SURXONDARYO KADASTR
1.87K subscribers
18.8K photos
2.28K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
🔹 Tibbiyot xodimlari kuni🔹

💠 Inson hayoti muqaddas ne'mat, zero, sihat-salomatligimizni asrash, uni mustahkamlash yo'lida ushbu kasb fidoyilarining xalq sog'lig'ini o'z hayotidan ustun qo'ygan holda ko'rsatayotgan xizmatlari tahsinga sazovordir.

🏥 Yurtimizdagi barcha ana shunday jonkuyar, matonatli va qasamyodiga sodiq tibbiyot xodimlarini bugungi kasb ayyomlari bilan qutlaymiz! Sharafli va mas'uliyatli vazifalarini ado etishda mustahkam sog'lik, sabr-toqat, oilalariga tinchlik-xotirjamlik va fayz-u baraka tilab qolamiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▪️Bugun yurtimizda temir yo‘l sohasi xodimlari kuni ▪️

🚉 Bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy infratuzilmaga ega, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlarini to‘liq ta’minlay oladigan yaxlit temir yo‘l tizimi barpo etilib, respublikamizning barcha hudud va mintaqalarini ishonchli, samarali bog‘lab kelmoqda.

🚆Mana shunday mas’uliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar hamisha yor bo‘lsin. Xonadoningizdan tinchlik, qut-baraka arimasin.

💐 Hurmat bilan, Davlat kadastrlari palatasi jamoasi

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi o'quv yili boshlandi

📚 Bugundan barcha ta'lim muassasalarida yangi o'quv yilining birinchi kuni. Maktabga ilk bora qadam qo'ygan barcha o'quvchilar uchun muhim, esda qolarli kun. Talabalik baxtiga muyassar bo'lgan yoshlarimiz uchun esa sabrsizlik bilan orziqib kutgan "talaba" maqomini his qiladigan kunlari hisoblanadi.

📖🖋 Shu munosabati bilan, yurtimizdagi barcha o'quvchi va talabalarni yangi o'quv yilini boshlaganlari bilan tabriklaymiz. Ularga yangi bilimlarni egallashlari va yanada yuqori cho'qqilarni zabt etishlariga tilakdoshmiz.

💐Yurtimiz egalari, Vatanimiz kelajagi bo'lgan yoshlarga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar yor bo'lsin.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

27-sentabr - Butunjahon turizm kuni

🏜 Butunjahon turizm kunining maqsadi – turizmni targ‘ib qilish, sohaning dunyo iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasini yoritish, turli davlatlar xalqlari o‘rtasida aloqalarni rivojlantirishdir.

🇺🇿O‘zbekistonga 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurdi. Shundan 397,3 nafari dam olish maqsadida O'zbekistonga kelgan. Yurtimizga 7 oyda eng ko'p quyidagi davlatlardan turistik maqsadda fuqarolar tashrif buyurgan:

Tojikiston — 1 mln 151,4 ming nafar;
Qirg‘iziston — 912,8 ming nafar;
Qozog‘iston — 879 ming nafar
Rossiya — 417,4 ming nafar;
Turkiya — 58 ming nafar;
Turkmaniston — 39,6 ming nafar;
Janubiy Koreya — 20,2 ming nafar;
Hindiston — 20 ming nafar;
Xitoy — 17,7 ming nafar;
Germaniya — 14,1 ming nafar.

💠 Shu o'rinda, mamlakatimiz turistik sohasini rivojlantirishga hissa qo'shayotgan - turistik tashkilotlar va mehmonxona komplekslari, muzeylar, teatrlar xodimlari, turistik agentlik vakillari - barchani chin yurakdan tabriklaymiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim #huquq

⚡️O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan binolarga “amnistiya” qonuni. Eng muhim qoidalar qanday bo‘ladi?

🇺🇿Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yangi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda. U 126 mingdan ortiq fuqaroning o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari yoki ularda qurilgan binolarini legallashtirishni nazarda tutadi.

➡️Loyihada nafaqat fuqarolarning uy-joylari, balki tadbirkorlarning ishlab chiqarish obektlari va ular joylashgan yerlarga tegishli huquqlar e’tirof etilishi taklif qilingan.

❗️Qonun ta’siri doirasiga 2018-yil 1-may kuniga qadar o‘zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkalari hamda unda qurilgan bino va inshootlar tushadi.

🌐 Qonun ta’siri doirasiga tushadigan obektlar kosmik suratlar orqali aniqlanadi.

⚠️ Huquqni e’tirof etishning asosiy shartlari – ushbu yer boshqa shaxslarga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan, foydalanuvchilar o‘rtasida nizo hamda soliqdan qarzi bo‘lmasligi kerak.

O‘zboshimchalik bilan egallagan yer hamda unda qurilgan bino va inshootlarga tegishli huquq e’tirof etilishi uchun fuqaro va tadbirkorlarning ariza berishi talab etilmaydi.

Rasmiylashtirish jarayonlari vakolatli davlat organlari tomonidan grafik asosida mustaqil amalga oshiriladi.

✉️ Huquq e’tirof etilishi yakuniga yetganda fuqaro va tadbirkorlarga bu haqida xabarnoma yuboriladi.

Huquqlar e’tirof etilganlik uchun 370 ming so‘mdan 3 mln 700 ming so‘mgacha bir martalik yig‘im nazarda tutilgan.

🔖Qonun loyihasi muhokamasi davom etmoqda. Qonunchilik palatasining yalpi majlisiga qachon kiritilishi aniq emas.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yurtimizning, kadastr tizimining go'zal va aziz xotin-qizlari!


💐 Sizlarni 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni - go'zallik va nafosat bayramingiz bilan tabriklaymiz. Oilangizga tinchlik, xotirjamlik, ishlaringizda ulkan zafarlar yor bo'lishiga tilakdoshmiz.

💐 Hayo va iffat, mehr va muhabbat timsoli bo'lgan, ushbu ko'rkam bahordek hayotimizga go'zallik, umrimizga mazmun baxsh etib turgan siz ayollar bor ekan, hayotimiz go'zal, konglimizdan xotirjamlik arimaydi.

💐 Yuzingizni kulgu-tabassum, bahoriy xush kayfiyat hech qachon tark etmasin!

Ehtirom ila,
Davlat kadastrlari palatasi


#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

⚡️O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga nisbatan egalik va ijara huquqlari berilishi kutilmoqda

➡️Maʼlumotlarga ko‘ra, bugungi kunda respublikamizda 4 millionga yaqin uy-joylarning kadastr hujjati yo‘q. Ularning aksariyati qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yer maydonlari balansida turipti. Tegishli hokimlik qarori bilan uy-joy uchun yer berilgan, ammo kadastr hujjati qilinmagan.

➡️Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati izoh berdi.

➡️Batafsil videoda: https://youtu.be/biGqmY8EYIM

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

25-may - Maktablarda so'nngi qo'ng'iroq kuni


🇺🇿 Bugun erta tongdan yurtimizning barcha umumta'lim dargohlari bitiruvchilari uchun eng esda qolarli va o'zgacha hayajonli kun. Har bir o'quv dargohlarida "So'nggi qo'ng'iroq" lar yangrab, o'quvchilar qadrdon maktablari, mehribon ustozlari va jonajon sinfdoshlari bilan xayrlashuv tadbirlarini o'tkazadilar. 25-may sanasini bitiruvchilar uchun bir vaqtning o'zida ham quvonchli, ham biroz qayg'uli kun desak yanglishmaymiz.
Shu o'rinda, bugun kadastrchilar uchun ham quvonchli kun. Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumini geodeziya yoʻnalishida 31 nafar, kadastr yoʻnalishida 30 nafar, jami 61 nafar o'quvchilar bitirmoqda.

Aziz bitiruvchilar!

📚Sizlarni o'rta-maxsus ta'limni muvaffaqiyatli tugatganingiz, umringizning yanada go'zal va mas'uliyatli bosqichiga qadam qo'yganingiz bilan samimiy muborakbod etamiz.
Kelgusi hayotingizda ulkan yutuqlar va yuksak marralarni zabt etishingizga tilakdoshmiz. Oldingizga aniq maqsad qo'yib, bor kuch-g'ayratingiz va salohiyatingiz bilan yuqori cho'qqilarga erishishingizni va el-yurt manfaati uchun xizmat qilishingizni tilaymiz. Umid va ishonch ramzi bo'lgan yetuklik shahodatnomalaringiz barchangizga muborak bo'lsin!

🌟Davlat kadastlari palatasi jamoasi

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

17-iyun - Butunjahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash kuni


🌐 Ushbu xalqaro sana BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1995-yil 30-yanvarda ta’sis etilgan bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tanlangan. O‘zbekiston Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida birinchilar qatorida BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasiga a’zo bo‘lgan.

💦🌫 O'tgan yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, bir daqiqada O‘zbekistonning 9 kvadrat metr hududi cho‘llanib boryapti. Har soniyada dunyo bo‘ylab 23 gektar cho‘llanib boryapti. Bu holat davom etaversa, 2050-yilga borib, Yer yuzining 95 foizi cho‘llanishi va bu 3 milliarddan ziyod odamni oziq-ovqat tanqisligida qoldirishi mumkin.

◼️Qurg‘oqchilik va cho‘llanishga qarshi kurash Markaziy Osiyo va O‘zbekiston uchun hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. Shu sababli, Davlat kadastrlari palatasi jamoasi har bir fuqaroni tabiatga yaxshi munosabatda bo‘lishga va suv resurslaridan oqilona foydalanishga chorlab qolamiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim
O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga nisbatan mulk huquqi rasmiylashtiriladi

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etishni nazarda tutuvchi qonun Senatorlar tomonidan ma‘qullandi.

Taʼkidlanganidek, ushbu Qonunning maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonun bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini eʼtirof etishning aniq tartiblari belgilanmoqda.

‼️Eslatma, mazkur Qonun hozirda faqatgina maʼqullandi, hali tasdiqlanib kuchga kirganicha yo‘q. Viloyat aholisidan mazkur holatda shoshma shosharlikka yo‘l qo‘ymasliklarini, o‘zboshimcha qurilmalar qurmasliklarini so‘rab qolamiz !

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim
Qonun bilan quyidagi yer uchastkalari hamda bino va inshootlarga nisbatan bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish belgilanmoqda:

fuqarolar tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga;

2018-yil 1-mayga qadar fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan hujjatlarda ko‘rsatilgan yer uchastkasi maydonidan ortiqcha egallagan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga;

“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni e’tirof etish oxiriga yetmagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;

2021-yil 8-iyunga qadar tuman (shahar) hokimining qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari kengashi tomonidan o‘z vaqtida tasdiqlanmagan yer uchastkalariga;

fuqarolarning bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylariga hamda ular egallagan yer uchastkasiga;

2020-yil 9-martga qadar kichik sanoat zonalari hududiga joylashtirilgan tadbirkorlik sub’yektlarining yashash uchun mo‘ljallanmagan binolari va inshootlari yoki ularning qismlari joylashgan yer uchastkasiga;

xususiylashtirilgan binolar va inshootlar egallagan yer uchastkasiga;

fuqarolarning, tadbirkorlik sub’yektlarining qonunchilikka muvofiq mulk (egalik qilish) huquqi e’tirof etilgan binolari va inshootlari egallagan yer uchastkasiga.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim
❗️Qonunda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishning shartlari ham belgilanib, xususan,

🌀o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi boshqa shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmaganligi,

🌀yer uchastkasidan foydalanishda nizo yo‘qligi, yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi,

🌀shirkat a’zosi bo‘lganligi, investitsiya va boshqa majburiyatlar to‘liq bajarilgan bo‘lishi lozimligi ko‘zda tutilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 32 yil to'ldi

🌏 “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi qonun 1992-yil 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

🇺🇿 Ushbu muqaddas ramzni kattayu kichik birdek qadrlaydi. Unda jonajon O‘zbekistonimizning tom maʼnodagi asl tasvirini ko‘radi. Gerbimizga har bir hamyurtimiz alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi mamlakatimizda ezgu qadriyatga aylangan.

🇺🇿Davlat gerbining soʻl tomoni rizq-roʻzimiz timsoli — bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa oʻzbekning dongʻini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz — chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan. Uzoqdagi togʻlar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni paytda bu Oʻzbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi. Gerbning yuqori qismida esa Oʻzbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz ma`nosi mamlakat aholisining ko`p qismi islom diniga etiqod qilishi, markazida — baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

ISHONCH VA UMIDLARINI BOG'LOVCHI KO'PRIK


Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!
Bugun 2024 yil, 8-noyabr!

🗓 Bu kun tarixga "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni kuchga kirgan kun sifatida muhrlandi.

🇺🇿Bu kun, necha yillardan buyon vatandoshlarimizni qiynab kelayotgan ulkan muammolaridan biriga bosqichma-bosqich barham berilishining muqaddimasidir.

⭐️🌟Mazkur sharafli, shuning bilan birga mashaqqatli faoliyatni ya'ni yurtimiz bo'ylab xatlov jarayonlarini boshlash arafasida ekanmiz, barchangizga kuch-quvvat, metin iroda, sabr-toqat, shijoat va g'ayrat tilab qolaman. Tashkilotimizdagi har bir xodimning, ayniqsa, kadastr muhandislari va topograflarning amalga oshirajak har bir zahmatli ishlari, mehnatlari biz uchun qadrlidir!

Zero, mazkur muhim hodisada vatanimiz va yurtdoshlarimiz orasida ularning ishonch va umidlarini bog'lovchi ko'prik vazifasini bajarish aynan bizning zimmamizdagi burchimizdir.

🇺🇿 Ishonch bilan ayta olamanki, Sizdek o'z kasbiga sadoqatli hamkasblarimiz bor ekan, yurtboshimiz, davlatimiz va xalqimizning bizga bildirayotgan yuksak ishonchlarini albatta yorug' yuz bilan oqlaymiz!

➡️ Shunday bo'lsada, har biringizdan yana bir bor o'z vazifalaringizni xalqimizni rozi qilish yo'lida halol, pok va vijdonan hamda sidqidildan bajarishingizni so'rab qolaman!

Hurmat ila
Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM