SURXONDARYO KADASTR
1.86K subscribers
18.8K photos
2.28K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#Yer_solig_i #Soliq_to_lovchi #Jismoniy_shaxslar

🔵Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.

‼️Uy-joy, yashash uchun mo‘ljallanmagan imoratlar va inshootlar meros bo‘yicha o‘tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi o‘tgan
yer uchastkalari uchun yer soligi meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini inobatga olgan holda merosxo‘rlardan undiriladi.

Asos
: O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 433-moddasi
#Yer_solig_i #Soliq_to_lovchi #Yuridik_shaxslar

🔵Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.

🏢Ko‘chmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi. Bunda moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijaraga (lizing) berilgan (olingan) ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha ijaraga oluvchi (lizing oluvchi) soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.

‼️Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o‘z ulushi uchun soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.

Asos
: O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 425-moddasi
▫️Soliq to‘lovchilar soni oshgan▫️

🔲 Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda yer soligi to‘lovchi yuridik shaxslar soni 165 586 ta bo‘lsa, 2022 yilga kelib ularning soni 174 924 taga oshgan.

🔲 Yer soligi to‘lovchi jismoniy shaxslar esa 2021 yilda 6 421 694 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yil bu ko‘rsatkich 6 620 449 nafarga yetdi.

#DavKadastrPalata #yer_solig_i

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube