SURXONDARYO KADASTR
1.86K subscribers
18.9K photos
2.3K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#Tarixga_nazar

Xaritashunoslarning ish stoli (1923): 1923 yilda Zeiss kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan c-4 tipidagi yuqori aniqlikdagi fotogrammetrik baholash uchun optik qurilmasi 1938-1969 yillar oralig'ida 1:25 000 masshtabdagi xaritalarni yaratishda ishlatilgan. Hozirda u Turkiyaning kartografiya muzeyida saqlanadi.
Forwarded from Kadastr - Live
#Tarixga_nazar

Yer tuzuvchi kasbi-dunyodagi eng qadimiy kasbdir.

Tarixan insoniyat har doim yer tuzuvchilarga muhtojlikni sezgan, ayniqsa rivojlanishning muhim pallalarida. Yerning kelib chiqishi, uning o‘lchamlari, hosildorligi, yer maydonlarining narxlanishi har doim qiziq bo‘lib kelgan. Turli davlatlarni vujudga kelishi boshqa davlatlar bilan o‘zaro chegarani belgilab olish zaruriyati qator muammolarni keltirib chiqargan. Shuning uchun rivojlanishning har bir bosqichida yer bilan bog‘liq masalalarni yechish uchun mutaxassislarga yaʼni yer tuzuvchilarga talab kelib chiqqan.

V-IV asrlardan boshlab Qadimgi Rimda - Rim yer tuzuvchilari yoki agrimensorlar tomonidan yer tuzish ishlari katta hajmda olib borilgan. Ular xalq orasida ko‘proq to‘g‘ri chiziqlar va burchaklarni belgilovchi odamlar sifatida tanilgan edi.
Forwarded from Kadastr - Live
#Tarixga_nazar

Ер тузиш соҳасида ишлаган буюк инсонлар

Давлат арбоби, АҚШнинг биринчи Республикачилар партиясидан чиққан 16-президенти (1861-1865), Американинг миллий қаҳрамони Авраам Линколн Иллинойс штати ер тузувчиси бўлган.

БАТАФСИЛ
Forwarded from Kadastr - Live
#Tarixga_nazar

Yer tuzish sohasida ishlagan buyuk insonlar.

AQShning Janubiy Dakota shtatida joylashgan Rashmor tog‘i mamlakatning asosiy turistik obektlaridan biri sanaladi. Granit tog‘ning bir tomonida AQSh tarixida muhim rol o‘ynagan to‘rt prezident –
Jorj Vashington, Tomas Jefferson,
Teodor Ruzvelt va
Avraam Linkolnning monumenti ishlangan.
Ularning barchasi Yer tuzish, geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug`ullanishgan.

1913 yilda Teodor Ruzvelt Braziliyaga ekspeditsiyada qatnashgan, uning vazifasi Amozonka irmoqlaridan birini, shubhali daryoni (Rio-da-Davida - port.) o'rganib chiqish va xaritalarda aks ettirish bo’lgan.

BATAFSIL
#Tarixga_nazar

Tarixan, kadastr va kadastr ishlarining asoslari yerlarning chegaralari va ularning hududlarini ro'yxatga olish maqsadida amalga oshirilishi bilan bog'liq bo'lib, qadimgi Misrga (mil. Avv. 3000 y.) borib taqaladi. "Kadastr" atamasining o'zi Rim hukmdori Avgust davrida (mil. Avv. 27) paydo bo'lgan, yer uchun soliq yig'ishni ro'yxatga olish bo'limi - caputigum – aholini ro'yxatga olish - caputigum registrum. Vaqt o'tishi bilan, bu so'zlar bitta - kapitastrum va keyinchalik katastrum so'zlariga birlashgan.

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Tarixga_nazar #Bu_qiziq #Dronlar

XX-ASR BOSHLARIDA DRON

📸Ilk aerofototasvirlar XX asrda paydo bo‘lgan.

💊Eng qizig‘i zamonaviy dronlar ajdodining ixtirochisi farmatsevt bo‘lgan.

🐦1907 yilda nemis farmatsevti Yuliy Noybronner kaptarlardan dori-darmonlarni yetkazib berishda foydalangan. Bir kuni kaptarlardan biri qariyb to‘rt hafta davomida g‘oyib bo‘ladi va Noybronner uning kabutarlari o‘z yo‘lida qayerga uchib ketishganiga qiziqadi. Ushbu muammoni hal qilish uchun u qushga osib qo‘yiladigan maʼlum vaqt oralig‘ida suratga oladigan maxsus miniatyura avtomatik kamerani o‘rnatildi.

🔹Ma'lumot o'rnida: "O'zdavyerloyiha"DILI tomonidan dronlar yo‘nalishi bo‘yicha 5 ta xizmat, xususan, qishloq xo‘jaligi yerlarining meliorativ holatini aniqlash, zararkunandalarga qarshi kimyoviy va biologik kurashish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining maydoni va holatini monitoring qilish bo'yicha xizmatlar ko'rsatiladi.

O'zdavyerloyiha DILITelegramInstagramFacebook