SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
19K photos
2.32K videos
22 files
11.4K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
🫥 Navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.

💠 Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda ⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari xodimlari ham ishtirok etishdi.

➡️ Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonun_937 #xatlov

🇺🇿 O'RQ-937-sonli Qonun ijrosi bo'yicha xatlov jarayonlari o'rganilmoqda

⭐️ Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi tizimida Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida  viloyatning barcha shahar va tumanlari bo'ylab xatlov ishlari davom etmoqda. 

💠 Shu kunlarda Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo'lib turgan 🌟Davlat kadastrlari palatasi Xatlov natijalarini tahlil qilish boʻlimi boshligʻi A. Keldiyev,  boshqarmaning 15 ta tuman, shahar filiallarida bo‘lib, O‘RQ-937-son Qonun ijrosi yuzasidan olib borilayotgan xatlov ishlari bilan tanishmoqdalar.

💠 O'rganishlar yakunida xatlov ishlarini sifatli tashkil etish va jadallashtirish yuzasidan yig'ilish o'tkazilib, tuman filial rahbarlariga, filial bosh muhandislariga hamda kadastr muhandislariga xatlov natijalarini elektron dasturga kiritilishi, har bir masʼullarning funksional vazifalari, ko‘chmas mulklarning atributiv maʼlumotlarni to‘g‘ri kiritish va sifatli maʼlumotlarni shakllantirish lozimligi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

💠 Shuningdek,  fuqarolar bilan muloqot qilganda xushmuomala bo'lish, o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishi, xizmat vazifasini suiiste'mol qilmasligi yuzasidan mas’ullarga kerakli topshiriq hamda tavsiyalar berildi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – DAVR TALABI

⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi mutaxassislari tomonidan 📍 Qiziriq tumani filialida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

📃 Unda dastlab xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son qonuni, Vazirlar Mahkamasining 829-son qarori hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son qonuni mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

◼️Shuningdek, “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonun ijrosini amalga oshirish jarayonida korrupsiya, poraxo‘rlik, firibgarlik, tamagirlik, manfaatlar to‘qnashuvi kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berilib, xodimlar ogohlikka chaqirildi.

💬 Bu kabi profilaktik tadbirlar boshqarmaning boshqa tuman filiallarida ham olib borilmoqda.

#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Video_qollanma #Foydali
#Auksion #Yer_uchastkalari

⚡️Auksionda yer olish uchun birinchi qadam!

⚖️ Auksionda qatnashib yer olmoqchisiz, biroq mazkur platformadan qanday foydalanishni bilmayapsizmi ?

Yuqoridagi videoda E-AUKSION onlayn platformasida ro‘yxatdan o‘tishda bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar ketma-ketligi keltirilgan. Bu esa eng birinchi qadamdir!

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #tayinlov #tabrik
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi ⭐️Kadastr agentligi 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Yuridik sho'ba bosh yuriskonsulti lavozimiga Xushbakov Baxtiyor Yuldashevich tayinlandi.

Baxtiyor Yuldashevich – 1976-yilda Surxondaryo viloyati, Termiz tumanida tug‘ilgan. 2002 yil – O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Ma'lumoti bo'yicha huquqshunos.

👨‍💼Tayinlovga qadar Termiz davlat Muhandislik va Agrotexnologiyalar universiteti yuriskonsulti lavozimida faoliyat yuritgan.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo boshqarmasi jamoasi B.Xushbakovni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 SARHISOB

2024-yil davomida Yer va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Bilishingiz
muhim

🌟Kadastr raqami qanday ma'nolarni anglatadi?

🫥 Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:
АА : ВВ : СС : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH bunda:

◼️ АА - viloyat raqami;
◼️ ВВ – tuman yoki shahar kod raqami;
◼️ СС - kadastr zonasi raqami;
◼️ DD - kadastr massivi raqami;
◼️ ЕЕ - kadastr mavzesi raqami;
◼️ FFFF - yer uchastkasi raqami;
◼️ GGGG - bino, inshoot raqami;
◼️ ННН - bino, inshootlar bir qismi raqami.

Eslatma

❗️Yer uchastkasiga, bino, inshootga egalik qilish huquqlarining boshqa qonuniy huquq egasiga o‘tishi va (yoki) huquq turining o‘zgarishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida mazkur yer uchastkasi, bino, inshootning kadastr raqami o‘zgartirilmaydi.

#Surxonkadastr #bilishingiz_muhim

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📃 Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uydan chiqmagan holda my.gov.uz portali orqali ariza berish tartibini bilib oling.

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

1️⃣ Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;

2️⃣ Ushbu xizmat kompozit tarzda ko‘rsatiladi;

3️⃣ Vakolatli organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va YIDXP orqali elektron shaklda talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

4️⃣ Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi;

5️⃣Ariza beruvchi to‘lovlarni amalga oshiradi;

6️⃣Vakolatli organ kadastr pasportini shaklantiradi va YIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko'rsatish muddati:

🔡) kadastr pasportini shakllantirish

🌟Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🟢umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
🟢ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

🔡) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

🟢2 ish kunigacha.

🪙 Xizmat narxi: Ko'chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlari

▶️ Xizmatdan foydalanish 👇

#onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

🌟Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalariga 2025 yil 10-17 yanvar kunlari oralig‘ida kelib tushgan murojaatlar tahlili

✉️ Jami kelib tushgan murojaatlar soni – 135 ta

🔴Yer maydoni ajratish bo‘yicha 13 ta

🔴Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 23 ta

🔴Mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 16 ta

🔴 Nizoli holatlar bo‘yicha 17 ta

🔴So‘rovnomalar 28 ta

🔴Boshqa masalalar bo`yicha 38 ta

📚Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 135 ta murojaatdan 27 ta ijobiy hal qilingan, 59 ta jarayonda, 49 ta huquqiy tushuncha berilgan, 76 ta murojaat muddatida yopilgan .

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM