SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
18.8K photos
2.29K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
​​⚡️Korrupsiya taraqqiyot kushandasi

🇺🇿 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo viloyati boshqarmalari Boysun tumani bo‘limi va filiali xodimlari uchun “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

♻️ Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari Sh.Maksumov va O‘.Xamraevlar, tuman bo‘limi va filiali rahbarlari, xodimlar, yer va kadastr nazorati inspektorlari ishtirok etdilar.

♻️ Tadbirda Sh.Maksumov yig‘ilganlarga korrupsiyaning taraqqiyot kushandasi ekanligini Turkiya davlatida ro‘y bergan tabiiy ofat - zilzila oqibatida minglab insonlarning bevaqt hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lganligi misolida tushuntirib berdi. Shu bilan birga korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Kadastr tizimida olib borilayotgan ishlar va ularni natijalari haqida maʼlumot berdi.

♻️ Ishtirokchilarning diqqat eʼtiborini, mehnat intizomiga rioya qilish, murojaatchilarga xushmuomalada bo‘lish, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarga o‘z vaqtida javob berish, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratdi.

♻️ So‘zga chiquvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining korrupsiya bilan bog‘liq moddalarining mazmun-mohiyatini tushuntirish barobarida mamlakatimizda bunday jinoyatlarga belgilangan jazo kuchaytirib borilayotganligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Korrupsiyani oldini olish uchun barcha xodimlar o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, halol bajarishlari, aholi va tadbirkorlarga sifatli xizmat ko‘rsatishlari, hushyor bo‘lib turli nopok kimsalarning aldoviga uchmasliklari qayta qayta tushuntirildi.

♻️ Shundan so‘ng yig‘ilishda so‘z olgan O‘.Xamraev korrupsiyaga qarshi kurashda Milliy qonunchilikdagi yangiliklar va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi haqida maʼlumot berdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi” qonunini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021 yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ-5177 – sonli qarorini mazmun mohiyatini yig‘ilganlarga batafsil tushintirdi. Kadastr agentligining 2022 yil 1-iyuldagi 158-19-sonli buyrug‘i bilan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berish yoki boshqa tarzda ko‘maklashgan xodimlarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangani va uning mazmun mohiyatini bilan tanishtirildi.
🔹 Shuningdek bo‘lim va filialda korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat va kiyinish madaniyatiga hamda avtomobillardan foydalanishda yo‘l qoidalariga qatʼiy amal qilish, ish vaqtida, transport vositalarini boshqarishda spirtli ichimliklar isteʼmol qilmaslik, ishonchnomasiz o‘zgalarga avtotransport vositalarini bermaslik haqida gapirdi.

🔹Qayerda tartib – intizom bo‘lar ekan, u yerda inson qadri eʼzozlanadi, byurokratiyaga, korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi, har bir fuqaroga tez, sifatli va madaniyatli xizmat ko‘rsatiladi.

🔹Maqsadimiz kadastr idoralarini korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish va xalqimizni kadastr xizmatidan rozi qilishdir.

Matbuot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Термиз шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иштирокида Халқ депутатлари Сурхондарё вилояти кенгашининг сессияси бўлиб ўтди.

В городе Термезе с участием Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева состоялась сессия Сурхандарьинского областного Кенгаша народных депутатов.

#Mirziyoyev #Surxondaryo #sessiya #tashkiliymasala

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Сурхондарёда олтита янги корхона ишга туширилди

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site