SURXONDARYO KADASTR
1.97K subscribers
21.2K photos
2.51K videos
22 files
12.4K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#surxonkadastr_ kadastr_hujjatlarini_rasmiylashtirish
♻️Aholining yer uchastkalari va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va uning huquqiy kafolatini taʼminlash maqsadida Surxondaryo viloyatida “Mahallabay”, “Xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

⭕️Jumladan, kuni kecha Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i S.Shaymardanov tomonidan Termiz tumanining “At-Termiziy” hamda “Uchqizil” mahallalarida yashovchi nogiron, temir daftarda turuvchi ehtiyojmand oilalarning
kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Surxonkadastr_Kadastr #Qonun

🇺🇿O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonun 🔸5-bob (Yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish chog‘idagi davlat va jamoatchilik nazorati) 🔸26-moddasi (Yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish chog‘idagi jamoatchilik nazorati)

🖥Ushbu Qonunning maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

🗣Batafsil

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Kadastr agentligining chora-tadbirlar rejasini ijrosini taʼminlash maqsadida 5️⃣Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo bo‘linmasida "Andijon viloyati misolida yer resurslarining hisobotdagi va amaldagi maydonlari o‘rtasidagi farqlarni o‘rganish" yuzasidan ishchi shtab tashkil qilinganligi haqida avval xabar bergan edik.

💠 Bugun tashkil etilgan seminarda ⭐️ Kadastr agentligining boshqarma boshlig‘i Q.Bobojonov, 🌟 Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi boshlig‘i F.Niyozovlar tomonidan yig‘ilganlarga 2025-yil 1-iyulga qadar Surxondaryo viloyati hududini yer resurslarining hisobotdagi va amaldagi maydonlari o‘rtasidagi farqlar bo‘yicha xatlovdan o‘tkazish hamda uning natijasiga ko‘ra barcha turdagi muammoli yerlarni ularning amaldagi foydalanish maqsadiga mos bo‘lgan yer fondi toifasiga o‘tkazish bo‘yicha ishlarni yakunlash va tegishli takliflarni Agentlik rahbariyatiga kiritish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

🫥 Tadbirda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i F.Ashurov va 5️⃣ Respublika aerogeodeziiya markazi Surxondaryo hududlararo bo‘linmasi direktori A.Esanovlar ham kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

#Surxonkadastr_Kadastr #Seminar

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM