SURXONDARYO KADASTR
1.91K subscribers
19.3K photos
2.35K videos
22 files
11.5K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov ishlari jadallik bilan olib borilmoqda


🫥 Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni asosida 2024-yilning 8-noyabridan yurtimiz bo'ylab xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.

📊 Mazkur jarayonlarga 4 500 ga yaqin xodimlar jalb qilingan bo'lib, hozirda tasdiqlangan reja-jadval asosida 208 ta tumanlarning 579 ta mahallalarida xatlovlar davom etmoqda.

🇺🇿 Andijon viloyati
🇺🇿 Surxondaryo viloyati
🇺🇿 Farg'ona viloyati
🇺🇿 Sirdaryo viloyati
🇺🇿 Namangan viloyati
🇺🇿 Navoiy viloyati
🇺🇿 Buxoro viloyati

#DavKadastrPalata #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sohaga oid tushunchalar

📃 Yer uchastkasining va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining huquq egasi — huquqni belgilovchi hujjatlarga asosan yer uchastkasiga nisbatan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijara huquqiga hamda mazkur yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs.

◾️Asos: 29.06.2022-yildagi O'RQ-781-son

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘p kvartirali uylar yerto‘lasidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi “Mening uyim” billing tizimida to‘lanadi

🇺🇿 Hukumat qarori (17.01.2025 y.) bilan “Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

💠 Unga ko‘ra:

🔹ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lalari jismoniy va yuridik shaxslarga foydalanishga berilganda, ijara uchun to‘lovlar hisobi “Mening uyim” billing tizimida yuritiladi;

🔹ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasini ijaraga berishda ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqlar ushbu joylar mulkdorlarining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

☯️ Shuningdek, quyidagi ma’lumotlarning almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi:

👔 “UZCAD” va “Mening uyim” tizimlarini integratsiya qilgan holda, ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan umumiy mol-mulk va har bir ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalari haqidagi ma’lumotlar;

👔 Soliq qo‘mitasining tegishli elektron tizimini “Mening uyim” billing tizimiga integratsiya qilish orqali boshqarish organlarining umumiy mol-mulkdan foydalanuvchilari bilan ijaraga yoki tekin foydalanishga berish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlar.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr xizmatlari boʻyicha 2024 yil maʼlumotlari


◼️◾️▪️ Davlat xizmatlari markazlari tomonidan Davlat kadastrlari palatasining xizmatlari aholiga offlayn va onlayn tarzda ko‘rsatib kelinmoqda.

☯️ Oʻtgan 2024-yilda kadastr xizmatlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, xizmatlar boʻyicha hisobotlar bilan mazkur infografikalar orqali tanishishingiz mumkin.

Eʼtibor qiling! Uzkad tizimiga butun respublika koʻchmas mulklarini olib oʻtish jarayoni murakkab ekanligini va raqamlashtirish jarayonlari bir qancha bosqichlarda amalga oshirilishi haqida avval ham xabar berganmiz.

#DavKadastrPalata #Uzkad #xisobot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

QONUN HAQIDA Bilishingiz muhim


🔹 @Dkpuz_bot orqali yo‘llangan savol.

🤯“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonunda sugʻoriladigan yerlar boʻyicha ham maʼlumotlar keltirilganmi?

😮 Javob videoda 👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda xatlov ishlari


🌟 Muntazam xabar berganimizdek, fuqarolarimizning o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylariga nisbatan egalik huquqini e'tirof etilishi yuzasidan respublikamiz miqyosida xatlovlar olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni asosida tasdiqlangan reja jadval hamda uslubiy qo'llanma talablariga muvofiq kadastr muxandislari mahallalarda xatlov jarayonlarini belgilangan tartibda hamda jadallik bilan amalga oshirmoqdalar.

🇺🇿 Ishlarning to'gri va sifatli bajarilayotganligi esa DKP rahbariyati tomonidan muntazam ravishda tahlil qilinib, nazorat qilib borilmoqda.

🔘 Surxondaryo viloyati 1,
2
🔘 Farg'ona viloyati 1, 2
🔘 Jizzax viloyati
🔘 Andijon viloyati

#DavKadastrPalata #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sohaga oid tushunchalar

🫥 Respublika bo‘ysinuvidagi shaharlar — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari bilan aniqlanishi mumkin bo‘lgan, strategik ahamiyatga, yirik sanoat korxonalariga va rivojlangan infratuzilmaga ega, shuningdek istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar bo‘lgan aholi punktlari.

➡️ Asos: 28.08.2020-yildagi O'RQ-635-son

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bulung‘ur tarixiga nazar

🌟 Davlat kadastrlari palatasi yurtimizdagi turli hududlar nomlarining kelib chiqishi, etimologiyasi va ularning tarixiy ahamiyati haqida qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etishda davom etadi.

"Joy nomlari tarixi" loyihasining navbatdagi sonida Bulung‘ur so‘zining shakllanish tarixi, mazmuni va uning kelib chiqishiga ta’sir etgan omillarga to‘xtalamiz.

◾️Bulung‘ur nomi qanday paydo bo‘lgan?

▪️Tarixchilar bu nomning kelib chiqishi haqida nima deydi?

▪️Bulung‘ur so‘zining ma’nosi va uning hududdagi roli qanday?

📹 Batafsil mazkur videoda

#DavKadastrPalata #toponimika #joy_nomlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Maxsus iqtisodiy zonalardagi yuridik shaxslarga davlat ro‘yxatidan o‘tish soddalashtiriladi


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.01.2025-yildagi "O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 30-son qarori qabul qilindi.

◼️ Unga ko'ra, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi mazmundagi qo'shimchalar kiritildi:

📃 Maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yuridik shaxs elektron onlayn-auksion savdolari natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan taqdirda qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

◼️ Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-sentabrdagi 452-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti quyidagi mazmundagi band bilan to'ldirildi.

◼️Elektron-onlayn auksion savdolari g‘olibi bo‘lgan yuridik shaxs maxsus iqtisodiy zona hududidan qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi (ilgari maxsus iqtisodiy zona hududidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yuridik shaxslar bundan mustasno).

◼️Investorni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ariza kompozit tarzda Davlat xizmatlari markaziga yuborilishi mumkin.

◼️Bunda investor Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimiga yuborilgan elektron-onlayn auksion savdolarida g‘olib bo‘lganligi haqidagi xabarnoma asosida avtomatik tarzda qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi”

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Uydan chiqmasdan turib ko'chmas mulkingiz haqida ma'lumot olishingiz mumkin

🏢 Fuqarolarimiz bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani uydan chiqmasdan turib olishlari mumkin.

📃 Ma’lumotnomada bino va inshootlarga doir quyidagi ma’lumotlar aks etgan bo’ladi:

🟢joylashuv manzili;
🟢kadastr raqami;
🟢turar joy yoki noturar joyligi;
🟢umumiy maydoni;
🟢huquqiy egasi (egalari);
🟢bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;
🟢huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
🟢cheklanish mavjudligi;
🟢kadastr qiymati.

Natija avtomat taqdim etilib, QR kodli ma’lumotnoma shakllanadi.

➡️ Xizmatdan foydalanish

#DavKadastrPalata #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM