bir a'zosiga elektron choynak.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
#Diqqat_tanlov

“Tabiat inʻomlari” respublika onlayn tanloviga start berildi!

Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Tabiat inʻomlari” respublika videoroliklar tanlovini e'lon qiladi!

Tanlovning maqsadi suv va energiya resurslaridan samarali foydalanishni targ‘ib qilish, tabiat in’om etgan boyliklarga nisbatan tejamkorlik mas’uliyatini oshirish, atrof-muhitni asrashga qaratilgan g‘oyaviy immunitetni shakllantirishdan iborat.

⚠️Tanlov shartlariga ko'ra suv va energiyani tejashga bagʻishlangan videorolik tayyorlab, uni @Tabiatnavolari telegram manziliga yuborish zarur.

Tanlov 10-fevral kuni soat 18.00 ga qadar davom etadi.

🎁Tanlov gʻoliblari Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tomonidan maxsus diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

➡️Tanlovda respublikamizning barcha ta’lim muassasalaridagi 2-4-sinf oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Gʻoliblar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining telegram kanalida eʻlon qilinadi!

Aziz oʻquvchilar!

Tanlovda faol ishtirok eting hamda mahoratingizni namoyon qiling. Barchangizga omad yor boʻlsin!

Tanlov nizomi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM