SURXONDARYO KADASTR
1.87K subscribers
18.7K photos
2.27K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
OCHIQLIK VA SHAFFOFLIK KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING ENG MUHIM SHARTI

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i ⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi mutaxassislari hamda hududiy bo'lim va filial rahbarlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig’ilish o‘tkazildi.

💠 Yig‘ilishda, bo‘lim va filial xodimlariga O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq hamda Davlat kadastrlari palatasi raisining “Ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi uslubiy qo‘llanmani tasdiqlash haqida”gi buyrug'i talablari ijrosini ta'minlash maqsadida xatlov jarayonlarida korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik yuzasidan tushunchalar berdilar.

💠 Jumladan O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 24 noyabrda Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi O‘RQ-419-son qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi 829-son qarori atroflicha tushuntirildi.

💠Tadbir so‘ngida korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoyatchilikning oldini olish, shuningdek, sohada firibgarlik va tamagirlik omillarini butunlay yo‘qotish, jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablari yuzasidan qatnashchilarga aniq faktlar va misollar asosida kerakli tushuntirishlar berib o‘tildi.

Eslatma: ‼️ Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering. Mazkur Qonunning adolatli va samarali ijro etilishi barchamizga birdek bog‘liq ekanligini yoddan chiqarmaylik.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗺 SURXONDARYODA XATLOV JARAYONLARI

🗓 8-noyabrdan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirganidan xabaringiz bor.

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida xatlov jarayonlari o'tkazilmoqda.

➡️Suratlarda: 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sherobod tuman filliali xodimlari ishtirokida "Doʻstlik” MFY mahallasida xatlov jarayonlari.

🗣Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🏠Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

🖌Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

👨‍💼Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🟡ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🟡yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🟦umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🟦umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🟦umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🟦umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🟦umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🟦umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

💰 Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

❗️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from SURXONDARYO KADASTR
#Kadastr_manzillari #Surxondaryo_viloyati

🗺 Surxondaryo viloyatida joylashgan kadastr idoralarining manzillari:

📍 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari

🗺 Angor tumani
🗺 Bandixon tumani
🗺 Boysun tumani
🗺 Denov tumani
🗺 Jarqo'rg'on tumani
🗺 Qumqo‘rg‘on tumani
🗺 Qiziriq tumani
🗺 Muzrabot tumani
🗺 Oltinsoy tumani
🗺 Sariosiyo tumani
🗺 Termiz tumani
🗺 Uzun tumani
🗺 Sherobod tumani
🗺 Sho'rchi tumani
🗺 Termiz shahri

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️Surxondaryoda aholi manfaatlari yo'lidagi sayu harakatlar davom etmoqda jumladan Sherobod tumani misolida.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining tuman,shahar filial xodimlari bilan birgalikda "Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida  kadastr bilan bog‘liq muammolarni hal etish yuzasidan muntazam ravishda «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

💠 Xususan, Sherobod tumani filiali xodimlari tomonidan tumanning Kattabog‘, Nurtepa, Oqtepa, Mehnatobod, va Chag‘atoy mahallalaridan kelgan murojaatlar qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etilgan.

💠Ma'lumot o'rnida, 11 oy davomida Sherobod tumani filialiga 240 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan bo‘lib murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 242 ta murojaatdan 109 ta ijobiy hal qilingan, 120 ta huquqiy tushunchalar berilgan, 13 ta rad etilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E'LON!


🇺🇿 Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini qo‘lga kiritish uchun navbatdagi malaka imtihoni o‘tkaziladi.

🗓Imtihon kuni: 2024-yil, 26-27-dekabr
🕔soat 10:00, 11:00, 15:00, 16:00 da

📍Manzil: Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati binosi.

📃Imtihon jarayonlarini Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasi orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz mumkin.

➡️ Malaka imtihonida 69 nafar talabgorlar ishtirok etadi.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев инвестиция бўйича 2024 йилдаги натижалар сарҳисоби ва келгуси йилги вазифалар муҳокамаси юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по итогам работы в сфере инвестиций в 2024 году и задачам на следующий год.

#Mirziyoyev #yigilish #investitsiya #tashqisavdo

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

Ijaraga olingan yerni boshqa shaxsga ijaraga berish mumkinmi


📄 Ijara to‘g‘risidagi Qonunning 8-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va ijara shartnomasida o‘zga shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ijarachi ijaraga olingan mol-mulkni, yer va boshqa tabiiy resurslardan tashqari, ijaraga beruvchining ruxsati bilan ikkilamchi ijaraga topshirishga haqlidir.

😄 Bunda ijaraga oluvchi shartnomaga muvofiq ijaraga beruvchi oldida javobgar bo‘lib qolaveradi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Surxon_kadastr

Kadastr xizmati:
Inson manfaatlari yo'lida

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi va uning tuman, shahar filiallari xodimlari tomonidan joriy yil davomida xalq roziligi yo'lida tizimli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, aholining kadastr xizmatiga bo‘lgan murojaatlarini joyiga chiqqan holda "Mahallabay" va "Xonadonbay" tarzida o‘rganish ishlari olib borildi.

◼️Quyida havolalar orqali “Mahallabay” va “Xonadonbay” tizimi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida bilib olishingiz mumkin:

💠 Angor tumani 1.
💠 Bandixon tumani 1.2.3.
💠 Boysun tumani 1.2.
💠 Denov tumani 1.2.3.4.5.6.7.8.9.10.11.
💠 Jarqo'rg'on tumani 1.
💠 Qumqo‘rg‘on tumani 1.2.3.4.
💠 Qiziriq tumani 1.2.
💠 Muzrabot tumani 1.2.3.4.
💠 Oltinsoy tumani 1.2.3.
💠 Sariosiyo tumani 1.
💠 Termiz tumani 1.2.
💠 Uzun tumani 1. 2.3.
💠 Sherobod tumani 1.
💠 Sho'rchi tumani 1.2.3.4.5.
💠 Termiz shahri 1.2.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥 Navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.

💠 Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda ⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari xodimlari ham ishtirok etishdi.

➡️ Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM