Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.36K subscribers
13.5K photos
1.63K videos
59 files
11.5K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari #bepul_tibbiy_yordam
#bir_murojaat_izidan

"Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi bo‘yicha biriktirilgan oilalarga bepul tibbiy xizmatlar ko'rsatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.09.2024-yildagi «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi   PQ-330-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz tumani "Namuna" mahallasida biriktirilgan oilalarga bepul tibbiy xizmatlar ko'rsatildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Taklif bering, rag‘bat oling!

Qonunchilik loyihalariga eng ko‘p taklif bergan va takliflari qabul qilingan fuqarolar rag‘batlantiriladi!

Batafsil videoda bilib oling👆
#Gazeta

Chekka hududlarda ishlovchilarga qanday imtiyozlar bor?

"Darakchi" gazetasining navbatdagi sonida bu haqda Surxondaryov iloyat adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va mediatsiya sho‘basi boshlig‘i Sh.Tilovov batafsil javob beradi.

🌟 Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting!

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
🔥3👏1
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Parlamentdagi muxolifatning kafolatlangan huquqlari kengaytiriladi


Qonun (O'RQ–1077-son, 30.07.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

🔰 Qonun bilan ayrim qonunlarga o'zini parlamentdagi muxolifat deb e'lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasiga bir qancha qo'shimcha huquqlar berishni nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritildi.

Qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, o'zini parlamentdagi muxolifat deb e'lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi quyidagi huquqlarga ega bo'lishi ko'zda tutildi:

🔹 o'z vakillari Qonunchilik palatasining 1 nafar qo'mita raisi va 2 nafar qo'mita raisi o'rinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi;

🔹 qonun loyihasi ikkinchi o'qishda ko'rib chiqilguniga qadar ham o'sha masalaga doir qonun loyihasi yoki uning tarkibiy qismining muqobil tahririni kiritish;

🔹 har chorakda "hukumat soati" va parlament so'rovi doirasida masala kiritish.

📍 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Suv kodeksi qabul qilindi


Qonun (O'RQ–1076-son, 30.07.2025-y.) bilan O'zbekiston Respublikasining Suv kodeksi tasdiqlandi.

🔰 Kodeks suv, suv obyektlari, suv xo'jaligi obyektlari va suv fondi yerlaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

✔️ Kodeksga ko'ra, suv umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

🔗 Suvdan foydalanish umumiy va maxsus foydalanishga bo'linadi.

📋 Suv obyektlarining toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

🔹 O'zbekistonning yer usti va yer osti suv obyektlari;

🔹 O'zbekistonda joylashgan va uning hududini kesib o'tadigan transchegaraviy yer usti va yer osti suv obyektlari.

Suv obyektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda bo'lishi mumkin.

🏛 Suv resurslarini boshqarishda qarorlar qabul qilish maqsadida respublika va havzalar, zarur hollarda hududlar darajasida kollegial-maslahat organi shaklida suv kengashlari tashkil etiladi.

🖼 Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika suv kengashi tashkil etiladi.

📍 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Suv obyektlaridan suv servituti asosida foydalanish asoslari belgilandi


📙 Kodeksga ko'ra, suv obyektlari doimiy yoki vaqtincha foydalanishga, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitimlarga asosan foydalanishga beriladi.

⌛️ Suv obyektidan vaqtincha foydalanish muddati 3 yildan kam bo'lmasligi va 49 yildan oshmasligi kerak.

✔️ Suvdan umumiy foydalanish jumlasiga quyidagilar kiradi, jumladan:

▪️ o'zining ichimlik va xo'jalik-maishiy ehtiyojlari uchun suv olish;
▪️ cho'milish;
▪️ chorva mollarini sug'orish;
▪️ sport va havaskorlik yo'li bilan baliq ovlash.

Suvdan umumiy foydalanish ruxsatsiz va cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

📝 Suvdan maxsus foydalanish Kodeksda belgilangan hollarda ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.

🔗 Shuningdek, suv servituti quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin, jumladan:

suvdan umumiy foydalanish;
fuqarolar va transport vositalarining o'tishi;
hayvonlarni sug'orish va chorva mollarini haydab o'tish;
sohil bo'yi zonalaridan erkin foydalanishni va undan o'tishni ta'minlash.

📋 Suv servituti ommaviy va xususiy suv servituti shaklida bo'lishi mumkin.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Suv olish tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar qo'llanadi


💰 Kodeksga ko'ra, baliq xo'jaligi, sanoat, energetika va xo'jalik-maishiy ehtiyojlar uchun suv olish tartibi yuridik shaxslar tomonidan buzilganda, ularga nisbatan quyidagi miqdorlarda jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qo'llaniladi, jumladan:

🔹 suvdan foydalanuvchilar belgilangan limitdan ortiq olgan har ming kub metr suv uchun – BHMning 20 foizi;

🔹 suvdan foydalanuvchilar suv olish shartnomalari tuzilmagan holda olgan har ming kub metr suv uchun – BHMning 30 foizi;

🔹 suvdan foydalanuvchilar suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan holda olgan har ming kub metr suv uchun – BHMning 5 foizi;

🔹 suv xo'jaligining foydalanuvchi tashkilotlari, suv yetkazib beruvchi tashkilotlar va suvdan foydalanuvchilar suvdan maxsus foydalanishga doir ruxsatnomasiz olgan har ming kub metr suv uchun – BHMning 40 foizi.

✔️ Suv olish tartibining buzilishi moliyaviy sanksiyalar qo'llanilganidan keyin 1 yil ichida takroran sodir etilganda, ushbu moliyaviy sanksiyalar 5 baravar miqdorda qo'llaniladi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Pedagoglar va iqtidorli o'quvchilarni dam olish maskanlariga qabul qilish tartibi belgilandi


Hukumat qarori (474-son, 29.07.2025-y.) bilan “O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi dam olish maskanlariga dam oluvchilarni qabul qilish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga ko'ra, maskanlarga yo'llanmalar yil davomida berilib, u yerda dam olish 12 kunlik kun tartibi asosida amala oshiriladi.

Dam olish har yili quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:

🔹 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi (Vazirlik) tizimi xodimlari va ilg'or pedagoglar uchun – sentabr-may oylarida;

🔹 iqtidorli o'quvchilar uchun – iyun-avgust oylarida.

🏛 Har bir hududda maskanlarga dam oluvchilarni saralash uchun komissiyalar tashkil etiladi.

✔️ Komissiyalar tomonidan maskanlarga 7-14 yoshli iqtidorli o'quvchilar belgilangan mezonlar asosida tanlab olinadi.

📜 Shuningdek, dam olish maskaniga quyidagi ilg'or pedagoglar tanlab olinadi:

▪️ xalqaro olimpiadalar g'oliblarini tayyorlagan o'qituvchilar;
▪️ o'qituvchi bo'lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g'oliblari;
▪️ xorijiy til va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo'yicha xalqaro sertifikatlarga ega o'qituvchilar;
▪️ asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g'oliblarini tayyorlagan o'qituvchilar;
▪️ respublika bosqichidagi ko'rik-tanlovlarda faxrli o'rinlarga ega bo'lgan o'qituvchilar;
▪️ oliy va 1-malaka toifasiga ega boshlang'ich sinf o'qituvchilari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglari;
▪️asosiy olimpiadalarning viloyat bosqichi g'oliblarini tayyorlagan o'qituvchilar.

🔗 Belgilangan mezonlar bo'yicha dam oluvchilarga ketma-ketlik asosida yo'llanmalar beriladi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Ko'cha nomi va ko'chmas mulk obyekti raqami ko'rsatkichini o'rnatish tartibi belgilandi


Hukumat qarori (475-son, 30.07.2025-y.) bilan “Ko'cha nomi va ko'chmas mulk obyekti raqami ko'rsatkichini o'rnatish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizom ko'cha nomi va ko'chmas mulk obyekti raqami ko'rsatkichlarining shakli, o'lchamlari hamda ularni tayyorlash va o'rnatish tartibini belgilaydi.

Ko'rsatkichning namunaviy shakllari quyidagi toifalarga ajratiladi:

🔹 1-toifa – polietilentereftalat, polietilintereftalatglikol, polistirol yoki polikarbonat materialdan tayyorlangan, yoritish moslamali ko'rsatkich;

🔹 2-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan, nur qaytaruvchi qoplamali ko'rsatkich;

🔹 3-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan ko'rsatkich.

📝 Bunda, qoida tariqasida, 1-toifa ko'rsatkichlar shahar ahamiyatidagi magistral ko'chalar, 2-toifa ko'rsatkichlar tuman ahamiyatidagi magistral ko'chalar va 3-toifa ko'rsatkichlar esa mahalliy ahamiyatga ega ko'chalarda o'rnatiladi.

🚫 Ko'rsatkichda ko'chaning nomi qisqartirilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍1
#Adliya_xabari

Muzrabot va Uzun tuman adliya bo‘limlari tomonidan "Aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash va bartaf qilishdagi muammolar va yechimlar" mavzusida Zoom platfromasi orqali seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda tuman IIB, Mahallar uyushmasi tuman bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi,"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, tuman soliq inspeksiyasidan sohaga mas'ul xodimlar ishtirok etishdi.

Seminardan ko'zlangan maqsad mahallalardagi muammolarning o‘z vaqtida va samarali yechilishida davlat organlari va tashkilotlarining mahallalardagi vakillarining sa’y-harakatlarini birlashtirish, muvofiqlashtirish va yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
1
#Adliya_xabari

"Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri davom etmoqda

Qiziriq tuman adliya bo‘limi tomonidan "Xamkon" mahallasida "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri doirasida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda 20 dan ortiq
fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 9 nafar fuqarolarning murojaatiga shu joyning o‘zida javob berilgan bo‘lsa, 3 nafar fuqarolarning, soliq, nogironlikni tayinlash, ish stajini tayinlash kabi murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek,
aholi qatlamlari uchun muhim bo‘lgan qonunchilikdagi yangiliklar, imtiyozlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Adliya_xabari

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” h
uquqiy aksiyasi doirasida Uzun tuman Adliya bo‘limi  FHDY bo‘limi tomonidan muhim ishlar amalga oshirildi.

Tuman markazidan olis hududda joylashgan "Bobotoğ" mahallasida yashovchi fuqaroga tuğilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

Adolat va mehr asosidagi har bir qadamimiz xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qiladi.


Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Adliya_xabari

"Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri davom etmoqda

Muzrabot tuman adliya bo‘limi tomonidan "Olmazor" mahallasida "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri doirasida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda 30 ga yaqin
fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 17 nafar fuqarolarning murojaatiga shu joyning o‘zida javob berilgan bo‘lsa, 5 nafar fuqarolarning, soliq, nogironlikni tayinlash, ish stajini tayinlash kabi murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek,
aholi qatlamlari uchun muhim bo‘lgan qonunchilikdagi yangiliklar, imtiyozlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya