SURXONDARYO KADASTR
1.86K subscribers
18.9K photos
2.31K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#kadastr #xizmat #maydon #uy

🏠🏢 Қурилиши (реконструкцияси) тугалланган бино ва иншоотларни фойдаланишга қабул қилиш хизматидан онлайн фойдаланинг.

‼️Якка тартибдаги уй-жой қуриш объекти учун.

Хизмат Ягона интерактив давлат хизматлари портали my.gov.uz орқали амалга оширилади.

👇👇👇👇👇👇👇👇
Қурилиши (реконструкцияси) тугалланган Якка тартибдаги уй-жойни фойдаланишга қабул қилиш учун онлайн ариза бериш

Telegram Instagram YouTube Facebook
▫️Hududlar bo'yicha eng ko'p Farg'onadan uy-joy olinadimi?!▫️

🏬Ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olishga qaysi hudud aholisida imkoniyatlar yuqori ekanligini spot.uz tahlil qildi.

🔹Respublika boʻyicha ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilishga layoqatli aholi ulushi 26% ni tashkil etmoqda.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Toshkent shahri va viloyatlar markazlari kesimidagi oʻrtacha uy-joy narxlari asosida ikkilamchi bozorda uy-joy xarid qilish uchun ipoteka krediti olishga (subsidiyasiz) layoqatli aholi ulushini hisoblab chiqdi.

🔹Uy-joy xarid qilishda ipoteka krediti olishga layoqatli aholi ulushini hisoblashda 62 kv.m maydonli uyni xarid qilishda oila daromadining ipoteka kreditiga yoʻnaltiradigan qismi 50% gacha, kredit muddati 20 yil va boshlangʻich toʻlov badali 30% deb hisoblangan.

Samarqandda (13%),
Namangan (19%) viloyatlari
va Toshkent (15%) shahrida uy-joy narxlarining balandligi tufayli ipoteka asosida uy-joy sotib olishga imkoniyati bor xonadonlar ulushi past.

Joriy narxlarni hisobga olganda
Fargʻona (35%),
Qoraqalpogʻiston (33%)
va Navoiyda (32,9%) ipoteka shartlari asosida uy-joy xarid qilish imkoniyati boshqa hududlarga nisbatan yuqori.

🔹Hisob-kitoblarga koʻra, respublika boʻyicha ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilishga layoqatli aholi ulushi 26% ni tashkil etmoqda.

🔹Umuman olganda, 2021-yil yanvar-noyabr oylarida jismoniy shaxslarga ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 8 trln soʻmni tashkil etdi. Bunda, yangi tartib asosida ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan resurslar hajmi 3 barobarga oshib, 3,9 trln soʻmga yetdi (2020-yilda 1,3 trln soʻm).

#DavKadastrPalata #uy_joy #ipoteka

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |