SURXONDARYO KADASTR
1.87K subscribers
18.8K photos
2.28K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
💠Kadastr atamalari💠

🗣Geografik axborot tizimi — geografik obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish, ularni tahlil qilish, saqlash, modellashtirish va aks ettirish uchun, shuningdek kartografiyaga oid axborotdan foydalangan holda umumdavlat ahamiyatiga yoki tarmoq ahamiyatiga molik axborotga va hisob-kitobga doir vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan tizim.

#surxonkadastr #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹OAV biz haqimizda🔹

🔵 Surxondaryo viloyati Boysun tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisining o'rinbosari sayyor qabuli o‘tkazilgandi.

📹 "Diyor yangiliklari" informatsion dasturida batafsil yoritilgan mazkur sayyor qabulda fuqarolarning masalalari qay yo'sinda hal etilgani reportaj mallifi tomonidan tahlil etilgan.

#surxonkadastr #OAV_biz_haqimizda
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹OAV biz haqimizda🔹

🔵 Surxondaryo viloyati Boysun tumanida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Kadastr agentligi direktori o‘rinbosarining sayyor qabuli o‘tkazilgandi.

📹 "Diyor yangiliklari" informatsion dasturida batafsil yoritilgan mazkur sayyor qabulda fuqarolarning masalalari qay yo'sinda hal etilgani reportaj mallifi tomonidan tahlil etilgan.

#surxonkadastr #OAV_biz_haqimizda
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#surxonkadastr_yer_nazorati
🔵Shu kunlarda Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan hududlarda kuchaytirilgan tartibda yer va kadastr nazorati tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:      
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Bilishingiz
muhim

🌟Kadastr raqami qanday ma'nolarni anglatadi?

🫥 Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:
АА : ВВ : СС : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH bunda:

◼️ АА - viloyat raqami;
◼️ ВВ – tuman yoki shahar kod raqami;
◼️ СС - kadastr zonasi raqami;
◼️ DD - kadastr massivi raqami;
◼️ ЕЕ - kadastr mavzesi raqami;
◼️ FFFF - yer uchastkasi raqami;
◼️ GGGG - bino, inshoot raqami;
◼️ ННН - bino, inshootlar bir qismi raqami.

Eslatma

❗️Yer uchastkasiga, bino, inshootga egalik qilish huquqlarining boshqa qonuniy huquq egasiga o‘tishi va (yoki) huquq turining o‘zgarishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida mazkur yer uchastkasi, bino, inshootning kadastr raqami o‘zgartirilmaydi.

#Surxonkadastr #bilishingiz_muhim

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟Davlat kadastrlari palatasi Muzrabot tuman filialining Arxivida jami 14 962 ta ko‘chmas mulkka tegishli hujjatlar saqlanmoqda.

Shundan:
➡️turar joylar arxiv hujjatlari - 12 100 ta
➡️noturar joylar arxiv hujjatlari - 2 109 ta
➡️xonadonlar arxiv hujjаtlari - 753 ta

🗂Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish doirasida bugungi kunga qadar jami 316 ta turar joy kadastr yig‘majildlari raqamlashtirilishiga erishildi.

🔵Qolgan obyektlar hujjatlarini o‘rganish va raqamlar bo‘yicha tartiblashtirish ishlari davom etmoqda.

#Surxonkadastr #arxiv

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan yer solig'i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi

🇺🇿Prezident Farmoniga ko'ra, xususiy investorlar tashabbusi bilan yangi massivlarni barpo etishda yer uchastkalariga bo'lgan huquqlar belgilangan asosiy shartlarga muvofiq rasmiylashtiriladi.

🫥Bunda, xususiy investorga tegishli yer uchastkalari hamda ular oralig'ida joylashgan ko'p kvartirali uylarga tutash yerlar va umumiy foydalanishdagi yerlar "Ko'chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi" asosida yagona yer uchastkasiga birlashtiriladi.

🔵Belgilangan hollarda yangi massivlar, qoida tariqasida, bo'sh turgan yer uchastkalari o'rnida tashkil etiladi, bunda loyiha yangi massiv hududidagi yer uchastkalarini davlat mulki sifatida davlat ro'yxatidan o'tkaziladigan yagona yer uchastkasiga birlashtirish orqali amalga oshiriladi.

🇺🇿Qishloq xo'jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi, ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi bilan yangidan ajratishda belgilangan asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari majburiy ravishda ko'rsatiladi.

Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan obyektni foydalanishga topshirish davriga teng bo'lgan, biroq 3 yildan ko‘p bo'lmagan muddatda yer solig'i stavkasi 50 foiz miqdorida qo'llanadi.

#Surxonkadastr #huquqiy_malumot

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📃 Kadastr bo‘yicha bo‘lish ko‘chmas mulkni hisobga olishning yagona tizimini yaratish va ko‘chmas mulkka kadastr raqamlarini berish maqsadida amalga oshiriladi.

🇺🇿 Kadastr bo‘yicha bo‘lish va kadastr raqamlari tizimi Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimida har qanday yer uchastkalari, binolar va inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlarni bir xilda identifikatsiya qilishi lozim.

◼️Hududlar kadastr bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari.tomonidan bo‘linadi.

◼️Kadastr bo‘yicha bo‘lish materiallari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.

◼️Yer uchastkalariga, yer uchastkalarining bir qismiga, ko‘p yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkalariga, binolar va inshootlarga, binolar. va inshootlarning bir qismiga kadastr raqamlari Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri. boshqarmalarining tegishli tumanlar (shaharlar) filiallari tomonidan beriladi.

👔 Asos: Vazirlar Mahkamasining 09.09.2024-yildagi 555-sonli qarori.

#surxonkadastr #huquqiy_malumot

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Surxonkadastr_Kadastr #Qonun

🇺🇿O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonun 🔸5-bob (Yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish chog‘idagi davlat va jamoatchilik nazorati) 🔸26-moddasi (Yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish chog‘idagi jamoatchilik nazorati)

🖥Ushbu Qonunning maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

🗣Batafsil

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Bilishingiz
muhim

🌟Kadastr raqami qanday ma'nolarni anglatadi?

🫥 Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:
АА : ВВ : СС : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH bunda:

◼️ АА - viloyat raqami;
◼️ ВВ – tuman yoki shahar kod raqami;
◼️ СС - kadastr zonasi raqami;
◼️ DD - kadastr massivi raqami;
◼️ ЕЕ - kadastr mavzesi raqami;
◼️ FFFF - yer uchastkasi raqami;
◼️ GGGG - bino, inshoot raqami;
◼️ ННН - bino, inshootlar bir qismi raqami.

Eslatma

❗️Yer uchastkasiga, bino, inshootga egalik qilish huquqlarining boshqa qonuniy huquq egasiga o‘tishi va (yoki) huquq turining o‘zgarishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida mazkur yer uchastkasi, bino, inshootning kadastr raqami o‘zgartirilmaydi.

#Surxonkadastr #bilishingiz_muhim

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM