SURXONDARYO KADASTR
1.87K subscribers
18.8K photos
2.28K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
▫️Huquqiy savodxonlik oyligi▫️

⚜️ Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o'z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o'z o'rnida foydalanmaslik uchun yaroqli holga keltirmaslik

▫️Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o'z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o'z o'rnida foydalanmaslik uchun yaroqli holga keltirish yuzasidan majburiyatlarni bajarmaslik - bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

O‘zbekiston Respublikasi 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks
67-modda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️422 ta Hukumat qarori bekor qilindi ▫️

🔲 “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (396-son, 21.07.2022 y.) bilan normativ-huquqiy hujjatlarni “tartibga soluvchi gilotina” usuli orqali tizimlashtirish natijasida 422 ta Hukumat qarori o‘z kuchini yo‘qotdi.

🔲 O‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlarning 90 foizi (331 ta)ni yaxlit qarorlar, 10 foizi (91 ta)ni esa hujjatlarning ayrim bandlari tashkil qiladi.

📌 Hujjat Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Tokzorlar uchun yerlar ijaraga beriladi▫️

⚜️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar (sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmi) yerlar) tokzorlar va uzumchilik uchun ochiq tanlov asosida 30 yil muddatga ijaraga beriladi.

⚜️ Ochiq tanlovga yerlar dehqon xo‘jaliklari tashkil etgan holda tokzorlar barpo etish uchun – 0,06 – 1 gektar o‘lchamlarda, yaxlit konturda yirik tokzorlar barpo etish uchun 1–30 gektar o‘lchamlarda chiqariladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

⚜️Yer uchastkalaridan imorat qurish uchun foydalanish

◻️ Yer uchastkalarini (haydaladigan yerlar bundan mustasno) doimiy egalik qilishga va foydalanishga, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga, uzoq muddatli vaqtincha foydalanishga, ijaraga va mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini saqlash vazifasiga oid majburiyatlar bajarilgan taqdirda o‘zlari olgan korxonalar, binolar, imoratlar, inshootlarni belgilangan tartibda qurish, buzish yoki rekonstruksiya qilishga haqlidir.

O'zbekiston Respublikasi                                        Yer kodeksi, 26-modda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

Yer uchastkalaridan imorat qurish uchun foydalanish

⚜️ Yer uchastkalarini (haydaladigan yerlar bundan mustasno) doimiy egalik qilishga va foydalanishga, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga, uzoq muddatli vaqtincha foydalanishga, ijaraga va mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini saqlash vazifasiga oid majburiyatlar bajarilgan taqdirda o‘zlari olgan korxonalar, binolar, imoratlar, inshootlarni belgilangan tartibda qurish, buzish yoki rekonstruksiya qilishga haqlidir.

O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksi, 26-modda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish

⚜️ Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo‘lmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish, axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari, mansabdor shaxslarga esa — besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksi, 68-modda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

Moddiy madaniy meros obyektlarini xo‘jasizlarcha saqlash

⚜️ Agar mulkdor o‘ziga qarashli moddiy madaniy meros obyektiga xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lsa va uning but saqlanishini ta’minlamasa, madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organlar mulkdorni moddiy madaniy meros obyektiga xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lishni to‘xtatish haqida ogohlantiradi. Agar mulkdor ushbu talabni bajarmasa, tegishli organlarning da’vosiga ko‘ra sud moddiy madaniy meros obyektini olib qo‘yish haqida qaror chiqarishi mumkin va ushbu moddiy madaniy meros ob’ekti davlat mulkiga o‘tadi.
Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda moddiy madaniy meros obyektini olib qo‘yish haqidagi da’vo oldindan ogohlantirmasdan ham qo‘zg‘atilishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 190-modda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

Prezidentning “Ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

⚜️ Hujjatga ko‘ra:

foydalanilmayotgan ob’ektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda qo‘llanilgan ta’sirchan soliq mexanizmi natijasida hosil bo‘lgan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha:
🔹 mavjud soliq qarzi hisobdan chiqariladi;
🔹 soliq qarzini undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi;

2022 yil 1 iyuldan mazkur farmon kuchga kirgunga qadar bo‘lgan davrda ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida undirilgan soliq summalari kelgusi to‘lovlar hisobiga belgilangan tartibda tegishli ob’ekt mulkdorlariga qaytariladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Subsidiya asosida olingan uylarga imtiyozlar▫️

⚜️Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–377-son, 22.09.2022 y.) qabul qilindi.

⚜️ Qarorga muvofiq, 2023 yil 1- yanvardan uy-joy uchun subsidiya berilgan fuqarolarning ipoteka kreditlari va ularning foizlari uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad solig‘iga tortilmaydi.

Batafsil⬇️
https://telegra.ph/Subsidiya-asosida-olingan-uylarga-imtiyozlar-09-23

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube