📊Moliyaviy masalalar yuzasidan yig'ilish o'tkazildi📍Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda yig‘ilish o‘tkazildi. Unda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
Bekzod Tashpulatov, viloyat prokuraturasi mas'ul xodimi
Ulug‘bek Ergashev, tuman, shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limlari bosh hisobchilari va boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.
⚡️Yig‘ilishda budjet mablag‘larining to‘g‘ri sarflanishi, oylik ish haqlarining vaqtida to‘lanishi va noqonuniy ushlanmalarga yo‘l qo‘ymaslik mavzularida so‘z bordi.
✔️Bu borada amalga oshirilishi lozim bo'lgan profilaktik ishlar yuzasidan yig'ilganlarga tushuntirish berildi va kelgusidagi chora-tadbirlar belgilandi.#yigilish #hisobchilar #budjetTelegram |
Facebook |
Instagram |
You tube |
Twitter |
Veb-sayt