SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
19K photos
2.33K videos
22 files
11.4K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#onatilimfaxrim
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasida"Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" shiori hamda #onatilimfaxrim heshtegi ostida turli hil tadbirlar o‘tkazilmoqda.
🇺🇿Aʼzolik: https://t.iss.one/surxonkadastr
#FOTOREPORTAJ #onatilimfaxrim #Ochiq_eshiklar_kuni

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan 23 oktabr kuni Davlat kadastrlari palatasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilganligi haqida xabar bergan edik. Tashkil etilgan tadbir davomida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida #onatilimfaxrim heshtegini targ‘ibotida ishtirok etib, o‘zbek tili mavqeyini mustahkamlashga hissa qo‘shishdi.

Bayramona tadbir yakunida musobaqalar g‘oliblari e’lon qilinib, barcha ishtirokchi bolajonlarga palata rahbariyati tomonidan maxsus esdalik sovg‘alari topshirildi.
#Ona_tilim_faxrim
🇺🇿QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!

⚜️ Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari xodimlari ona tilimizga bo‘lgan yuksak hurmatini #Onatilimfaxrim chorlovini ommalashtirish orqali ifoda etishmoqda.

🔷Muhtaram Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir."

Shunday ekan, davlat tiliga hurmat – yuksak insoniy burch ekanligini barchamiz yodda tutmog‘imiz lozim!

🗣 Ona tilimizni targ‘ib etishda siz ham faol ishtirok eting!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#ONATILIMFAXRIM
Til - millat ruhidir

🔹 Bugun, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo viloyati boshqarmalari xodimlari ishtirokida “21-oktyabr - O‘zbek tili bayrami“ munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

🔹 Tadbirda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i S.Shaymardanov bayram munosabati bilan “1989-yil 21-oktabrda yurtimizda “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi - milliy mustaqillik sari qo‘yilgan muhim qadam” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

🔹 O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanayotgan bu bayram, ma’naviy hayotimizdan mustahkam va munosib o‘rin olib, uning davlat tili sifatidagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlanayotgani misollar bilan tushuntirildi.

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.