SURXONDARYO KADASTR
1.97K subscribers
21K photos
2.49K videos
22 files
12.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#Yer_solig_i #Soliq_to_lovchi #Jismoniy_shaxslar

🔵Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.

‼️Uy-joy, yashash uchun mo‘ljallanmagan imoratlar va inshootlar meros bo‘yicha o‘tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi o‘tgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i meros qoldiruvchining
soliq majburiyatlarini inobatga olgan holda merosxo‘rlardan undiriladi.

Asos
: O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 433-moddasi
#Yer_solig_i #Soliq_to_lovchi #Yuridik_shaxslar

🔵Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.

🏢Ko‘chmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi. Bunda moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijaraga (lizing) berilgan (olingan) ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha ijaraga oluvchi (lizing oluvchi) soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.

‼️Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o‘z ulushi uchun soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.

Asos
: O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 425-moddasi
Mol-mulk solig‘i kamaytirilmoqda

💠Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi amaldagi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirilmoqda;
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan pasaytirilgan soliq stavkasi 0,4 foizdan 0,5 foizga o‘zgartirilmoqda deya ma’lumot bermoqda Soliq yangiliklari.

💠Soliq solish maqsadida binolar bo‘yicha soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv metr uchun mutlaq qiymatda belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lishi mumkin emasligi joriy etilmoqda:
Toshkent shahrida – ikki million besh yuz ming so‘m
Nukus shahri va viloyat markazlarida – bir million besh yuz ming so‘m;
qolgan hududlarda – bir million so‘m etib belgilanmoqda.
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i
Ushbu soliq stavkalari 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda.

#DavKadastrPalata #info #soliq_yangiliklari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Президент Шавкат Мирзиёев Давлат солиқ қўмитасида соҳани такомиллаштириш бўйича навбатдаги вазифалар юзасидан йиғилиш ўтказди.
Давлатимиз раҳбари дунёдаги тез ўзгарувчан, мураккаб вазиятда солиқ тушумлари барқарорлигини таъминлаш, тадбиркорларга кўмак бериш зарурлигини алоҳида таъкидлади.
Соҳани рақамлаштириш ишларини жадаллаштириш, солиқ идораларини коррупциядан холи тизимга айлантириш бўйича топшириқлар берилди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел в Государственном налоговом комитете совещание по очередным задачам совершенствования налоговой сферы.
Глава государства указал на необходимость обеспечения стабильности налоговых поступлений и поддержки предпринимателей в нынешней быстро меняющейся, сложной ситуации в мире.
Определены задачи по ускорению цифровизации сферы, преобразованию налоговых органов в систему, свободную от коррупции.

#Mirziyoyev #yigilish #soliq #raqamlashtirish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🔸Soliq va kadastr🔸

⚪️ Jismoniy shaxslar qurilishi tugallanmagan noturar obyektlar uchun mol-mulk solig'ini to'laydimi

⚪️ Qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlar jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq solish obyekti hisoblanadi

🔶 Qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlarga ushbu obyektni qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran 24 oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlarga kiradi.
👉 Soliq kodeksi 419-modda

▫️ Soliq summasi haqida batafsil - Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanalida.

#DavKadastrPalata #soliq_va_kadastr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube