SURXONDARYO KADASTR
1.88K subscribers
18.7K photos
2.28K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
⚜️Sohaga doir huquqiy ma'lumot⚜️

🔰 Yer servituti - O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) — qo‘shni bo‘lgan bir yoki bir necha yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqidir.

🔰 Servitut - o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish, yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish, elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish, ekinzor va mollarni sug‘orish uchun suv olish, qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish, ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa ob’ektlar barpo etish maqsadlarida belgilanishi mumkin.


#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Xususiylashtirish

🟢 Xususiylashtirilmaydigan yer uchastkalari

📃 Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:

💠Foydali qazilma konlari, qonunchilikka muvofiq xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obyektlari joylashgan yer uchastkalari;

💠Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari, shuningdek o‘rmon hamda suv fondlarining, muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlarining muhofaza zonalari, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘ylari, skverlar, xiyobonlar, istirohat bog‘lari);

💠Xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor bo‘lgan yer uchastkalari;

💠Qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga taqdim etilgan yer uchastkalari — maxsus iqtisodiy zona faoliyat ko‘rsatadigan davrda;

💠Ko‘p kvartirali uylar joylashgan, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari;

💠Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvlar va shartnomalarni amalga oshirish uchun berilgan, shuningdek yuridik shaxslarga jamoat ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkalari.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xususiylashtirilgan yer uchastkalari mulkdorlari qanday huquqlarga ega?


◀️ Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga yuridik va jismoniy shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda, o‘z xohishiga ko‘ra va o‘z manfaatlarini ko‘zlab erkin egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shu jumladan undan garov predmeti sifatida foydalanish, yuridik shaxsning ustav kapitaliga (ustav fondiga) hissa sifatida kiritish, ijaraga berish;

◼️Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqining har qanday buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;

◼️Xususiylashtirilgan yer uchastkasida mustaqil ravishda xo‘jalik yuritish;

🏠 Uy-joy, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy imoratlar va inshootlarni hamda boshqa imoratlar va inshootlarni qurish, ularni qayta qurish va buzishni amalga oshirish.

#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Geografik obyektlarni nomlash bo'yicha
huquqiy bilim soati

🇺🇿 Ma’lumki har hafta Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati va hududiy boshqarmalar xodimlari o'rtasida huquqiy bilimlar soatlari tashkil qilinib kelinmoqda.

◼️ Navbatdagi huquqiy bilim soati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-son Farmoni ijrosi yuzasidan, Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo'yicha mas'ul xodimlarni malakasini oshirish va sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati haqida o'tkazildi.

◼️Ushbu seminarda hududiy boshqarmalardan mutaxassislar ham Zoom platformasi orqali ishtirok etdilar.

#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

Yer fondining barcha toifalari va yer turlari uchun yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etiladi

💸“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan:

- yer fondining barcha toifalari va yer turlari, shu jumladan, oldindan mavjud va yangidan ajratiladigan yer uchastkalari uchun yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etiladi;

- yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turi Hukumat tomonidan tasdiqlanadigan Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatoriga muvofiq asosiy, shartli ravishda ruxsat berilgan va yordamchi turlarda belgilanadi;

- shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olishga Hukumat tomonidan belgilanadigan tartibda ijtimoiy va infratuzilma obyektlariga qo‘shimcha yuklamani kompensatsiya qilish sharti bilan yo‘l qo‘yiladi;

bunda ushbu to‘lovlar Toshkent shahrida 2027 yil 1 yanvargacha huquqiy eksperiment doirasida kiritilgan qurilish hajmining har bir kub metri uchun undiriladigan to‘lovlar shaklida olinadi;

◼️Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha) hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha) ruxsat etilgan foydalanish turini belgilash va o‘zgartirish masalalarida vakolatli organlar hisoblanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan yer solig'i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi

🇺🇿Prezident Farmoniga ko'ra, xususiy investorlar tashabbusi bilan yangi massivlarni barpo etishda yer uchastkalariga bo'lgan huquqlar belgilangan asosiy shartlarga muvofiq rasmiylashtiriladi.

🫥Bunda, xususiy investorga tegishli yer uchastkalari hamda ular oralig'ida joylashgan ko'p kvartirali uylarga tutash yerlar va umumiy foydalanishdagi yerlar "Ko'chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi" asosida yagona yer uchastkasiga birlashtiriladi.

🔵Belgilangan hollarda yangi massivlar, qoida tariqasida, bo'sh turgan yer uchastkalari o'rnida tashkil etiladi, bunda loyiha yangi massiv hududidagi yer uchastkalarini davlat mulki sifatida davlat ro'yxatidan o'tkaziladigan yagona yer uchastkasiga birlashtirish orqali amalga oshiriladi.

🇺🇿Qishloq xo'jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi, ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi bilan yangidan ajratishda belgilangan asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari majburiy ravishda ko'rsatiladi.

Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan obyektni foydalanishga topshirish davriga teng bo'lgan, biroq 3 yildan ko‘p bo'lmagan muddatda yer solig'i stavkasi 50 foiz miqdorida qo'llanadi.

#Surxonkadastr #huquqiy_malumot

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📃 Kadastr bo‘yicha bo‘lish ko‘chmas mulkni hisobga olishning yagona tizimini yaratish va ko‘chmas mulkka kadastr raqamlarini berish maqsadida amalga oshiriladi.

🇺🇿 Kadastr bo‘yicha bo‘lish va kadastr raqamlari tizimi Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimida har qanday yer uchastkalari, binolar va inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlarni bir xilda identifikatsiya qilishi lozim.

◼️Hududlar kadastr bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari.tomonidan bo‘linadi.

◼️Kadastr bo‘yicha bo‘lish materiallari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.

◼️Yer uchastkalariga, yer uchastkalarining bir qismiga, ko‘p yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkalariga, binolar va inshootlarga, binolar. va inshootlarning bir qismiga kadastr raqamlari Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri. boshqarmalarining tegishli tumanlar (shaharlar) filiallari tomonidan beriladi.

👔 Asos: Vazirlar Mahkamasining 09.09.2024-yildagi 555-sonli qarori.

#surxonkadastr #huquqiy_malumot

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan yer solig'i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi

📃Prezident Farmoniga ko'ra, xususiy investorlar tashabbusi bilan yangi massivlarni barpo etishda yer uchastkalariga bo'lgan huquqlar belgilangan asosiy shartlarga muvofiq rasmiylashtiriladi.

◼️Bunda, xususiy investorga tegishli yer uchastkalari hamda ular oralig'ida joylashgan ko'p kvartirali uylarga tutash yerlar va umumiy foydalanishdagi yerlar "Ko'chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi" asosida yagona yer uchastkasiga birlashtiriladi.

◼️Belgilangan hollarda yangi massivlar, qoida tariqasida, bo'sh turgan yer uchastkalari o'rnida tashkil etiladi, bunda loyiha yangi massiv hududidagi yer uchastkalarini davlat mulki sifatida davlat ro'yxatidan o'tkaziladigan yagona yer uchastkasiga birlashtirish orqali amalga oshiriladi.

◼️Qishloq xo'jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi, ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi bilan yangidan ajratishda belgilangan asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari majburiy ravishda ko'rsatiladi.

◼️Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan obyektni foydalanishga topshirish davriga teng bo'lgan, biroq 3 yildan ko‘p bo'lmagan muddatda yer solig'i stavkasi 50 foiz miqdorida qo'llanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM