SURXONDARYO KADASTR
1.86K subscribers
18.8K photos
2.29K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Surxon #Kadastr #Seminar

🫥Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo'yicha o'qiv-seminari o'tkazildi.🫥

⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlar palatasi Surxondaro viloyati boshqarmalari, 5️⃣Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo bo‘linmasi hamda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida markaziy aparat xodimlari, tuman shahar filiali arxiv ishi muhandislari ishtirokida yong'in xavfsizligi bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi.

💠Seminarda har bir xodim ish faoliyati davomida eʼtibor qaratishi lozim bo‘lgan jihatlarga, yaʼni sovuq ob-havo sharoitida yong‘inlar, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, tabiiy va is gazidan zaharlanish hamda boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.

💠Jumladan boshqarmaning, ombor va boshqa binolar ko‘rikdan o‘tkazib,birlamchi yong‘in o‘chirish, yong‘indan avtomatik xabar berish qurilmalari va videokuzatuv moslamalari, yong‘inda odamlarga xabar beruvchi tizimlar, yong‘inga qarshi suv kranlari va suv manbalari, tashqi yong‘in zinalari, binodan evakuatsiya chiqish yo‘llari favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi .

💠Bundan tashqari🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda tuman, shahar filiallari arxiv ishi muhandislariga yong'in xavsizligi qoidalariga qat'iy rioya etilishi idoraviy arxivlaridagi hujjatlarni saqlash bo‘yicha ham tegishli tavsiyalar berildi.

👮‍♂️Bu kabi profilaktik tadbirlar reja-grafik asosida qolgan tuman (shahar) bo'lim va filiallarida ham davom etmoqda.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #huquq

⚡️Dehqon xo‘jaligi yeriga bino va inshoot qurish taqiqlanadi

🫥Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak.

🫥Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi.

⚠️Yengil konstruksiyali issiqxonalarni va boshqa imoratlarni, shuningdek sug‘orish inshootlarini qurish mustasno.

❗️Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart.

Huquqiy asos:🌏 O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 01-apreldagi  680-son Qonuniga asosan

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев “Tashkent Pharma Park” инновацион илмий-ишлаб чиқариш фармацевтика кластери билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с инновационным научно-производственным фармацевтическим кластером "Tashkent Pharma Park".

#Mirziyoyev #tanishuv #farmatsevtika #klaster

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари Фармацевтика тармоғини ривожлантириш агентлиги фаолияти билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#huquq #kadastr_xizmati

⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalari davlat tomonidan himoya qilinadi

🏠Xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk va fuqarolik muomalasi obyektlaridir.

💠Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli maʼlumotlarni elektron tarzda kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi.

‼️Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va qonunga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.

Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 15.11.2021 yildagi O‘RQ-728-son

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM