SURXONDARYO KADASTR
1.87K subscribers
19.1K photos
2.33K videos
22 files
11.4K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#davra_suhbati
⚡️"KORRUPSIYA – JAMIYAT KUSHANDASI" mavzusidagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

🔰 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Uzun tuman filialida barcha xodimlar ishtirokida "KORRUPSIYA – JAMIYAT KUSHANDASI" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔹Davra suhbati Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari Korrupsiyaga qarshi kurashish xodimlari , Inson resurslarini boshqarish bo‘limi mutahasisilari, va kasaba uyushmasi qo‘mitasi boshlig‘i ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

🔹Davra suhbati davomida xodimlarga jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tamagirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ichki ijro-intizomiga rioya qilishlari, ish joyiga ogohlantirishsiz kech kelmaslik, ish unumdorligini oshirish, “Kasb odobnomasi”ga va “Odob axloq” qoidalariga zid ravishda ish olib bormaslik kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog'iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida xatlov o'tkazilmoqda.

🇺🇿Qoraqalpogʻiston Respublikasida yer maydonlarini xatlovdan o'tkazish ishlari davom etmoqda.

🌍 Xatlov natijasida yer uchastkalari hamda bino va inshootlar o‘lchami, chegarasi va huquq egalari haqidagi barcha ma'lumotlarning Uz kad yagona integratsiyalashgan axborot tizimiga kiritilishi ta'minlanadi.

🧑‍💻 Yer maydonlarida o'lchov ishlarini amalga oshirishda🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

💠Qo‘ng‘irot tumaning umumiy yer maydoni 7 mln 599 ming gektar bo‘lib shundan 1 mln 789 ming gektari qishloq xo‘jaligi yerlari 39 ta mahalladan iborat 1 ming 908 gektari aholi punkt yerlari 3 mln 204 ming 687 gektar boshqa yer toifasiga kiradi.
💠Tumanda jami 37 ming 402 ta obyekt mavjud bo‘lib shundan
34 ming 200 tasi turar joy 3 ming 202 tasi noturar joylar xisoblanadi.

📈 Mutaxassislar tomonidan Qo‘ng‘irot tumanidagi 300 ming
286 gektar
qishloq xo'jaligi yer maydonlari xatlovdan o'tkazilishi rejalashtirilgan. Bugungi kungacha 275 ming 602 gektar yer maydonlari xatlovdan o'tkazilishi ta'minlandi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Surxondaryolik kadastrchilar ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Azim Raxmatov Termiz tuman filialida faoliyat yuritib kelayotgan kadastr xodimlari bilan muloqot qildi.

YIG'ILISHDA...

🫥Jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatish jarayonida xodimlar mansab vakolatini suiiste'mol qilmasligi, korrupsion holatlarga yo'l qo'ymasligi kerakligi alohida ta'kidlab o'tildi.

🌟Davlat kadastrlari palatasi mas'uli Termiz tuman filiali xodimlarini xizmat vazifalarini sitqidildan vijdonan bajarishga,aholining kadastr idoralariga bo'lgan ishonchlarini yanada mustahkamlash va sifatli xizmat ko'rsatishga chaqirdi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #xalqaro

💠 Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida hamkorlikda iqtisodiy koridorni rivojlantirish borasida o‘tkazilgan o‘quv seminarida ishtirok etildi

🔵 Joriy yilning 15-19 may kunlari Batumi shahrida Osiyo taraqqiyot banki hamda 🇬🇪 Gruziya davlati tomonidan tashkillashtirilgan iqtisodiy koridorni rivojlantirish uchun transchegaraviy mintaqaviy hamkorlik va integratsiyani rivojlantirishga qaratilgan o‘quv dasturi bo‘lib o‘tdi.

➡️Amaliy seminarda 🇺🇿O‘zbekiston, 🇵🇼Qozog‘iston va 🇹🇯Tojikiston respublikalari vazirlik va idoralari vakillaridan iborat ishchi guruhlar ishtirok etdi.

😄O‘quv dasturi doirasida mintaqaviy hamkorlik va integratsiyani rivojlantirish, iqtisodiy koridor salohiyatini oshirish orqali mamlakatlar iqtisodiyotiga daromadlarni ko‘paytirish kabi masalalarda ilg‘or tajriba almashinildi.

Transchegaraviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida Gruziya tajribasi o‘rganildi. Shuningdek, seminarning amaliy bosqichida 🇬🇪Gruziya-🇹🇷 Turkiya o‘rtasidagi Sarpi chegara postiga tashrif buyurgan holda iqtisodiy koridor imkoniyatlari bilan tanishildi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM