Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
57.6K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
📢 Maktab o’quvchilari uchun e’lon

👨‍👨‍👦‍👦“Besh tashabbus olimpiadasi” shu vaqtga qadar faqat mahalla yoshlari o’rtasida o’tkazilar edi…

📅Joriy yil #ikkinchi mavsumidan boshlab, #maktab_oʻquvchilari oʻrtasida ham olimpiada o’tkazilishini e’lon qilamiz.

👫Endi maktab oʻquvchilari 9 ta loyihada, #jumladan 7 sport turlari va 2 ta tanlovlarda ishtirok etishi mumkin.

📰Loyihalar bilan ushbu taqdimotda batafsil tanishishingiz mumkin.

❗️Ha aytgancha olimpiada doirasidagi loyihalarda ishtirok etish uchun #5tashabbus_uz saytidan elektron ro’yxatdan o’tishni esingizdan chiqarmang, aks holda loyihalarda to’g’ridan-to’g’ri borib ishtirok etolmaysiz.

🤝Olimpiadada ko’rishguncha Aziz o’quvchi-yoshlar.

@beshtashabbus_uz

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Zakovat
#maktab_bosqichi

🖐 Maktab o'quvchilari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" 2-mavsumiga start berildi

⚡️Surxondaryo viloyatining barcha umumta'lim maktablarida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2-mavsumi doirasida "Zakovat", "Yengil atletika", "Quvnoq startlar" intellektual o'yinlar va sport musobaqalari o'tkazildi.

⚡️Termiz shahrida joylashgan 26-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2-mavsumi doirasida "Zakovat", "Yengil atletika", "Quvnoq startlar" intellektual o'yinlar va sport musobaqalari bo'lib o'tdi va g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar va yoshlar, tuman (shahar) bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Maktab_bosqichi

Viloyatning Sherobod, Termiz, Sariosiyo, Denov va Uzun tumanlarida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi tanlov va musobaqalar yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Maktab_bosqichi

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va
maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Maktab_bosqichi

Sherobod va Sho‘rchi tumanlarida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi tanlov va musobaqalar davom etmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi 4-sonli Oilaviy poliklinikaning Xo‘jaqiya filialida bo‘lib, “Surxondaryo tajribasi”ni namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlari bilan tanishdi.

Shuningdek, 10-sonli maktabda tarbiyasi og‘ir, profilaktik hisobga olingan o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1759

#Surxondaryo #Surxondaryotajribasi #tibbiyot #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumaniga tashrif buyurib, tibbiyot, madaniyat, ma’naviyat, mahalla va maktablarda bo‘ldi. Aholi salomatligini ta’minlash, madaniyat sohasidagi ishlar, “Ma’naviyat sektori”ning tashkil etilishi, mahalla “yettiligi” faoliyati hamda maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonlarining borishi bilan tanishildi.

Dori-darmonlarni buyurtma berishdan toki bemorga yetib borishigacha bo‘lgan tizimni to‘liq isloh qilish, kamchiliklarni bartaraf etish, bunda fuqarolarga berilishi kerak bo‘lgan dorilarni yetkazib bermaganlar mas’ullarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/uz/blog/1823

#Surxondaryo #tibbiyot #manaviyat #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha hududiy Kengash raisi, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida maktab ta’limi sohasini rivojlantirishdagi mavjud muammolar, yo‘l qo‘yilgan xatolar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan videoselektor o‘tkazildi.

Unda hududlardagi o‘rganish natijalari tahlil qilindi. Ayrim maktablarda ta’lim-tarbiya ishlari to‘g‘ri tashkil qilinmaganligi, “Otalar yig‘ilishi” va “Otalar qabul kuni” kabi tadbirlar nomiga o‘tkazilib, o‘quvchilar ta’limiga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganligi qayd etildi.

Mas’ullarga o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini olib borish, darslarga munatazam qatnashmayotgan o‘quvchilarni mashg‘ulotlarga jalb qilish, ta’lim sifati past bo‘lgan maktablarda seminarlar o‘tkazish hamda “Otalar yig‘ilishi” va “Otalar qabul kuni” tadbirlarini sinflar kesimida tashkil etish vazifasi topshirildi.

Shuningdek, maktab va bog‘chalarda autsorsing xizmati ko‘rsatish borasidagi xato va kamchiliklarni barataf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1875

#Surxondaryo #maktab #talim #tarbiya

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq Muzrabot tumanida bo‘lib, ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida mahalla “yettiligi”, maktabgacha ta’lim, maktab va oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishildi. Ta’lim maskanlari uchun sport anjomlari, tibbiyot muassasalari uchun tibbiy jihozlar topshirildi.

Shuninglek, tuman sektor rahbarlarining taqdimotlari bilan tanishilib, “ZOOM” platformasi orqali hududlarda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog//1915

#Surxondaryo #ijtimoiysoha #sport #maktab #bogcha #tibbiyot #jihozlar #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter