SURXONDARYO KADASTR
1.86K subscribers
18.9K photos
2.31K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
🔹Auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining haftalik hisoboti🔹

📧
Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 13-20 sentabr kunlari auksion savdolariga taqdim etilgan 553 ta yer uchastkalarining statistik ma’lumotlari bilan tanishing.

📧 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#yer_nazorati #Surxondaryo

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan yerqonunbuzilish holatlari bo'yicha ko'rilgan choralar shahar va tumanlar kesimida quyidagi infografikada tanishishingiz mumkin.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
♻️ "SURXON TONGI" gazetasining 2022 yil 36-sonida "Kadastrsiz 309 ming uy bor-u " nomli maqolasi chop etildi.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook
Savol: Yerni xususiylashtirish qanday toifadagi yerlarga amal qiladi

Javob: Avvalo shuni aytishimiz kerak - qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga nisbatan amal qiladi.

BULAR...

⭕️yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;

⭕️O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;

⭕️ xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalari;

⭕️bo‘sh turgan yer uchastkalari.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#murojaatlar #statistika #tahlil
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalariga 2022 yil 12-16 sentabr kunlari oralig‘ida kelib tushgan murojaatlar tahlili

✉️Jami kelib tushgan murojaatlar soni – 204 ta

🔺Yer maydoni ajratish bo‘yicha 40 ta
🔺Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 60 ta
🔺Mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 11 ta
🔺Nizoli holatlar bo‘yicha 28 ta
🔺So‘rovnomalar 64 ta

📚Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 204 ta murojaatdan 137 ta ijobiy hal qilingan, 204 ta murojaat muddatida yopilgan.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
#Tayinlov #Surxondaryo #Vacancy_argos

Xudaynazarov Aziz Chorshamiyevich - Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Sariosiyo tuman bo`limi bosh inspektor lavozimiga o'tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g'olibi.

Bunga qadar Kadastr agentligi Sariosiyo tuman bo`limida yetakchi inspektor vazifasida faoliyat yuritgan.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
#Kadastr #kartografiya #xarita

⚡️ Respublikaning interaktiv raqamli xaritasi yaratilmoqda.

💠Kadastr agentligi “Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tuman va shaharlarining mahalla fuqarolar yig‘inlari kesimida interaktiv raqamli xaritalari ishlab chiqilmoqda.

💠Interaktiv raqamli xaritalarda respublika hududidagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarining yer maydoni, chegara hududi, nomi, aholi soni va toifasi, mavjud yo‘llar, ko‘chalar, fermer xo‘jalik yerlari, xiyobonlar, daryo va kanallar, madaniy meros obyektlari, ma’muriy bino va inshootlar, ko‘p qavatli uylar, ta’lim muassasalari, zavod va fabrikalar, korxona va tashkilotlar, xo‘jalik birlashmalari va boshqalar to‘g‘risidagi umumlashtirilgan to‘liq ma’lumotlar aks ettiriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#kadastr #yer_nazorati_2022

📊Yer nazoratchi inspektorlar tomonidan aniqlangan o'zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlari to'g'risida ma'lumot.

🇺🇿Respublika bo'yicha 12 749 ta holatda jami 3 865,1 gektar yer maydonlari fuqarolar tomonidan o'zboshimchalik bilan egallab olingan.

BATAFSIL INFOGRAFIKADA

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️Davlat ro‘yxatidan o'tgan ▫️

🔘 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 14-20- sentabr kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi. Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📊 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 8 360 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔹Koreyadan xorij tajribasi🔹

🇰🇷 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan bir guruh mutaxassislarimiz ayni kunlar Koreya Respublikasining Seul shahrida xizmat safarida bo'lib turishibdi.

🔵 Seul shahrida LG-LX konsorsiumi tomonidan "Kadastr va ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazishning integratsiyalashgan axborot tizimi (UzKad axborot tizimi ) yaratish" komponenti doirasida tashkil etilgan o'quv amaliy kursida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi, shuningdek Geoinfokom DUKdan jami 19 nafar yetakchi kadastr mutaxassislari va mas’ullari qatnashishmoqda.

🔵 Malaka oshirish va tajriba almashish kurslarida :
— UAV texnologiyasi va qo'llanilishi;
— K-manzillar tizimini joriy etish;
— Koreyaning yer siyosati va iqtisodiy o'sishi kabi mavzular tahlil etilmoqda.
Xorij tajribasi natijalari haqida yana ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #xorij_safari #Koreya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
​​22 Sentyabr Xalqaro Avtomobilsizlik kuni

🟢 1908 yilda Amerikalik injener va sanoatchi Genri Ford Ford- t deb nomlangan yangi avtomobil modelini ishlab chiqarishni boshladi. Bir yil o‘tib, yaʼni 1909 yilda, Rossiyada 1- raqamli avtomobil ishlab chiqarildi. O‘sha paytlarda buning naqadar jadal rivojlanish ekanini hech kim tahlil qilmagandi.

🟣 Bir kunni avtomobilsiz o‘tkazish fikri 1998 yilda Fransiyada tug‘ildi. O‘shanda bu kunni bor yo‘g‘i 20 maga yaqin shahar nishonladi.

♻️2001 yilga kelib esa dunyoning 35 mamlakatida mingdan ortiq shaharda nishonlanadigan bo‘ldi.

🔴Bugungi kunda mamlakatlarning juda ko‘pchiligi faqatgina katta shaharlarda muammo bo‘layotgani yo‘q. Bu muammo yarim asr mobaynida global darajaga yetgan. Avtotransport nafaqat sayyoramiz biosferasini, balki insonga ham ziyon yetkazadi.

🔵 Har kuni avtomobildan 3000 dan ortiq odam qurbon bo‘lishi hisoblab chiqilgan. Statistika bo‘yicha har minutda yangi avtomobil ishlab chiqariladi. Shunday bo‘lsada ishlab chiqarish tobora o‘sib bormoqda.

🟡 Zamonaviy hayotimizda avtomobildan butunlay voz kechish mumkin emasligini tushungan holda, shahar hokimlari va turli tashkilotlar boshliqlari jamiyatga avtotransport keltirib chiqaradigan muammolarni yilda bir bor bo‘lsa ham eslatib o'tishadi.Bugungi kunda Yevropaning yirik shaharlarida tramvay, trolleybus, avtobus, metro va boshqa jamoat transportlari, jumladan velosiped va yayov yurish foydasiga avtomobildan foydalanishni kamaytirishadi.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook
⚜️Ko'chmas mulk reytingi⚜️

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati Respublika bo'yicha jami ko'chmas mulk obyektlari soni haqidagi statistikani e'lon qildi. Ko'chmas mulklarning erkak va ayollar kesimidagi reytingiga e'tibor qaratadigan bo'lsak:

👨🏽‍💼 Eng ko'p erkak mulkdorlar - Samarqand viloyatida;
🤵🏻‍♀️ Eng ko'p ayol mulkdorlar - Toshkent shahrida ro'yxatga olingan.

◽️ Keng jamoatchilikka taqdim etilgan mazkur ma'lumot quyidagi ommaviy axborot vositalarining rasmiy sahifalarida ham e'lon qilindi:

⚡️KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
⚡️Uzbekistan| Расмий канал Тезкор Хабарлар ва Янгиликлар
⚡️ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН | Расмий канал
⚡️Nuz.uz| Янгиликлари
⚡️ХАЛҚ ОВОЗИ ! ГОЛОС НАРОДА
⚡️EFFECT.UZ

👆 Yuqoridagi infografikada esa jami ko'chmas mulk obyektlari egalarining gender mansubligini hududlar kesimida ko'rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Ахборот хизматлари раҳбарлари учун навбатдаги ўқув-семинар ўтказилди

Термиз шаҳридаги Матбуот уйида Халқ депутатлари Сурхондарё вилояти кенгашининг ахборот сиёсати ва давлат органларида очиқликни таъминлаш масалалари бўйича доимий комиссияси, вилоят ҳокимлиги Ахборот хизмати ҳамда Президент Администрацияси ҳузуридаги Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги вилоят ҳудудий бошқармаси ҳамкорлигида давлат бошқарув идоралари ахборот хизматлари раҳбарлари учун навбатдаги ўқув-семинар ташкил этилди.

Семинарда “Давлат ҳокимияти ва бошқаруви органлари фаолиятининг очиқлиги тўғрисида” ги қонун ҳамда соҳага оид бошқа қонунчилик ҳужжатлари ижроси, ташкилотнинг расмий веб-сайтини очиқ маълумотлар сифатида жойлаштирилиши керак бўлган ижтимоий аҳамиятга молик ахборотлар билан тўлдириш ва доимий янгилаб бориш, ахборот макони мониторингини юритиш, медиа-режалар ижросини таъминлаш, ОАВ вакиллари билан ҳамкорликда ишлаш масалалари ҳақида атрофлича фикр алмашилди.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site