SURXONDARYO KADASTR
1.88K subscribers
19.1K photos
2.33K videos
22 files
11.4K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
🟣KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH UCHUN TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR VA ULARGA DOIR UMUMIY TALABLAR

😄Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

➡️ariza;

➡️identifikatsiya qilish ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan hujjatlar, shuningdek vakolatli vakillarning hamda mansabdor shaxslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar va (yoki) bitimning mazmunini ifodalovchi hujjatni imzolagan shaxslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;

➡️ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar.

➡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar qirib o‘chirilgan yozuvlarni, tasdiqlanmagan tuzatishlarni va hujjatlarning mazmunini bir xil talqin etishga imkon bermaydigan jiddiy shikastlanishlarni o‘z ichiga olmasligi kerak.

➡️O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan hujjatlar, agar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan bo‘lishi (tarjimaning aniqligi yoki tarjimon imzosining haqiqiyligi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi) kerak.

💠Huquqiy asos: “«Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 803-sonli Qonunining 41-moddasi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #ijtimoiy_rolik

🏠🏢 Uy-joyni o’z vaqtida davlat ro’yxatidan o’tkazmaslik ko’plab muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishi mumkin.

🎬 Videoda shunday holatlarning biri misol qilingan.

‼️Sizda ham mana shunday holat bo’lmasligi uchun ko’chmas mulkingizni o’z vaqtida davlat ro’yxatidan o’tkazing.

🌟 Kadastr agentligi

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Davlat kadastrlari palatasida press tur▪️

▶️ Press turda ishtirok etgan OAV vakillari, blogerlar, jurnalistlardan iborat ijodiy guruh auksion savdosiga qo'yilayotgan yer uchastkasi bilan tanishganlaridan so'ng, kun tartibidagi keyingi manzil: Davlat kadastrlari palatasi Yangi hayot tumani filialiga yo’l oldilar.

➡️ Ushbu manzilda fuqaro o‘z noutbuki orqali sotib olmoqchi bo‘lgan yer taklifini tizimga kiritganidan so'ng, ijodiy guruh yer tanlash materiallarini tayyorlash ishlari hamda kadastr yig‘majildini tayyorlash jarayonlari bilan tanishdilar.

📃 Shundan so'ng, jurnalist va blogerlar jamoasi kun tartibidagi keyingi asosiy manzilga tashrif buyurdilar. Ular Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida hokimlik nomiga huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish va ma’lumotlarni muvofiqlashtirish hamda jarayon davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni ko‘rib chiqish va bartaraf etish yo‘llarini tashkil qilish masalalarida ko'plab ma'lumotga ega bo'ldilar.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatiga yetib kelgan bir guruh ommaviy axborot vositalari vakillari Press turning navbatdagi manzilida yerlarni auksion savdolariga chiqarish sxemasi – 9 ta bosqich bilan monitor orqali chizmalar ko‘rinishida tanishibgina qolmay, tashkilotga tashrif buyurgan Davlat aktivlari markazi mutaxassislaridan auksion savdolarini o‘tkazish bo‘yicha bir qancha ma’lumotlar ham oldilar.

👔 Press tur davomida jurnalistlarda mavzu bilan aloqador savollar juda ko‘p bo‘ldi, javoblar mehmonlarda yana savollar tug‘dirdi. Shu tariqa, bugungi tashkil etilgan Press tur qizg'in baxs-munozaralar, savol-javob va intervyularga boy o'tdi.

#DavKadastrPalata #press_tur

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyasiz kelajak barpo etish asosiy maqsad.

💠Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda va bu boradagi saʼy-harakatlar qatʼiy, ortga qaytmas tus olgan.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Azim Raxmatov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda shunday tadbirlardan biri bugun Surxondaryo viloyati xodimlari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazildi.

🫥Bunda, bo‘lim xodimlarga Korrupsiyaga qarshi kurashish vazifalari, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari haqida tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga ichki tartib, obod axloq qoidalariga amal qilish, muomala madaniyati bo‘yicha tushuntirish, profilaktik ishlari olib borildi.

🫥Shuningdek, Gender tengligi yaʼni erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tenglik borasida tushunchalar berildi hamda sohamizda faoliyat yuritayotgan ayollarga nisbatan nohaqliklar bo‘lmasligi ularga keng imkoniyatlar yaratish taʼkidlab o‘tildi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #Qoraqalpogiston_Respublikasi #xatlov

🌟Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari A.Abdullaev boshchiligida ZOOM platformasi orqali yig'ilish o‘tkazildi.

Yig'ilishda 💫Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev hamda rais o'rinbosari R.Nishonov, ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi direktori A.Omonov, boshqarma va tumanlardan tegishli xodimlar ishtirok etdi.

🟢 Yig'ilishda xatlov jarayonlarini jadallashtirish va qisqa muddatda tugatish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar va ortda qolayotgan tumanlarga yordam berish yo‘llari muhokama qilindi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM