SURXONDARYO KADASTR
1.97K subscribers
21.5K photos
2.54K videos
22 files
12.5K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2025-yil,26-iyun
🕔 Vaqti: soat 16:00 da

📍Manzil: Sherobod tumani, Gallaguzar mahallasi, Gulzor ko'chasi, 12-uy, 8-sonli Musiqa va sanat maktabi binosi.

📃 Qabulga yozilish uchun +998 55 451-22-19 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda 1-iyuldan uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi

⚡️2025-yil 1-iyuldan O‘zbekistonda uy-joy xarid qilish jarayonida eskrou tizimi amaliyotga joriy etiladi. Bu bo‘yicha Davlatimiz rahbarining tegishli farmoni qabul qilingandi.

✔️ Yangi tartib fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilish hamda qurilish sohasida qonuniylikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Yangi tizimga ko‘ra:

➡️ shartnomalar faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgan qurilish obyektlari bo‘yicha tuziladi;

➡️ xaridor to‘layotgan mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilish kompaniyasiga berilmaydi, balki bankdagi maxsus eskrou hisobvaraq orqali amalga oshiriladi;

➡️ qurilish ishlari kamida 30 foizga bajarilganidan so‘nggina bank tomonidan mablag‘ ko‘chiriladi yoki kredit ajratiladi;

➡️ 2025-yil 1-iyuldan 31-dekabrgacha amaldagi va yangi tizim parallel ravishda qo‘llanadi;

➡️ 2026-yil 1-yanvardan boshlab faqat eskrou hisobvaraq orqali hisob-kitoblarga ruxsat etiladi;

➡️ qurilish sohasida shaffoflikni ta’minlash maqsadida "Shaffof qurilish" axborot tizimi joriy etiladi;

➡️ ulushli shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlar avtomatik tarzda soliq organlariga yuboriladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

✍️ Bilishingiz muhim

📃 Fuqarolarimizdan kelib tushadigan savollar orasida ko‘p uchraydiganlariga mutaxassislarimizdan javob taqdim etamiz.

⁉️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasa jarima to‘lanadimi?

👆Murojaatga aniq javob videoda keltirilgan.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sherobod tumanida sayyor qabul bo'lib o'tdi

⚡️Kuni kecha, 🌟Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Axmadjon Suyunov boshchiligida, tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

◼️ Sayyor qabul davomida, jami 24 nafar tadbirkorlar va fuqarolar murojaatlari ko'rib chiqildi, 9 nafar murojaatchilarning masalasi shu joyning o'zida hal etildi, 10 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi, 5 ta murojaat respublika rahbariyati tomonidan nazoratga olindi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring!


⭐️🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlardan quyidagi havolalar orqali xabardor bo'lib borishingiz mumkin.

✈️ Davlat kadastrlari palatasi

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari telegram kanallari:

✈️Andijon viloyati
✈️Buxoro viloyati
✈️Jizzax viloyati
✈️Qashqadaryo viloyati
✈️Qoraqalpogʻiston Respublikasi
✈️Namangan viloyati
✈️Navoiy viloyati
✈️Samarqand viloyati
✈️Sirdaryo viloyati
✈️Surxondaryo viloyati
✈️Toshkent viloyati
✈️Fargʻona viloyati
✈️Xorazm viloyati
✈️Toshkent shahri

#DavKadastrPalata #Ijtimoiy_tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xodimlar bilimlari mustahkamlanmoqda

🫥 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning Kadastr agentligi tasarrufidagi "Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi, geodeziya, kadastr yo‘nalishida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi"da bir qancha yo'nalishlarda o'quv kurslari tashkil etilmoqda.

◼️Xususan, joriy yilning 23-27-iyun kunlari o‘tkazilgan navbatdagi o'quv kurslari davomida "Ko‘chmas mulk obyektlarini texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish" yo'nalishi bo‘yicha xodimlarning bilimlari mustahkamlandi.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun 1-iyul.
Qonunchilikda nimalar o‘zgardi?


➡️ 2028-yil 1-yanvargacha kichik va o'rta biznes subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy e'lon qilinadi.

➡️ Fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

➡️ 2030-yil 1-yanvargacha yuridik shaxslar, shuningdek, Bolalar kontentini rivojlantirish markazining bolalar uchun kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etganda ularga imtiyozlar beriladi.

➡️ Pensiya va nafaqalar hamda kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to'lovlari 10 foizga oshiriladi.

➡️ Yangi tashkil etiladigan ta'lim tashkilotlari faoliyati 2 bosqichda yo'lga qo'yiladi.

➡️ Respublikaning 15 ta tuman (shahar)larida, tajriba-sinov tariqasida sog'liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi.

➡️ “Ijtimoiy himoya yagona reestri” hamda "Kambag'al oilalar reyestri"ga kiritilgan shaxslarga belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni xarid qilishda to'langan QQS summasi 1 ish kunida qaytariladi.

➡️ Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatchilari malakasini oshirish va qayta tayyorlash xodimlarning kasbiy rivojlanish ehtiyojlariga asoslangan holda tashkil etiladi.

➡️ “Ekofaol fuqaro” platformasiga o'zi ekkan daraxti to'g'risida ma'lumotlar kiritgan kambag'al oilalar a'zolariga o'rmon fondi yerlarida ekilgan har 100 ta daraxt uchun BHMning 1 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.

#DavKadastrPalata #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda onlayn audio muloqotlar davom etadi

🌟 Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar. Sizning kadastr masalalariga oid savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqotlar o‘tkaziladi.

🗓 Ushbu infografikada joriy yilning iyul oyida rejalashtirilgan ochiq audio muloqotlar sanasi bilan tanishishingiz mumkin.

📃 Kadastrga oid savollaringiz bilan o'z hududingizning telegram kanali orqali o'tkaziladigan audio muloqotda qatnashing va hududiy mutaxassislarimizga to'g'ridan-to'g'ri savolingizni berib, javob oling!

#DavKadastrPalata #audio_ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat xizmatida halollik – ustuvor

⭐️🌟 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida halollik, shaffoflik va xizmat burchiga sodiqlik tamoyillarini mustahkamlash maqsadida doimiy ravishda profilaktik tadbirlar tashkil etib kelinmoqda:

➡️ Jizzax viloyati
➡️ Surxondaryo viloyati
➡️ Qoraqalpog'iston Respublikasi
➡️ Xorazm viloyati
➡️ Sirdaryo viloyati
➡️ Andijon viloyati
➡️ Farg‘ona viloyati
➡️ Samarqand viloyati
➡️ Toshkent shahri
➡️ Buxoro viloyati
➡️ Namangan viloyati

Bu kabi tadbirlar korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatiga muvofiq holda, tizimda sog‘lom muhit yaratish, xodimlar o‘rtasida huquqiy bilim va mas’uliyatni oshirishga xizmat qilmoqda.

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT


⭐️🌟 Davlat kadastrlari palatasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video-post yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

◼️Xatlov haqidagi berilayotgan ma’lumotlar haqiqatdan ham qonun talablari bo‘yicha bo‘lib, ammo qayd etish kerakki, O‘RQ-937 Qonuning 14 va 15-moddalariga asosan xozirda xatlov ishlari faqat Davlat kadastrlari palatasi hududiy filiаllari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi va qonuning birinchi bosqichi bo‘lgan ushbu xatlov ishlari mutlaqo bepul bo‘lib, xech qayerga ariza bilan murojaat etilmaydi.

➡️ Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video lavha – sobiq xodim M. E.ning mazkur muddat ichidagi xizmat faoliyati davrida suratga olingan bo‘lib, hozirda u lavozimda ishlamaydi (mehnat shartnomasi bekor qilingan) va videoda ko‘rsatilgan xizmat guvohnomasi (beydjik) o‘z huquqiy kuchini yo‘qotgan.

➡️ Mazkur video M. E. tomonidan ishdan bo‘shaganidan so‘ng ommaga e’lon qilingan. Unda ko‘rsatilgan telefon raqamlari M.E.ning shaxsiy raqamlari bo‘lib, Davlat kadastrlari palatasiga aloqador emasligini ma'lum qilamiz.

✔️ Sizda kadastr bo‘yicha har qanday savollar tug‘ilgan taqdirda 1097 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

To‘g‘ri va tasdiqlangan ma’lumotlar faqat rasmiy davlat tashkilotlari hamda ularning rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM