Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.36K subscribers
13.4K photos
1.63K videos
59 files
11.5K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

🔰 Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. SHunga ko'ra, notariuslar tomonidan bitimni tasdiqlashda avtomashina egasining turmush o'rtog'ining roziligi talab etiladi.

📁 Quyidagi hollarda esa bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi:

🔹nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan;

🔹meros tariqasida yoki hadya shartnomasi bo'yicha olingan;

🔹nikoh davomida sotib olingan avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan bo'lsa;

🔹er-xotin o'rtasidagi mulkni bo'lish to'g'risidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo'lsa.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Aholi punktlarida avtomobil magnitofonidan baland ovozda foydalanish mumkin emas


Manba: Yo'l harakati qoidalari

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Milliy davlatchiligimizning uch ming yildan ziyod tarixini aks ettiruvchi filmlar turkumi ishlab chiqiladi


“Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda mamlakatimiz tarixiga bag'ishlangan filmlar turkumini yaratishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-209-son, 05.06.2024 y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, kinematografiya sohasini yangi bosqichga ko'tarish, milliy davlatchiligimizning uch ming yildan ziyod tarixini, buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma'naviy merosini aks ettiruvchi filmlar turkumini ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2024–2027 yillarga mo'ljallangan “Tirik tarix” filmlar turkumini yaratish dasturi (“Tirik tarix”) tasdiqlandi.

✔️Dastur orqali vatan ozodligi va ravnaqi yo'lida kurash olib borgan buyuk sarkarda va davlat arboblarining murakkab hayoti va davlatchilik faoliyatini xolis va haqqoniy ko'rsatib berish belgilandi.

🏢Shuningdek, quyidagilar tuzildi:

🔹Kinematografiyani rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha milliy komissiya (Milliy komissiya);

🔹Filmlarning g'oyaviy-badiiy saviyasini oshirishga ko'maklashuvchi milliy kengash (Milliy kengash).

📁“Tirik tarix” dasturi doirasida:

🔸filmlar ishlab chiqarish uchun kinoloyihalarni tayyorlash bo'yicha tanlov tashkil etiladi va eng yaxshi kinoloyihalar tanlab olinadi;

🔸kinoloyihalarga muvofiq filmlar ishlab chiqarish uchun taqdimot shaklidagi tanlovlar (pitching) asosida kinokompaniyalar aniqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Kinochilar uyi” “O'zbekiston Milliy kino san'ati saroyi” deb qayta nomlandi


🔰 Qarorga muvofiq, Kinematografiya agentligiga mahalliy va xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlik (co-production) asosida “Tirik tarix” dasturi doirasidagi filmlarni yaratishga ruxsat berildi.

🏢 Shuningdek, “Kinochilar uyi” “O'zbekiston Milliy kino san'ati saroyi” deb qayta nomlandi.

🔎 O'zbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi qoshida kinematografiya sohasi uchun o'rta maxsus mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash maktabi (kinomaktab) tashkil qilinadi.

📜Respublikadagi oliy va o'rta-maxsus ta'lim muassasalarida, o'rta maktablarda kinolektoriylar, tuman (shahar)larda joylashgan madaniyat markazlarida milliy filmlarning bepul namoyishlari tashkil etiladi.

Bunda, ushbu namoyishlar Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi huzuridagi axborot-multimedia striming platformasi
(uzbekkino.uz) orqali amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Har bir bola sog'lig'ini saqlash huquqiga ega


🔰 Bolaning sog'lig'ini saqlash huquqi davlat tomonidan quyidagi yo'llar bilan ta'minlanadi:

malakali tibbiy xizmat ko'rsatilishini tashkil qilish;

bolaning, uning ota-onasining salomatligini nazorat qilish va bolalar kasalliklari profilaktikasi;

bolalar va o'smirlarni davolash-profilaktika muassasalarida dispanser kuzatuvini olib borish hamda davolash;

talab darajasidagi sifatga ega bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishi va sotilishini nazorat qilish;

bolaning fiziologik xususiyatlari va sog'lig'i holatiga javob beradigan ta'lim olish hamda mehnat qilish sharoitlarini yaratish;

kasbga yaroqlilikni aniqlashda bepul tibbiy maslahat berish;

sanitariya-gigiena ta'limi berish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va rag'batlantirish;

sog'lig'ining holati to'g'risida bola uchun qulay bo'lgan tarzda zarur axborotni taqdim etish.

⚠️ Davlat sog'lom bola tug'ilishini ta'minlash uchun onaga uning sog'lig'ini saqlash sharoitlarini yaratadi hamda davlat bolalarga qonunchilikka muvofiq hajmda bepul tibbiy yordamni kafolatlaydi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Bilasizmi

Aliment to'lash majburiyati qanday holatlarda tugatiladi?

Batafsil: bu yerda o'qing

Ushbu savolga Qumqo'rg'on tumani adliya bo'limi bosh maslahatchisi D.Xudoyqulova javob beradi

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

🔰 Da'vo muddatining o'tganligidan qat'i nazar, ariza beruvchining talabi sudda ko'rib chiqish uchun qabul qilinadi. Bu holat da'vo arizasini qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish uchun asos bo'lmaydi.

🗓 Da'vo muddatining o'tganligi sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qo'llanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍1
#Huquqiy_targ‘ibot

Mustahkam oila - jamiyat tayanchi

Oila asrlar davomida shakllanib kelayotgan jamiyatimizning mustahkam poydevori va uni harakatga keltiruvchi qudratli kuch hisoblanadi. Oilaning ijtimoiy-ma’naviy barkamolligi esa davlat va jamiyat farovonligining asosiy negizini tashkil etadi.

Bandixon tumani adliya bo‘limi FHDY bo'limi Surxondaryo viloyati oila va xotin-qizlar boshqarma boshlig‘i Z.A.Xidirova, tuman xotin- qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda tuman oila markazi binosida Xotin-qizlar va oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab–quvvatlash, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar, oilaviy ajrimlar, erta nikoh va erta tug‘ruqni oldini olish bo‘yicha davri suhbati tashkil etildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Bilasizmi

🏢 Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o'rni quyidagicha qoplanadi:

🔹voyaga yetmagan shaxslarga — 18 yoshga to'lguniga qadar;

🔹18 yoshdan oshgan o'quvchilarga — kunduzgi ta'limni tugatguniga, lekin ko'pi bilan 23 yoshga to'lguniga qadar;

🔹55 yoshdan oshgan ayollarga va 60 yoshdan oshgan erkaklarga — umrbod;

🔹nogironligi bo'lgan shaxslarga — nogironlik muddatiga;

🔹marhumning qaramog'ida bo'lgan bolalarini, nabiralarini, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlash bilan band bo'lgan ota-onasidan biriga, eriga (xotiniga) yoki boshqa oila a'zosiga — qaramog'idagi shaxslar 14 yoshga to'lguniga qadar.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍3
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, har qanday yo'llarda:

yukxonasida odam tashiyotgan yuk avtomobillari tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan;

bolalar guruhini tashkiliy tashiyotgan transport tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan;

mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan;

xavfli, og'ir vaznli va katta o'lchamli yuklarni tashiyotgan, tashkiliy jamlanmada harakatlanayotgan transport vositalari DYHXX bilan kelishilgan tezlikdan oshirmasdan harakatlanishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishing:

▪️Ayrim korxonalarning maxsus (eksklyuziv) huquqlari bekor qilinadi Manba: (PF-85-son, 03.06.2024 y.);

▪️Temir yo'lda yuk tashish uchun taqdim etilayotgan chegirmalar bosqichma-bosqich bekor qilinadi Manba: (PF-85-son, 03.06.2024 y.);

▪️Korporativ buyurtmachilarning xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga taqdim etilgan imtiyozlar va preferensiyalar bekor qilinadi Manba: (PF-85-son, 03.06.2024 y.);

▪️Aksiz solig'i to'lanadigan tovarlar uchun aksiz solig'i bosqichma-bosqich birxillashtiriladi Manba: (PF-85-son, 03.06.2024 y.);

▪️Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etiladi Manba: (PF-84 son, 03.06.2024 y.);

▪️Alkogol va tamaki mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalar soliq organlarida majburiy hisobga qo'yiladi Manba: (PF-84 son, 03.06.2024 y.);

▪️Iste'mol etil spirti va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi har bir korxonaga departament xodimlari biriktiriladi Manba: (PF-84 son, 03.06.2024 y.);

▪️“O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi Manba: (PQ-204-son, 03.06.2024 y.);

▪️Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot ta'sis etiladi Manba: (PQ-205-son 04.05.2024 y);

▪️“Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida”gi Qonun imzolandi Manba: (O'RQ-931-son, 05.06.2024 y.);

▪️Ehtimoliy manfaatlar to'qnashuvi to'g'risidagi deklaratsiyada qanday ma'lumotlar bo'lishi belgilandi Manba: (O'RQ-931-son, 05.06.2024 y.);

▪️Odob-axloq komissiyasi mavjud yoki ehtimoliy manfaatlar to'qnashuvlari to'g'risida xulosa qabul qiladi Manba: (O'RQ-931-son, 05.06.2024 y.);

▪️Xodim mavjud manfaatlar to'qnashuvi o'ziga ma'lum bo'lganda rahbariga yoki maxsus bo'linmaga xabar berishi shart Manba: (O'RQ-931-son, 05.06.2024 y.);

▪️Rahbar hamda maxsus bo'linmaning rahbari manfaatlar to'qnashuvini tartibga solish uchun mas'ul hisoblanadi Manba: (O'RQ-931-son, 05.06.2024 y.);

▪️Deklaratsiya har yili 15 fevralgacha umumlashtiriladi va tahlil qilinadi Manba: (O'RQ-931-son, 05.06.2024 y.);

▪️“O'zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi Manba: (PQ-210-son, 05.06.2024 y.);

▪️Manfaatlar to'qnashuvini aniqlashda faol yordam bergan shaxslar mukofotlanadi Manba: (PQ-210-son, 05.06.2024 y.);

▪️“O'zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o'tishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi Manba: (PQ-213-son, 05.06.2024 y.);

▪️Milliy davlatchiligimizning uch ming yildan ziyod tarixini aks ettiruvchi filmlar turkumi ishlab chiqiladi Manba: (PQ-209-son, 05.06.2024 y.);

▪️“Kinochilar uyi” “O'zbekiston Milliy kino san'ati saroyi” deb qayta nomlandi Manba: (PQ-209-son, 05.06.2024 y.).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Bir harakatda Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin!

Buning uchun:
Jismoniy
yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.

Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 1 barobaridan 80,5 barobarigacha yig‘im undiriladi.

Ariza 5-25 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti (qog‘oz yoki plastik shaklda) taqdim etiladi.

Keyingi qadamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha bo'lgan miqdorda yig'im undirilgandan, so'ng real vaqt rejimida Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi ko‘chirmani yuklab olish mumkin bo'ladi.

Ushbu qulaylik haqida do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Muhim

📣 Hurmatli, hamyurtlar!

Ichki ishlar vazirligining “Manzil” (fuqarolarning doimiy va vaqtincha yashash manzili yuzasidan JShShIR hamda kadastr raqami orqali qidirish) veb-servisi server qurilmalarida nosozliklar kuzatilayotganligi sababli, notariuslar tomonidan koʻchmas mulklar bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlashda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Ayni paytda mutaxassislar tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️"Yoshlar daftari"ga kiritilgan bemor yoshlarga davolanish uchun subsidiya beriladi


Manba: VMQ-312-son, 07.06.2022 y.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍1
Boysun tumanida aholi muammolari o‘rganildi.

🔹Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80 sonli Farmoni ijrosi yuzasidan adliya bo‘limlariga yuklatilgan yangi vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Qizilnavr mahallasida “Mahalla yettiligi”ga Farmon mazmun-mohiyati oddiy va xalqchil tilda yetkazildi.

Shuningdek, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan targibot tadbirlari ham tashkil etildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍3