SURXONDARYO KADASTR
1.9K subscribers
19.2K photos
2.34K videos
22 files
11.5K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Yer inspektorlarining hududlarda olib borayotgan faoliyati tahlil qilinadi

🏢 Kuni kecha Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasida Menglimamat Abdiraxmanov boshchiligida va boshqarma ishchi-xodimlari hamda tuman bo`limlari ishtirokida zoom platformasi orqali yig'ilish o'tkazildi.

Unda Surxondaryo viloyatida yer to'g'risidagi qonun buzulishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama etildi.

"Har bir tuman, shahar bo'limlarida ishlayotgan yer inspektorlari faoliyati boshqarma tomonidan tahlil etib boriladi. Har bir xodim o'ziga belgilangan vazifaga sitqidildan yondoshishi va jamoasini orqaga tortmasligi kerak' dedi Boshqarma boshlig'i Menglimamat Abdiraxmanov.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi axborot xizmati
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Mol-mulkka taqiq qo'yilganligi to'g'risidagi elektron ma'lumotlar banki joriy etiladi

Hukumat qarori (468-son, 22.08.2022-y.) bilan Boshqa shaxsga o'tkazish taqiqlab yoki xatlab qo'yilgan mol-mulklar elektron ma'lumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish to'g'risidagi nizom tasdiqlandi

Qarorga ko'ra, 2022-yil 1-oktabrdan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida mol-mulkni boshqa shaxsga o'tkazish taqiqlab (xatlab) qo'yilganligi, shuningdek taqiqlab (xatlab) qo'yish bekor qilinganligi to'g'risidagi elektron ma'lumotlar banki joriy etiladi.

🔰Ma'lumotlarni elektron ma'lumotlar bankiga kiritishda:

▫️jismoniy shaxsning shaxsiga oid va avtomototransport vositalariga oid ma'lumotlar – Ichki ishlar vazirligi;
▫️yuridik shaxsga oid ma'lumotlar – Adliya vazirligi;
▫️ko'chmas mulkka oid ma'lumotlar – Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi;
▫️qishloq xo'jaligi, melioratsiya va yo'l-qurilish texnikalariga oid ma'lumotlar – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi;
▫️attraksionlar va ko'tarish inshootlari (minora kranlari)ga oid ma'lumotlar – Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi;
▫️kemalarga oid ma'lumotlar – Transport vazirligi;
▫️kichik hajmli kemalarga oid ma'lumotlar – Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining elektron axborot tizimlari orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.

🔘 Elektron ma'lumotlar banki davlat tilida shakllantiriladi va yuritiladi.

📝 Notarius elektron ma'lumotlar banki orqali mol-mulkni boshqa shaxsga o'tkazishni taqiqlab qo'yishi va taqiqni bekor qilishi mumkin.

Mol-mulkni boshqa shaxsga o'tkazishni taqiqlab yoki xatlab qo'yish, shuningdek, uni bekor qilishda to'lov undirilmaydi.

Murojaatga asosan elektron ma'lumotlar bankida mavjud ma'lumotlar notarius va (yoki) notarial arxiv mudiri tomonidan to'g'ridan-to'g'ri yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali yoxud E-notarius.uz axborot portali orqali taqdim etiladi.
Telegram Instagram YouTube Facebook
Сурхондарё вилояти бўйича 6277 та ер участкаларини е-auksion савдо платформасида сотиб олинг!

⭕️ 1 623 та Деҳқон хўжалиги учун ерлар (кўриш)
⭕️ 4 524 та Тадбиркорлик учун ерлар (кўриш)
⭕️ 34 та Қишлоқ хўжалиги учун ерлар (кўриш)
⭕️ 3 та Кўп қаватли уй-жой қуриш учун (кўриш)
⭕️ 76 та ёшлар саноат зоналаридаги ерлар (кўриш)
⭕️ 50 та кичик саноат зоналаридаги ерлар (кўриш)
⭕️ 15 та Янги Ўзбекистон массивлари учун ерлар (кўриш)
⭕️ 2 та Нодавлат умумтаълим ва мактабгача таълим муассасалари учун ерлар (кўриш)

Telegram Instagram YouTube Facebook
Сурхондарё вилоятида 34 ta Қишлоқ хўжалиги ерларини 30 йилга ижарага олинг
🔸
Олтинсой туманидан 2 та (кўриш)
🔸 Ангор туманидан 3 та (кўриш)
🔸 Бандихон туманидан 2 та (кўриш)
🔸 Музработ уманидан 3 та (кўриш)
🔸 Кумкургон туманидан 4 та (кўриш)
🔸 Узун туманидан 1 та (кўриш)
🔸 Шеробод туманидан 19 та (кўриш)

Telegram Instagram YouTube Facebook
#xalqaro_uchrashuv #hamkorlik_2022

⚡️Joriy yilning 27-sentabr sanasida Kadastr agentligida GEOTWO Co.LTD ijrochi direktori Kim Hyunsu va Agentlik direktori o'rinbosari Mirsaid Mirmaksudov boshchiligida IT hamda BPO masalalarida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔰Uchrashuvda GEOTWO Co.LTD kompaniyasining geoaxborot texnologiyalari borasidagi yechimlari, kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan axborot tizimlarining funksional afzalliklari, ma'lumotlarga o'zgartirish kiritish tartibi, tizimdan foydalanishda ma'lumotlarning tashqi ta'sirdan himoyalanish imkoniyatlari bilan tanishildi.

📌Ma’lumot uchun: “GEOTWO Co.LTD” 2000-yilda Koreya Respublikasida tashkil etilgan mustaqil geoaxborot kompaniyasi bo‘lib, Koreyaning geografik va fazoviy axborot sanoatida eng ilg‘or va yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #bilib_olgan_yaxshi #bu_qiziq

⚡️O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga muvofiq endilikda Kadastr bilan bog'liq 8 turdagi davlat xizmatlarini YaIDXM (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali)da elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

🟢 Bular quyidagilar:

1. Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish.
2. Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
3. O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
4. Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish.
5. Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish.
6. Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun).
7. Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun).
8. Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish.

📌Farmonni batafsil o'qish uchun

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔹Kadastr atamalari🔹

📰 Kartografiya - ma'lum hududni xaritada aks ettirish uchun ma'lum bir geografik hududning fizik xususiyatlarini o'rganadigan fan.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
​​28 sentyabr Xalqaro gunglar kuni.

🔴Xalqaro karlar (qulog‘i yaxshi eshitmaydiganlar) kuni 1951 yilda Butunjahon kar va soqovlar federatsiyasi yaralishi sharafiga taʼsis etilgan. Statistikaga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har to‘qqizinchi odam eshitish qobiliyatining buzilishida aziyat chekadi.

🟣Eshitish qobiliyati pasayishi jarohat, kasallik natijasida yoki tug‘ma bo‘lishi mumkin.

🟢 Dunyoda 2500 ta til bor. Lekin bundan tashqari yana bir muloqot shakli borki, oxirgi paytda yana-da ko‘proq ilmli insonlarni qiziqtirib kelmoqda, bu imo-ishora tilidir – kongress, simpozium, konferensiya kabi kar va soqovlar tadbirlarida xizmat ko‘rsatish uchun Butunjahon karlar federatsiyasi 50 – yillarda "jestuno” nomli imo-ishoralar tizimini ishlab chiqdi.

🔵 1960 yilda abbat de LʼEpe Fransiyada birinchi Parij karlar institutiga asos soldi. Abbat imo-ishora tilining tarafdori edi. Karlar kam gap va odamovi degan afsonalarga ishonmang. O‘nlab ajoyib va buyuk shaxslar kar bo‘lishgan. Pyer de Ronsar Tiklanish davri shoiri, yaxshi raqqos bo‘lgan , uni "Fransiya shoirlari shahzodasi” deb atashgan.

🟡
*Tarixda kar bo‘lgan buyuk shaxslar

*⭕️Viktor Gyugo Lyudving Van Betxoven buyuk kompozitor
⭕️ Antonio Staoli italyan rassomi
⭕️Klod Andre Desen fransuz haykaltaroshi
⭕️Jan Jak Russo fransuz faylasufi va yozuvchi
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook
#биласизми #ер_назорати

⚡️Ерни ўзбошимчалик билан эгаллаб олиш ҳақида хабар берганлар рағбатлантирилади

♻️Ҳукумат қарори (183-сон, 14.04.2022 й.) билан тасдиқланган низомга кўра, ер назорати ҳокимликлар, Кадастр агентлиги, Қишлоқ хўжалиги вазирлиги, Экология қўмитаси томонидан ўтказилади.

Кадастр назоратини эса Кадастр агентлиги олиб боради.

Ер назорати қуйидаги асосларга кўра 10 иш кунидан кўп бўлмаган муддатда ўтказилади:

🔹ер мониторингида қонунчилик бузилиши кузатилганда;
🔹электрон тизим орқали ва аэрокосмик суратларни солиштиришда қонун бузилиши қайд этилганда;
🔹ер қонунчилиги бузилишига оид мурожаатларга кўра;
🔹ОАВ ёки ижтимоий тармоқлардаги хабарлар асосида;
🔹суд ва бошқа органларга ерга оид ҳуқуқбузарлик ҳақида ахборот келиб тушганида.

❗️Ерни ўзбошимчалик билан эгаллаб олиш ҳақида хабар берганлар БҲМнинг 10 фоизи (30 минг сўм) миқдорида рағбатлантирилади.

Telegram Instagram YouTube Facebook
KUN HIKMATI

🌀Bir-birimizning ayblarimizni topish bilan shunchalar bandmiz-ki, go'zalliklardan baxramand bo'lishga ham, uni baham ko'rishga ham vaqt qolmayapti...

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#биласизми #ҳуқуқ #ВМ_71
⚡️Нафақат бинога, балки ерига ҳам эгалик қилинг

Бугунги кунга қадар фуқароларга тегишли уй-жойлар жойлашган ер участкалари, мерос қилиб қолдирилган умрбод эгалик қилиш ҳуқуқидаги ерлар, тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланадиган нотурар жой объектларининг ер участкаларига доимий фойдаланиш ҳуқуқлари берилган. Бунда бино ўзингизга тегишли бўлиб, унинг ери эса тегишли бўлмаган.

Жисмоний ва юридик шахслар эндиликда ер участкаларини хусусийлаштиришлари мумкин бўлди.

💻Бунинг учун ДХМ ёки
my.gov.uz портали орқали ариза берилади.
📋Ариза Кадастр агентлиги ва Қурилиш бўлимларига хусусийлаштиришга монелик қилмайдиган барча томонлар текширилиши учун йўналтирилади.
📨Текширувлардан ўтгач фуқарога тўловни амалга ошириш, яъни хусусийлаштириш ҳақида хабарнома юборилади.
📑Хабарнома орқали хусусийлаштириш учун тўловни амалга оширади ва давлат ордерига эга бўлади.
✍️Кадастр органлари томонидан мулк ҳуқуқи давлат рўйхатидан ўтказилади.
Telegram Instagram YouTube Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ислоҳотлар_рақамларда

⚡️ ШҲТнинг Самарқанд саммити бўйича 5 та факт

▪️1-факт: Саммит қатнашчилари таркиби ва дастури

▪️2-факт: Қабул қилинган ҳужжатлар ва эришилган келишувлар

▪️ 3-факт: «ШҲТ оиласи»нинг ва ҳамкорлик уфқларининг кенгайиши

▪️ 4-факт: ШҲТ саммитидаги Ўзбекистон ташаббуслари

▪️ 5-факт: Саммит ишининг халқаро медиа-маконда ёритилиши

Telegram Instagram YouTube Facebook
SURXONDARYODA KADASTR BO'YICHA NAZORAT QANDAY?!

🔰Kadastr
agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan 01.01.2022 yildan 26.09.2022 yilga qadar 1943 ta ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rib chiqilgan.

📌Jumladan,

🔹Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi 2-qismi bilan 620 ta, 60-moddasi 3-qismi bilan 98 ta, 60¹-modda bilan 13 ta, 68-modda 1-qismi bilan 136 ta, 68-modda 2-qismi bilan 2 ta, 68¹-moddasi bilan 993 ta va 69-moddasi bilan 81 tani tashkil etadi.

📄Ko‘rib chiqilgan ma’muriy ishlar bo’yicha 5 milliard 459 million 521 ming so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

📋Qo‘llanilgan jarimalarning 1 milliard 958 million 426 ming so‘mi undirildi. 348 ta holatda 60-modda 2-qismi bilan qo‘llanilgan ma’muriy jarimalar huquqbuzarlar tomonidan bartaraf etilganligi sababli, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasi bilan tugatilib, egallab olingan yer maydonlari tuman zaxirasiga qaytarildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.