SURXONDARYO KADASTR
1.87K subscribers
18.7K photos
2.27K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari  (850 000 so‘m);

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook Instagram YouTube
#huquq #bilasizmi

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni bekor qilish Komissiya yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi

🏠Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish komissiyasi tomonidan (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinishi mumkin.

ASOS: 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi 803-sonli qonuniga ko'ra.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Facebook Instagram YouTube
#bilasizmi #kadastr_xizmati
💸 Kadastr xizmatlari mobil telefoningizda !

📱 Kadastrga oid quyidagi xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasida to‘liq ishga tushirilgan:

🗣Kadastr pasportini shakllantirish;

🗣Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🗣Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

🗣Ko‘chmas mulk obyektlari davlat reyestridan ko‘chirmalar olish;

🗣Ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirma berish;

🗣Kadastr obyektiga ta'qiqni tekshirish.

👉 📲Mobil ilovani yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

⚡️Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi ?

◼️ Ko‘chmas mulk ob'ekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasport) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki ob'ektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

◼️ ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

◼️ kadastr yig‘majildi (pasporti) yuqolganda (yaroqsiz xolga kelganda).

◼️Ushbu xollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

🔵 yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);

🔵 binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

🔵 belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;

🔵 ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;

🔵 ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

‼️ Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.

Telegram Facebook Instagram YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Mansab vakolatini suisteʼmol qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi

🔴Мansab vakolatini suiisteʼmol qilish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishi mumkin:

🔵 BHMining 150 baravaridan 300 baravarigacha (45 mln so‘mdan 90 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
🔵 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
🔵 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
🔵 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
🔵 1 yildan 2 yilgacha ozodlikni cheklash;
🔵 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi

#korrupsiyaga_qarshi #bilasizmi

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😎Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lovlar undirilmaydi:

kadastr pasportini rasmiylashtirganda;

ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;

rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);

ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda;

fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.

#kadastr_xizmati #bilasizmi

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #savol_javob

Yo‘qolgan kadastr pasporti qanday tartibda tiklanadi ?

Javob:
- Buning uchun ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki my.gov.uz portalida (YAIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

✉️ Ariza beruvchilar o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi.

📄 Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

📎 So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun majburlash taqiqlanadi

🔵 Yer uchastkalarini xususiylashtirish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari yer uchastkalarini xususiylashtirishga bo‘lgan o‘z huquqlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra hamda o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradi.

🚫 Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun majburlash taqiqlanadi.

#bilasizmi #huquq #VM_71

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi ?

◼️ Ko‘chmas mulk ob'ekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasport) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki ob'ektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

◼️ ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

◼️ kadastr yig‘majildi (pasporti) yuqolganda (yaroqsiz xolga kelganda).

◼️Ushbu xollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM