Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
52.4K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Prezident_maktablari_metodikasini_oʻrganamiz
#Seminar_trening
#Ikkinchi_kun
#LIVE

🔴 Ayni damda Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida joylashgan jami 14 ta Prezident maktablarida matematika va ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun seminar-treninglarning 2-kuni bo‘lib o‘tmoqda.

📷 Suratlarda Nukus, Termiz, Samarqand, Farg'ona, Buxoro, Jizzax va Toshkent shaharlaridagi jarayonlar aks etgan.

#Matematika #Ingliz_tili

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#ikkinchi_kun
#Surxondaryo

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Maʼlum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Bugun Sherobod, Muzrobod, Angor tuman hamda Termiz shahar 1- va 2-son ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda zamonaviy va kreativ usullarda olib borilayotgan dars jarayonlari kuzatildi.

O‘quvchilar bilan bo‘lgan muloqotda Agentlik direktori yoshlarning orzu-istaklari bilan qiziqdi, kelajak sari aniq maqsadlarni qo‘yib, bu yo‘lda dadil harakat qilayotgan oʻg’il-qizlar kelajagimiz tayanchi ekanligini taʻkidladi.

Shundan so’ng, Termiz shahridagi Prezident maktabida Agentlikning viloyatdagi maktab va maktab-internatlari direktorlari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda maktablarni o‘rganishlar davomida ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Shuningdek, Agentlik direktori ta’lim tizimida amaliyotda qo‘llanilishi muhim bo‘lgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Shu o‘rinda xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, sport o‘yinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube