SURXONDARYO KADASTR
1.88K subscribers
18.7K photos
2.27K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
⚡️Qonunga muvofiq, sug'oriladigan yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olishga yo'l qo'ymaslik bo'yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan chora ko'rmaslik, ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilsa,

🔰BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima
🔰yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari
🔰yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari
🔰yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash
🔰yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O'sha qilmish:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa,

🔰BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima
🔰yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash
🔰yoki3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

❗️Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u o'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta'minlasa hamda uning oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
#Kadastr #YERELEKTRON

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-32-sonli Farmoniga asosan, 2022-yilda "Yangi O‘zbekiston" massivlarida quriladigan ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun yer uchastkalarining elektron-auksion savdolariga chiqarish holati yuzasidan "YERELEKTRON"AATga vakolatli tashkilotlar xulosalarini olib kelajakda auksion savdolariga chiqarish maqsadida tizimga kiritilgan.

📄"YERELEKTRON"AATga vakolatli tashkilotlar xulosalarini olib kelajakda auksion savdolariga chiqarish maqsadida tizimga kiritilganlar soni 619 tani tashkil qiladi.

📌Shundan Yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan soni 84 ta maydoni 4.48 gektar ochiq elektron savdolariga chiqarilgan.

📄Shuningdek auksion savdolarida sotilganlar soni 585 ta maydoni 30,0 gektar sotilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#bilasizmi #yer_nazorati

🔰Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, yer nazorati hokimliklar, Kadastr agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladi.

Kadastr nazoratini esa Kadastr agentligi olib boradi.

Yer nazorati quyidagi asoslarga ko‘ra 10 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi:

🔹yer monitoringida qonunchilik buzilishi kuzatilganda;

🔹elektron tizim orqali va aerokosmik suratlarni solishtirishda qonun buzilishi qayd etilganda;

🔹yer qonunchiligi buzilishiga oid murojaatlarga ko‘ra;

🔹OAV yoki ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar asosida;

🔹sud va boshqa organlarga yerga oid huquqbuzarlik haqida axborot kelib tushganida.

❗️Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar BHMning 10 foizi (30 ming so‘m) miqdorida rag‘batlantiriladi.
📧SAVOL: Uyimiz 1950-yillarda qurilgan, kadastr qilinmagan. Ota-onam o‘tib ketgan hozirda aka-uka shu hovlida istiqomat qilamiz. Arxivdan uy hujjatlari topilmadi, biladigan qarindoshlarim o‘tib ketgan. Bunday holatda qay tartibda uyni kadastr qildirsak bo‘ladi?

🧾JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-sonli qaroriga asosan, Yer kodeksi amal qilgan davrda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining olingan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asos bo‘ladi. Shuningdek, davlat arxivlari saqlovida mavjud bo‘lmagan yoki ularni topish imkoni qolmagan taqdirda, o‘rnatilgan tartibda sudning qarori bilan belgilanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Bosh inspektor lavozimi uchun nomzod bilan suhbat o'tkazildi.

Bugungi kunda Sariosiyo tumani bo'limidagi bosh inspektor lavozimi bo'sh turibdi.

Shundan kelib chiqib, Kadastr agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasida Sariosiyo tumani bo'limi bosh inspektor lavozimini munosib nomzod bilan to'ldirish maqsadida "Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali" test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan nomzod bilan suhbat o'tkazildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
Президент Шавкат Мирзиёев ислоҳотларни янада жадаллаштириш ва натижадорлигини таъминлаш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам дальнейшего ускорения реформ и обеспечения их эффективности.

#Mirziyoyev #yigilish #islohotlar #strategiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
KUN HIKMATI

🌀 Bu hasrat yo'qmidi mendan oldin ham, ming yillik faryodlar haqda o'ylayman. Zero, kimningdir ko'ngliga ozor berishdan avval o'z ko'nglingiz darchangizga boqing.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
#Surxondaryo #DavKadastrPalata #xatlov

Surxondaryoda kadastr hujjati bo‘lmagan turar-joylar xatlovdan o‘tkazilmoqda

🔰Joriy yilning 18-iyul kunida davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig'ilishida kadastr hujjatiga ega bo‘lmagan, davlat ro‘yxatidan o‘tmagan yakka tartibdagi uy-joylarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha mutasaddilarga qator topshiriqlar belgilab berilgan edi.

🔰Mazkur topshiriqni viloyatimizda ham ijrosini ta’minlash yuzasidan kadastr xodimlari tomonidan joylarda o'tkazilayotgan xatlovlar ishlari hamda egalik huquqi bo'lmagan xonadonlarga oid ma’lumotlar "Uzkad" elektron bazasiga kiritish ishlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimiz.
Telegram Instagram YouTube Facebook