SURXONDARYO KADASTR
1.91K subscribers
19.4K photos
2.36K videos
22 files
11.6K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sohaga oid tushunchalar

🫥 Respublika bo‘ysinuvidagi shaharlar — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari bilan aniqlanishi mumkin bo‘lgan, strategik ahamiyatga, yirik sanoat korxonalariga va rivojlangan infratuzilmaga ega, shuningdek istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar bo‘lgan aholi punktlari.

➡️ Asos: 28.08.2020-yildagi O'RQ-635-son

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bulung‘ur tarixiga nazar

🌟 Davlat kadastrlari palatasi yurtimizdagi turli hududlar nomlarining kelib chiqishi, etimologiyasi va ularning tarixiy ahamiyati haqida qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etishda davom etadi.

"Joy nomlari tarixi" loyihasining navbatdagi sonida Bulung‘ur so‘zining shakllanish tarixi, mazmuni va uning kelib chiqishiga ta’sir etgan omillarga to‘xtalamiz.

◾️Bulung‘ur nomi qanday paydo bo‘lgan?

▪️Tarixchilar bu nomning kelib chiqishi haqida nima deydi?

▪️Bulung‘ur so‘zining ma’nosi va uning hududdagi roli qanday?

📹 Batafsil mazkur videoda

#DavKadastrPalata #toponimika #joy_nomlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Maxsus iqtisodiy zonalardagi yuridik shaxslarga davlat ro‘yxatidan o‘tish soddalashtiriladi


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.01.2025-yildagi "O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 30-son qarori qabul qilindi.

◼️ Unga ko'ra, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi mazmundagi qo'shimchalar kiritildi:

📃 Maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yuridik shaxs elektron onlayn-auksion savdolari natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan taqdirda qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

◼️ Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-sentabrdagi 452-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti quyidagi mazmundagi band bilan to'ldirildi.

◼️Elektron-onlayn auksion savdolari g‘olibi bo‘lgan yuridik shaxs maxsus iqtisodiy zona hududidan qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi (ilgari maxsus iqtisodiy zona hududidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yuridik shaxslar bundan mustasno).

◼️Investorni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ariza kompozit tarzda Davlat xizmatlari markaziga yuborilishi mumkin.

◼️Bunda investor Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimiga yuborilgan elektron-onlayn auksion savdolarida g‘olib bo‘lganligi haqidagi xabarnoma asosida avtomatik tarzda qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi”

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Uydan chiqmasdan turib ko'chmas mulkingiz haqida ma'lumot olishingiz mumkin

🏢 Fuqarolarimiz bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani uydan chiqmasdan turib olishlari mumkin.

📃 Ma’lumotnomada bino va inshootlarga doir quyidagi ma’lumotlar aks etgan bo’ladi:

🟢joylashuv manzili;
🟢kadastr raqami;
🟢turar joy yoki noturar joyligi;
🟢umumiy maydoni;
🟢huquqiy egasi (egalari);
🟢bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;
🟢huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
🟢cheklanish mavjudligi;
🟢kadastr qiymati.

Natija avtomat taqdim etilib, QR kodli ma’lumotnoma shakllanadi.

➡️ Xizmatdan foydalanish

#DavKadastrPalata #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2025-yil 1-fevraldan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

"1070" qisqa raqamli "Ishonch telefoni" faoliyati yo'lga qo'yiladi.

👉 Batafsil

Og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalar uchun "Onalar maskani" xizmati yo'lga qo'yiladi.
👉 Batafsil

Ayrim chet el yuridik shaxslari foyda solig'idan ozod etiladi.

👉 Batafsil

Ayrim jismoniy shaxslar daromad hamda foyda solig'ini 5 foiz stavkada to'laydi.

👉 Batafsil

30 yoshga to'lgan fuqqarolarga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat beriladi.
👉 Batafsil

Ishsiz aholi va kambag'al oilalar a'zolari talab yuqori bo'lgan kasblarga o'qitiladi.
👉 Batafsil

Kasbga o'qitilayotgan kambag'al oilalarning ishsiz a'zolariga stipendiya to'lanadi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Samarqand viloyati boshqarmasida yangi tayinlov

⚡️ Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasida Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Valiyev boshchiligida tashkiliy yig'ilish o'tkazildi.

◼️ Yig'ilishda Kadastr agentligi direktori buyrug'iga ko'ra, Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig'i lavozimiga Nasimov Ravshanjon Azimovich tayinlangani e'lon qilindi.

◼️Tadbir so'nggida rahbariyat tomonidan sohaga oid bir qancha masalalar ko'rib chiqildi va kelgusi rejalar uchun topshiriqlar belgilandi.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_yig_ilish #Samarqand

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xalqaro sertifikat talablari bo'yicha seminar


🌟 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi ikki yo‘nalishda ISO sertifikatlarini qo‘lga kiritgan edi. Mazkur xalqaro sertifikatga doimo munosib bo‘lish uchun muntazam ravishda amaliy va tahliliy ishlar olib borilmoqda.

◼️ Kuni kecha, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida ushbu xalqaro sertifikatlar talablari doirasida seminar bo'lib o'tdi.

📃 Ushbu seminarda markaziy apparatning boshqarma va bo‘lim rahbarlari, mutasaddilar qolaversa Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi va ularga xalqaro standartlar darajasida xizmatlarni tashkil etish, korrupsion xavfning oldini olish, hujjatlarni yuritish borasida xodimlarning bilimlarini oshirish va yana shu kabi bir qancha mavzularda muhim ma’lumotlar taqdim etildi.

#DavKadastrPalata #ISO

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Malayziyada kadastr tizimi

🇲🇾Malayziya kadastr tizimida ikkita asosiy komponent mavjud - yerni ro'yxatga olish va kadastr tekshiruvi.

◼️Yerni ro'yxatga olish komponentining eng muhim elementi - bu yerga egalik qilish tizimi tomonidan talab qilinadigan mulk turi va davlat kafolati xususiyatidir.

◼️Har qanday yerning egasi o'z yeriga va undagi manfaatlarga nisbatan tasarruf etish huquqidan foydalanadi. Ro'yxatga olinishi mumkin bo'lgan hujjatlarga yerni har qanday turga o'tkazish, ijaraga berish yoki sotish kiradi. Reyestr yer uchastkasiga bo'lgan ulush egasi sifatida unda ko'rsatilgan shaxs ushbu ulushning qonuniy egasi ekanligining ishonchli dalilidir. Eng muhimi, tizim yerga bo'lgan manfaatlar faqat ro'yxatga olish orqali o'zgarishi yoki o'zgartirilishi mumkinligini talab etadi.

◼️Ro'yxatga olish tizimining muhim jihatlaridan biri - bu malakali huquqlar (QT) deb ataladigan vaqtinchalik mulk huquqini berishning o'ziga xos amaliyotidir. Bundan ko'zlangan maqsad, olib qo'yilgan yerlarga o'rganishdan oldin mulk huquqini berish va kengroq nuqtayi nazardan yerni o'zlashtirishni tezlashtirishdir.

#DavKadastrPalata #xorijda_kadastr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko'chmas mulk obyektlari statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi respublikamizdagi jami ko'chmas mulk obyektlari statistikasini taqdim etadi.

🗓 Hisobot davri: 2025-yil 1-fevral holatiga ko'ra.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM