SURXONDARYO KADASTR
1.87K subscribers
18.8K photos
2.28K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ayni damda nima bilan bandsiz?


🕔 Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash — davlat xizmatchisi faoliyati samaradorligining bosh mezoni.

🫥 Hurmatli davlat xizmatchisi, siz o‘z faoliyatingizda vaqtni boshqara olyapsizmi? Ushbu rolikda siz uchun muhim tavsiyalar berilgan.

◼️ Barcha davlat fuqarolik xizmatchilariga Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan mazkur rolikni tomosha qilish tavsiya etiladi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘chmas mulk tarixiga oid
ma’lumotlarni olish tartibi

🏠Hukumatning 380-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga asosan, “Koʻchmas mulk tarixi” maʼlumotlarini DXM, YIDXP yoki davreestr.uz portali orqali aniqlash mumkin.

📃Reglamentga asosan:

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan so‘rovnomada so‘ralayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami ko‘rsatiladi;

⭐️🌟Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasi so‘rovnomani uch ish kunida ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etadi;

📃Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotda:

🔹obyektga nisbatan huquq turi va unga asos bo‘lgan hujjat;

🔹obyekt yoki yerning umumiy maydonlari;

🔹obyektning qurilgan yili kabilar ko‘rsatiladi.

Maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda beriladi.

▪️Maʼlumotnoma axborot xususiyatiga ega boʻlib, kelgusida rasmiy harakatlarni amalga oshirish uchun asos boʻlmaydi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qaror loyihasi mihokamaga qo'yildi


🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

📃 Qaror loyihasida dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibini nazarda tutuvchi Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish hamda qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibini nazarda tutuvchi Yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlanishi nazarda tutilmoqda.

👔 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, ixtisosligini belgilagan holda bo‘sh turgan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish bo‘yicha loyihalar tayyorlash hamda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun E-ijara orqali manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishiladi.

◼️ Yer tuzish loyihalari manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan ma’qullangandan so‘ng, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun E-auksion elektron savdo platformasiga yuboriladi.

👉▫️ Batafsil

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bino va inshootlar haqida onlayn maʼlumot oling!

◼️Hozirgi kunda fuqarolarimiz bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani uydan chiqmasdan turib olishlari mumkin.

📃Ma’lumotnomada bino va inshootlarga doir quyidagi ma’lumotlar aks etgan bo’ladi:

- joylashuv manzili;
- kadastr raqami;
- turar joy yoki noturar joyligi;
- umumiy maydoni;
- huquqiy egasi (egalari);
- bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;
- huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
- cheklanish mavjudligi;
- kadastr qiymati.

◼️Natija avtomat taqdim etilib, QR kodli ma’lumotnoma shakllanadi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer uchastkasini uydan chiqmasdan turib xususiylashtirishingiz mumkin

🗓 Onlayn ariza topshirishga 4 daqiqa, javobni olishga esa 5 kun kifoya qiladi

◼️o‘zingizga tegishli ko‘chmas mulk – yer uchastkalarini (ko‘p qavatli uylar bundan mustasno) my.gov.uz portali orqali onlayn xususiylashtirishingiz mumkin. (agar bino kadastrdan o‘tmagan bo‘lsa, yer xususiylashtirilmaydi)

◼️Jismoniy shaxslardan hech qanday hujjat talab etilmaydi

🧑‍💻Yuridik shaxslardan: yuridik shaxsning yer uchastkasini sotib olish to‘g‘risidagi qarori so‘raladi.

Ushbu qulaylikdan foydalanish uchun my.gov.uz portaliga kirib:

😏 tegishli xizmatni tanlanadi
😞 bo‘sh katakka kadastr raqamini yoziladi
😟 o‘ziningiz haqingizdagi ma’lumotlarni tekshirasiz va to‘ldirasiz
😕 yakunida to‘lovni amalga oshiriladi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Bilishingiz muhim

🌐 Kadastr pasporti qancha muddatlarda shakllantiriladi?

🌐 Kadastr pasportini shakllantirishga kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqish muddatlaridagi yuzaga kelayotgan savollarga javoblar!

Shu masalalarga mazkur videoda Davlat kadastrlari palatasi mutaxassisi bergan ma'lumotlar orqali batafsil javob topishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ma'lumot o'rnida

⚖️ Qonunchilikka koʻra, 2024-yilda oʻrmon fondining 1,5 ming gektar yer maydonlarida kasanachilik asosida koʻchat yetishtirish ishlarini yoʻlga qoʻyish orqali kamida 10 ming nafar aholining bandligi taʼminlanishi belgilangan.

Bunda:

🔹oʻrmon fondi mavjud yerlarining joriy holati (toifasi)dan kelib chiqqan holda har bir kasanachilik asosida koʻchat yetishtiruvchiga kamida 5 gektargacha yerlar shartnoma asosida biriktiriladi;

🔹kasanachilik asosida koʻchat yetishtirish belgilangan sxema boʻyicha amalga oshiriladi;

🔹kasanachilik asosida koʻchat yetishtirishni yoʻlga qoʻyish uchun talab etiladigan dastlabki maqsadli mablagʻlar Ekologiya jamgʻarmasi hisobidan ajratiladi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zbekistonning aholisi eng zich hududi qaysi?

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, 1 kv.kilometrga o‘rtacha 82,3 kishi to‘g‘ri kelmoqda.

☯️ Hududlar bo‘yicha tahlil etilganda, aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 6 826,7 kishi, so'ngra Andijon viloyatida 792,8 kishi, Farg‘ona viloyatida 603,5 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Navoiy viloyatida 9,7 kishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12,1 kishini tashkil etgan.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Nizolarni sudgacha hal qilish imkoni bor

🇺🇿 Hukumat qarori bilan, joriy yilning 29-avgust kuni Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

▶️Mulkingizni ro'yxatdan o'tkazishda muammolarga duch kelsangiz, uni qay tartibda hal etish haqida batafsil mazkur videorolik orqali ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

IIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

📄 Qarorga ko‘ra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

🗓 Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.

💠 Mahalliy davlat hokimiyati organlari, mas’ul vazirlik va idoralarga muborak Qurbon hayitini xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, yurtdoshlarimiz uchun muborak Qurbon hayiti kunlarida moʻtabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish topshirildi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM