SURXONDARYO KADASTR
1.97K subscribers
19.7K photos
2.38K videos
22 files
11.7K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
🔸Huquqiy yangiliklar🔸

⚜️“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

♻️ Ushbu qonunning ahamiyatli jihatlari mazkur infografikalarda berilgan.

▫️Qonun haqida batafsil👈

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#huquqiy_yangiliklar #O‘RQ_803

🏢 Биноларга, иншоотларга ҳамда қурилиши тугалланмаган объектларга бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш ушбу кўчмас мулк жойлашган ер участкасига бўлган ҳуқуқлар давлат рўйхатидан ўтказилмагунига қадар амалга оширилмайди.

🔰 Кўчмас мулкнинг кадастр йиғмажилдини шакллантириш учун қуйидагилар асос бўлади:

🔻ер участкаларининг белгиланганлиги (реализация қилинганлиги);
🔻бинонинг, иншоотнинг қурилганлиги ва фойдаланишга топширилганлиги;
🔻белгиланган тартибда ажратилган ер участкасида қурилиши тугалланмаган объектнинг мавжудлиги;
🔻кўчмас мулкнинг бўлинганлиги;
🔻кўчмас мулкнинг бирлаштирилганлиги.

Давлат кадастрлари палатаси Сурхондарё вилояти
Ахборот хизмати.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

◼️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga berilishi (ularni uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) mumkin.

📃 Foydalanishga kiritilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi va u qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas.

👔 Agar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.

⚖️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish taraflarning kelishuviga ko‘ra, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yerni ko'p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar yer solig'ini to'lashdan ozod qilinadi

📃 “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-26-son, 21.02.2025 y.) qabul qilindi.

◼️ Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-maydan “Yangi O'zbekiston” massivlarini barpo etish doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib o'rnatiladi:

yer uchastkalarini ko'p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo'yicha auksion savdolarida qatnashish, ko'p kvartirali uy-joylarni qurish va ularni realizatsiya qilishga faqat QQSni to'lovchi yuridik shaxslarga ruxsat etiladi;

yer uchastkalarini ko'p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo'yicha auksion savdolari ofertasida loyiha oldi hujjatlari tayyorlashga 15 kunlik, loyiha ishlarini bajarishga 2 oylik va qurilish ishlarini boshlashga 3 oylik muddat belgilanadi, shuningdek, unda qurilishni yakunlash va obyektni foydalanishga qabul qilish muddatlari ko'rsatiladi;

auksion savdolarida yer uchastkasini ko'p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar ijaraga olgan paytdan boshlab 12 oy davomida ushbu yer uchastkasi bo'yicha yer solig'ini to'lashdan ozod qilinadi;

🗓 2025-yil 1-martdan “Yangi O'zbekiston” massivlarida ko'p kvartirali uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi qurilish tashkilotlariga aylanma mablag'larini to'ldirish uchun 12 oylik imtiyozli davr bilan 24 oy muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan ko'pi bilan 2 foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM