SURXONDARYO KADASTR
1.9K subscribers
19.2K photos
2.34K videos
22 files
11.5K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#bilasizmi #yer_nazorati

🔰Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, yer nazorati hokimliklar, Kadastr agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladi.

Kadastr nazoratini esa Kadastr agentligi olib boradi.

Yer nazorati quyidagi asoslarga ko‘ra 10 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi:

🔹yer monitoringida qonunchilik buzilishi kuzatilganda;

🔹elektron tizim orqali va aerokosmik suratlarni solishtirishda qonun buzilishi qayd etilganda;

🔹yer qonunchiligi buzilishiga oid murojaatlarga ko‘ra;

🔹OAV yoki ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar asosida;

🔹sud va boshqa organlarga yerga oid huquqbuzarlik haqida axborot kelib tushganida.

❗️Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar BHMning 10 foizi (30 ming so‘m) miqdorida rag‘batlantiriladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️Axborot xizmati brifingi▫️

Bugun, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Respublikada ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qonunchilikdagi o‘zgarishlar va chorak yakunlari bo‘yicha” Kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasi axborot xizmati rahbari Munojatxon Yuldasheva ishtirokida brifing o'tkazildi.

#DavKadastrPalata #brifing

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr #sayyor_qabul

⚡️Ayni damda Muzrabot tumanida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Kamolovich Valiyev boshchiligida sayyor qabul boshlandi.

📝 Qabul avvalida palata raisi tomonidan sohaga oid qonunchilikdagi o‘zgarishlar va fuqarolarga yaratilayotgan sharoitlar bo‘yicha tushunchalar berildi. Shundan so‘ng, har bir murojaatchining kadastrga oid savollari va muammolarini o‘rganish boshlandi.

📌Sayyor qabul natijalari bo‘yicha batafsil yana ma’lumot beriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида транспорт соҳасидаги ислоҳотларни жадаллаштириш юзасидан йиғилиш бўлиб ўтмоқда.

Кун тартибидан соҳадаги ишлар ҳолатини таҳлил қилиб, темир йўл транзити имкониятларини ошириш, авиаташувлар ва аэропортларни қулай, тез ва сифатли хизмат кўрсатадиган соҳага айлантириш, халқаро транзит юклари учун замонавий автомобиль йўллари тармоғини кенгайтириш бўйича келгуси вазифаларни белгилаб олиш масалалари ўрин олган.

Facebook|Instagram|Twitter
▫️Ilm va tajriba▫️

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida Respublikamizning Milliy yer hisobotining yuritilishi, raqamli iqtisodiyotga joriy etish, yer fondi toifalarini yer turlari bo‘yicha milliy geoaxborot tizimida yuritish jarayonlari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

💠 Unda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining “Yer kadastri va yer tuzish” kafedrasining professor, dotsent, katta o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

💠 Uchrashuvda Davlat yer kadastri bo‘limi boshlig‘i F. Niyozov ilg‘or tajribalar asosida sohada olib borilayotgan jarayonlar bilan tanishtirdi. Faoliyatdagi jarayon va ilmiy qarashlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

#DavKadastrPalata #yer_fondi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🔸Soliq va kadastr🔸

⚪️ Jismoniy shaxslar qurilishi tugallanmagan noturar obyektlar uchun mol-mulk solig'ini to'laydimi

⚪️ Qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlar jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq solish obyekti hisoblanadi

🔶 Qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlarga ushbu obyektni qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran 24 oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlarga kiradi.
👉 Soliq kodeksi 419-modda

▫️ Soliq summasi haqida batafsil - Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanalida.

#DavKadastrPalata #soliq_va_kadastr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
KUN HIKMATI

🌀 Qalbdan chiqqan so'z qalbga yetib boradi. Til uchida aytilgani esa ko'ngil ostonasidan nariga o'ta olmaydi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Сурхондарёда “Ўзбекистон анорчилари куни” республика фестивали ўтказилади

Жорий йилнинг 5 октябрь куни Сурхондарё вилоятининг Шеробод туманида “Ўзбекистон анорчилари куни” республика фестивали ўтказилади.

Европа Иттифоқи комиссияси, Жаҳон банки, Қишлоқ хўжалиги вазирлиги, Сурхондарё вилояти ҳокимлиги ҳамда Ўзбекистон Анорчилар ассоциацияси ҳамкорлигида мамлакатимизда илк бор ташкил этилаётган ушбу фестивал Шеробод туманидаги “Sherobod Anor Impex” МЧЖ ҳудудида бўлиб ўтади.

Тадбир доирасида “Ўзбекистонда анор етиштириш ва уни қайта ишлаш истиқболлари” мавзусида илмий-амалий анжуман ўтказилади.

“Энг мазали анор шарбати – 2022”, “Энг мазали анор нави”, “Энг катта анор – 2022”, “Энг чиройли анор тозалаш” номинациялари бўйича танловлар ташкил этилиб, ғолиблар диплом ва қимматбаҳо совғалар билан тақдирланади.

Фестиваль санъаткорларнинг қизиқарли концерт дастури билан якунланади.

Шерободга келинг, анорнинг энг сара навлари билан танишинг, унинг ажиб таъмидан баҳра олинг!

t.iss.one/axborot_xizmati
Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▫️Davlat ro‘yxatidan o'tgan ▫️

🔘 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 20-27- sentabr kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi. Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📊 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 8 089 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
​​29-Sentabr, Termiz tumani tashkil etilgan kun,

Termiz tumani – Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Janubdan va garbdan Afg`oniston, sharqdan Tojikiston , shimoldan viloyatning Angor va Jarqo`rg`on, shimoliy -g`arbdan Muzrabot tumanlari bilan chegaradosh.

🌍Maydon
i _83_ ming 444 km2, aholisi 79 ming 200 kishi Markazi – Uchqizil .

*⛪️ Ijtimoiy obyektlari:

*🔻Mahalla so
ni- 29 ta
🔻Maktablar soni
- 32 ta
🔻MTT lar soni
- 27 ta

🏢 Jami ko‘chmas mulk obyektlari 24201tani tashkil etadi.
*Shundan:
*🔹Turar joyl
ar - 22 694 ta,
🔹Noturar joylar
- 1 507 ta,

🟢 Tabiati Termiz tumani respublikasining eng janubida termiz shahri yaqinida joylashgan. Tuman hududining sharqiy qismi Hisor tog` tizmasining davomi To`yintog` Kaykitog` va uning etaklari, Xotinrabot va Qiziriq cho`llari hamda uning davomi – Qoraqir, Uchqizil, Kattaqum massivi, Eski Termiz adirlari va qirlari bilan band. Bu yerlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Janub va G`arbi Surxondaryoning Amudaryoga qo`yilgan qismi va Amudaryo Surxondaryo sohillaridan iborat bo`lib tuprog`i taqir va ho'rxok. Amudaryo, Qorasuv, Sherobod daryolari tuman hududi orqali o`ta
di,

🏢Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
🇺🇿Aʼzolik: https://t.iss.one/surxonkadastr
#Kartografiya #OAV #biz #haqimizda

⚡️Zamonaviy kartografiya aniqlik, sifat va raqamlashtirish jihatdan yangi bosqichga chiqdi

💠Yangi O‘zbekiston gazetasining 198-sonida Yangi O‘zbekiston gazetasi muxbiri “Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi direktori O.Ibragimov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan intervyusi chop etildi.

💠 O‘tkazilgan intervyuda “Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi direktori O.Ibragimov kartografiya sohasining tarixiga, O‘zbekiston Milliy atlasini tuzish va nashrdan chiqarish jarayonlariga, sohada amalga oshirilayotgan ishlar va tatbiq qilinayotgan zamonaviy texnologiyalar yuzasidan qisqacha maʼlumot berib o‘tdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️Muzrabotdagi sayyor qabul▫️

♻️ Avval xabar berganimizdek, kuni kecha Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi Valiyev Moxir Kamolovichning fuqaro va tadbirkorlar uchun sayyor qabuli o‘tkazildi.

📹 Mazkur sayyor qabul davomida ko‘rilgan masalalar, fuqarolarning fikrlari batafsil mazkur videoreportajda.

#DavKadastrPalata #DKP_raisining_sayyor_qabuli

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️ Xizmatlarimiz haqida▫️

♻️ Davlat xizmatlari markazlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali aholiga kadastrning bir nechta xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Davlat xizmatlari yangiliklari ijtimoiy tarmog‘ida ushbu xizmatlarimiz haqida muntazam ma’lumotlar berib boriladi.

♻️ Quyida, kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda bepul rasmiylashtirilishi bo‘yicha to‘liq ma’lumot berilgan.

#DavKadastrPalata #DXM #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
USTOZLARGA EHTIROM

🔹 Har bir sohaning o‘z ustunlari, o‘zining tajribali mutaxassislari bo‘ladi. Kadastr tizimida ham bunday ustunlar talaygina. Faxriylarimiz o‘zlarining ko‘p yillik tajribalari va tizim rivojidagi ulkan hissalari bilan yosh xodimlarga namuna bo‘lib kelishmoqda.

🔹 Bugun, «1-oktabr—Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalarida uzoq yillar davomida samarali faoliyat ko‘rsatgan mehnat faxriylari ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔹 Tadbirda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Kamolovich Valiyev ham qatnashib ustozlarni tabriklab o`tdilar.

🔹 Tadbirda ko‘p yillik samarali faoliyati, fidokorona mehnatlari va soha rivojiga qo‘shgan munosib hissasi bilan tizimdagi yosh xodimlarning murabbiyiga aylangan faxriy kadastrchilar e’tirof etildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.